Uzbekistan-China: development of cultural, historical, scientific and economic relations


“Uzbekistan-China: development of



Yüklə 73,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü73,57 Kb.
#183065
1   2   3   4
konfutsiy-falsafiy-ta-limoti-va-undagi-asosiy-tushunchalar

“Uzbekistan-China: development of 
cultural, historical, scientific and 
economic relations” 
 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
880 
w
www.oriens.uz
November 
2022
 
konfutsiychilik ta’limotida patriarxal oila va ijtimoiy tizim munosabatlari boshida “ma’rifatli 
hukmdor” turishi kerakligi uqtiriladi. Iqtisodiy jihatdan odamlar o’rtasidagi barcha munosabatlar
Konfutsiy tomonidan ma’naviy- axloqiy toifalarga bo’lib ko’rsatiladi, bu tushunchalarning 
barchasi li tushunchasida mujassamlashgan. Bunda insonning urf-odatlarga nisbatan hurmati
ishonchi va ularga amal qilishi ifoda etiladi. Aslida inson xulqi orqali namoyon bo’ladi.

Liga
amal qilgan inson katta hurmat va yuqori cho’qqqilarga erishadi. 

Zhi “Bilimlar“ deb tarjima qilinadi. Konfutsiy ta’limotida bilim tushunchasi masalasi 
tarixiy kitoblarning va ajdodlar tajribasini o’zlashtirilish tarzida ifodalaniladi. Bilimlarning 
o’zlashtirilishining asosiy usulini u qadimiy solnoma va tarixiy manbalar asosida o’qish 
jarayoni deb ko’rsatiladi. Ushbu o’rinishda Konfutsiy ta’limotida zamonavi bilimlarga kam e’tibor 
qaratiladi. Bilimlar tarixiy jihatdan ajdodlar tajribasi asosidagina o’rganilganda, samarali 
bo’lishi ta’kidlanadi. Barcha yangi hodisa va bilimlar ajdodlar tajribasi asosida yuzaga kelishi 
ta’kidlanadi. Konfutsiy tomonidan yuksak tarzdagi ajdodlar sifatida afsonaviy hukmdorlar Yao, 
Shun va Yuy kabilar alohida ko’rsatib o’tiladi. Bu shaxslarning qilgan amallari namuna tarzida 
xalq og’zaki ijodi orqali avloddan-avlodga uzatilgan. Konfutsiy o’z qarashlarida Yao, Shun va 
Yuyni namuna tarzida keltirib o’tadi. O’zi haqida esa u shunday fikrlarni bildiradi: “Men 
harakat qilaman biroq yaratmayman. Men tarixni sevaman va unga ishonaman.” Shuningdek u 
“Mening olgan bilimlarim ajdodlar qoldirgan merosdan iborat bo’lib, unga men hech narsa 
qo’shmaganman, uni boshlang’ich holatida avlodlarga qoldiraman. Bilim va ta’limot Osmon 
tomonidan yaratilgan bo’lib, men faqatgina yerga ekin ekuvchi va ishlov beruvchi dehqon 
kabi faoliyat ko’rsataman.” Inson o’zi qilgan ishlariga baho berib, ularni to’gri yoki noto’g’ri 
tahlil qilsihi lozim. Bu insonni o’jarlikdan saqlaydi. 

Xin “Ishonch”. Ishonch va sadoqat, hukmdorlarga sadoqat, Konfutsiy ta’limotining 
ajralmas elementlaridan biri hisoblanadi. O’g’illarning itoatkorligi, ota-onaga ehtirom (xiao ). 
Konfutsiy qarashlariga ko’ra, odamlar o’rtasidagi munosabatlar asosi quyidagilardan iborat: 1. 
Imperator va unga bo’ysunuvchi hokimlar o’rtasida munosabat. 2. Ota va o’gil o’rtasida 
munosabat. 3. Aka-uka o’rtasida munosabat. 4. Er va xotin o’rtasida munosabat. 5. Do’stlar 
o’rtasida munosabat. Bu besh munosabat turlari ichida ota-onaga hurmat, ehtirom ko’rsatish 
alohida ajratib ko’rsatiladi. Bunda insonning haqiqatga amal qilib yashashi, samimiy bo’lishi 
inobatga olinadi. Bu insondagi belgilar o’zaro bog’langan bo’lib, ular inson tarbiyasidagi 
muhim amallar bo’lib ham xizmat qiladi.
Konfutsiy ta’limoti butun Xitoy bo’ylab yoyilgan. Chunki uning qarashlari o’z davrida 
muhim ahamiyat kasb etgan. Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotiga Konfutsiy va uning maktabi 
alohida hissa qo’shgan. Konfutsiyni yunon falsafasi tarixidagi Suqrotning o’rni bilan 
qiyoslash mumkin. Konfutsiy maktabida asosan uning hikmatlari, o’g’itlari va pandu-
nasihatlari o’rgatilgan. Ular o’z ustozlarini ishlarini davom ettirishgan, ya’ni konfutsiylik 
ta’limotini butun Xitoy bo’ylab va butun dunyo bo’ylab yoyishga harakat qilganlar. 
Konfutsiyning shogirdlari unga sodiq bo’lishgan va o’z ustozlarini Buyuk Inson sifatida 
hurmat qilishgan. Xitoyda Konfutsiy tuzgan maktab ko’p asrlar davom etdi. Miloddan avvalgi 
136-yilda imperator U Di hukmronlik qilgan davrda Konfutsiy qarashlari rasmiy ravishda 
“ta’limot” deb e’lon qilindi. Shundan keyin Konfutsiy ta’limoti 2000 ming yildan ortiq vaqt 
mobaynida hukmron ideologiya sifatida davom etdi. 
Mazkur bob tahlili quyidagi xulosalarga olib keldi, xususan: 
Konfutsiyshunos olimlarning asosiy 2 xil to’plami mavjud bo’lib, ular “ 


” va “


” deb nomlib, “To’rt muqaddas devon” va “Besh muqaddas kitob ” deb tarjima qilinadi. 



” “Besh muqaddas kitob” Konfutsiyga qadar yaratilgan “ 


” «Qo’shiqlar kitobi»,



” «Tarix kitobi», “


” “Marosimlar kitobi”, “


” “O’zgarishlar kitobi” va “




Yüklə 73,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin