Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə50/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80
Interfaol ta’lim uz

«Kuchaytirgichlar» yoki «Aktivator»lar darsni faollashtirishning shunday tadbirlariki, ular o‘quvchilarning faolligini va ta’lim bilan uzviy bog‘liq xatti-harakatlarini ma’lum darajada hamda ma’lum vaqtda kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Ular dars jarayonining har qan-day qismida ham muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin, ammo dars davomida uch martagina qo‘llash yaxshi natijalarga olib keladi va bu pirovard natijada o‘quv jarayonining mahsuldorligini sezilarli ravishda oshiradi. Ularning qo‘llanilishi ayniqsa quyidagi paytlarda maqsadga muvofiq:
• ovqatlangandan so‘ng o‘quvchilarning mudroq kayfiyatini uyg‘o-tish uchun;
• dars paytidagi kofe yoki choy ichish uchun ajratilgan qisqa tanaffuslardan so‘ng;
• dars uzoq muddat davom etib, talabalarning ko‘pchiligi mavzu bo‘yicha bilim olishdan sezilarli ravishda charchaganliklari bilinib qolgan taqdirda.
Ushbu tadbirlarning tub ma’nosi nafaqat o‘quvchilarning faolligini oshirish, balki quyidagilar sababli tufayli hamdir:
• Talabalarning tegishli mavzu bo‘yicha ta’lim olishga tayyorgarlik darajasini sezilarli ravishda oshirish uchun. Masalan, u yoki bu sabab-larga binoan o‘quvchilarning passivlik darajasi yaqqol ko‘rinib turga-nida, ularning ba’zilari yoki ba’zi bir guruhlar umumiy guruhda dars o‘tishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ayon bo‘lib qolganda, tala-balarning bir qanchasi esnashni boshlaganda, bunday usulni qo‘llash yaxshi natija beradi;
• Darsga nisbatan qiziqish uyg‘otish va uning qiziqarlilik daraja-sini oshirish uchun. O‘qituvchi dars berayotganida unga o‘quvchilar-ning qiziqishi uchun, avvalo, uning o‘zi darsga qiziqish bilan yonda-shuvi lozim. Kuchaytirgichni o‘zingiz berilib va qiziqqan holda tashkil qilsangiz, bu ularda ham ijobiy emotsiyalarni uyg‘otadi. Bevosita ta’-lim ko‘proq bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi, katta yoshdagilarni esa amaliy va hayotdan olingan misollar bilangina qiziqtirish mumkinligini zinhor yodingizdan chiqarmang;
• Tashqi muhitning ta’sirini va oqibatlarini iloji boricha kamay-tirish uchun. Masalan, kunning uzunligi, darslarning haddan tashqari cho‘zilib ketganligi, issiq xonalarda ta’lim olish, toza havoning yetish-masligi, dars materialining qiyinligi va uni o‘zlashtirishdagi murak-kabliklar o‘quvchilarda dars materialiga befarqlikni yuzaga keltirishi mumkin. Demak, kuchaytirgich ishlatishdan maqsad – o‘quvchilarni bu holatdan chiqarish yoki imkoniyat darajasida «uyg‘otishdir»;
• Ta’lim olish jarayonidan qoniqtirish va xursandlik holatini yuza-ga keltirish. Qiyin mavzulardan dars berganda, kuchaytirgichlar orqali uni qiziqarli qilishingiz va o‘quvchilarda ma’lum ma’noda uyg‘onish hosil qilishingiz mumkin, chunki bunda Siz qiynalishingiz mumkin bo‘lgan sharoitdan muvaffaqiyatli chiqib ketish yo‘lini topdingizgina emas, balki, umid qilamizki, o‘quvchilarni kuldira ham oldingiz.
