Kooperativ ta’lim usuli eng kamida uchta muhim maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqilgan:
Akademik o‘zlashtirish. Kooperativ usulda ta’lim olishda yuqori bilim darajasiga ega bo‘lgan talabalar pastroq darajadagi bilim dara-jasiga ega bo‘lgan talabalar bilan birgalikda ishlaydilar va tegishli materiallarni birgalikda o‘rganadilar. Bu esa past darajadagi bilim tolib-lari bilimlarining yuqori darajadagi bilim sohiblari bilimdonlik dara-jasiga tenglashuviga va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqning ancha kucha-yishiga olib keladi. Yuqori bilimli talabalar past bilimlilarga ko‘rsat-malar va topshiriqlar berish tufayli ularni bilim olishga qiziqtiradilar. Bu esa ularning bir-birlariga bo‘lgan ishonchini va o‘zaro do‘stlikni ri-vojlantiradi.
Irqiy va jinsiy munosabatlarni yaxshilash. Kooperativ usulda ta’lim olishning ikkinchi muhim ahamiyati irqi, jinsi va kelib chiqishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, guruh a’zolari birga ishlaydilar va buning oqibatida bir-birlariga mehr-oqibatli bo‘ladilar, bir-birlarini yax-shiroq tushunadilar va keyinchalik birgalikda ishlay olish fazilatlariga ega bo‘ladilar.
Ijtimoiy ko‘nikmalar hosil qilish. Kooperativ usulda ta’lim olish-ning yana bir muhim jihatlaridan biri talabalarning kooperatsiya va bir-damlik saboqlarini olishlaridir. Bular keyinchalik turli xil jamoalarda muvaffaqiyatli ishlashda qo‘l keladigan eng muhim ko‘nikmalar ekan-ligini hech kim rad eta olmasa kerak. Bu, ayniqsa, global jamoalar, firmalar va korporatsiyalar jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda juda ham zaruriy ko‘nikmalardir.
Kooperativ usulda ta’lim berishning oltita asosiy fazasi bo‘lib, ularni qisqacha quyidagi jadvalda ifodalashimiz mumkin: