2. O‘quvchilar guruhlarini tashkil qilish Kooperativ ta’lim berish usulini rejalashtirishda ikkinchi muhim masala qanday qilib o‘quvchilarning guruhlarini tashkil qilish hisob-lanadi. Albatta, bu masala o‘qituvchilarning dars o‘tkazishda o‘z oldila-riga qo‘ygan maqsadlari va o‘quvchilarning bilim darajalari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Guruhlarni tashkil qilishda juda ko‘p imkoniyatlardan foydalanish mumkin. Lekin darsni rejalashtirish fazasida o‘qituvchi ularning akademik ko‘rsatkichlari, o‘zlashtirish darajalari va ijtimoiy maqsadlarini bilishi yomon bo‘lmaydi. Bularni bilgandan so‘ng, guruh-larni mavzuchalarga mos va bir-biri bilan ijobiy raqobat qiladigan tarz-da tuzish mumkin bo‘ladi.
3. Kerakli materiallar va ko‘rsatmalarni tayyorlash O‘qituvchi butun sinf oldida taqdimot qilishga tayyorlanayotganda eng asosiy masala og‘zaki ravishda tushuntiriladigan va qiziqarli bo‘l-gan materiallar topish xamda ularni sodda ravishda o‘quvchilarga yetka-zish usullarini ishlab chiqish hisoblanadi. Kooperativ usulda ta’lim be-rishda o‘qituvchilar ko‘proq og‘zaki ma’lumot bersalar-da, bu ma’lu-motlar matnlarda, jadvallarda yoki o‘quv qo‘llanmalarda yozma ravish-da saqlab qo‘yiladi. Agar o‘quvchilarga o‘rganish uchun biror bir matn berilsa, bu matn ularga qiziqarli, tushunarli va bilim darajalariga mos bo‘lishi kerak. Agar o‘qituvchi guruhiy tadqiqot usulini qo‘llamoqchi bo‘lsa, u talabalar guruhlarida o‘rganilishi lozim bo‘lgan materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi zarur bo‘ladi. Quyida kooperativ ta’lim usu-lini rejalashtirishda o‘quv muassasasi ko‘rsatadigan yordam iloji bori-cha ko‘proq bo‘lishi va dars samarador o‘tishi uchun nimalarga aha-miyat berish kerakligi keltirilgan:
Darsdan kamida ikki hafta oldin kutubxonachi va resurs markazi mutaxassisi bilan uchrashib, dars o‘tkazish maqsadlarini ular bilan bir-galikda ko‘rib chiqish va ularning fikrlarini hamda bildirilgan yangi g‘oyalarini hisobga olgan holda bu mutaxassislardan yordam ko‘rsa-tishni so‘rash.
Ushbu darsga aloqasi bor insonlar bilan dars g‘oyasini, uning o‘tkazilish vaqtini, kerakli materiallar va media vositalardan qachon hamda qanday qilib foydalanilishini kelishib olish.
Agar multimedia vositalarning sinfda ishlatilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda kerakli mutaxassisni taklif qilish va u bilan hamkorlikda dars o‘tish kerak bo‘ladi.
Oldin kooperativ ta’lim usulini qo‘llagan o‘qituvchilardan kerakli bo‘lgan maslahatlar olish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Talabalar o‘z rollarini va o‘qituvchi ulardan nimalar kutayot-ganligini aniq va ravshan bilib hamda tushunib olishlari lozim.
Talabalar dars jarayonida nimalar qilishlari kerakligi haqidagi ma’lumotlarni esa ularga quyidagi tartibda yozma ravishda bergan ma’qul:
Dars o‘tkazish maqsadlari.
Guruhlarda ishlayotgan o‘quvchilardan ularning ish jarayonida nimalar kutilishi mumkin.
Guruh uchun rejalashtirilgan har bir ish yoki uning bir qismi qachon tugallanishi kerakligi haqidagi ma’lumotlar.
Mavzular bo‘yicha asosiy taqdimotlar qachon o‘tkazilish haqidagi ma’lumotlar.
Baholash mezonlari – guruhlar va o‘quvchilar uchun alohida.
Hisobotlar qanday ko‘rinishda taqdimot qilinadi (formati).