Kuchaytirgichlar sifatida xilma-xil xatti-harakatlar yoki o‘yinlar ishlatilishi mumkinki, ular guruh va mavzu tabiatiga mos kelsin. Ba’zi kuchaytirgichlar raqobat muhitini yuzaga keltirishi, ba’zilar esa «reg-ressiv» harakatlardan iborat bo‘lib, yoshlikni eslatishi va ba’zi birlari yaratuvchanlikni talab qilishi mumkin. Bu ularning fikrlash jarayonini ochiq va erkin qiladi, yangi g‘oyalar yaratishga olib keladi hamda ular-dagi foydali ma’lumotlar miqyosini ancha oshiradi. Misol sifatida quyidagi kuchaytirgichni berishimiz mumkin:
Guruhdagi talabalar doira bo‘lib turadilar va har birining o‘z ra-qami bo‘ladi. Ularning biri markazda turadi va o‘zinikidan farqli bo‘l-gan ikki raqamni aytadi. Bu raqamlarga tegishli bo‘lgan ikki o‘quvchi joylarni almashishlari lozim, lekin ularga buni bajarishda markazda turgan halaqit berishi mumkin, chunki u ham shu joylardan biriga turib olishga harakat qiladi. Joy ololmay tikka turib qolgan o‘quvchi mar-kazda qoladi va endi u markazda turib, yana ikki shaxsning raqamini aytadi va hokazo. Har bir bilimli va mavzuning asl mohiyatini tushu-nadigan o‘qituvchi hech bir qiyinchiliklarsiz «kuchaytirgich» larning xilma-xil, qiziqarli va turfa turlarini o‘ylab topishi mumkin. Lekin xil-ma-xil «aktivator»larni qo‘llaganda doimo ta’lim berishning maqsadi qiziqarli vaqt o‘tkazish emas, balki talabalarga tegishli bilim berish kerakligini ham hech qachon yoddan chiqarish kerak emas. Ba’zi paytlarda ushbu aktivatorni ishlatish o‘quvchilarning yashash va hayot sharoitiga mos kelmasligi hamda kerak bo‘lmagan paytlarda o‘tka-zilishi salbiy natijalarga ham olib kelishi mumkin. Demak, ularning turini va ishlatilish vaqtini puxta o‘ylab va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish lozim. Masalan, ba’zi bir fizik harakatlar qilish bilan bog‘liq bo‘lgan aktivatorlarni ishlatishda, uni ushbu dars xonasida bajarish mumkinmi, tashqarida bajarishga ham imkoniyat bormi, o‘quvchilar uni bajara oladilarmi, ushbu tadbir ba’zi bir talabalarning salbiy reak-siyasini keltirib chiqarmaydimi va hokazo kabi masalalarni o‘rganib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi. Ba’zi talabalar (ayniqsa, katta yosh-dagilar) ba’zi bir aktivatorlarni bema’ni narsa deb qabul qilishlari ham mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, auditoriya talab va takliflarini ham hi-sobga olishni asosiy omilga aylantiradi, aks holda o‘qituvchi yaxshilik qilaman deb, noqulay ahvolga tushib qolishi ham mumkin. Bu borada «yaxshilik qilayapman» deb o‘ylash qabilidagi bir hikoyatni ham kel-tirishimiz ham mumkin: Bir obo‘uli ruhoniy kasblarga baho berganda, eng yomon kasb deb shifokorlikni tanlagan ekan. Undan nima uchun shunday deysiz, deb so‘raganlarida, u bunday deb javob bergan: «Alloh insonlarga ularning qilgan gunohlari uchun jazo beradi, shifokor esa doimo bunga halaqit berib, ularni gunohlari uchun yuborilgan jazo-dan forig‘ qilishga va qutultirishga intiladi».
Endi yuqoridagi aytganlarimiz tushunarliroq bo‘lishi uchun biso-timizdagi ba’zi bir o‘yinlar, kuchaytirgichlar, muzyorarlar va aktiva-torlardan misollar keltiramizki, Sizga ularning mohiyati kunday rav-shan bo‘ladi-qoladi:

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin