Uzbekistan Economic Indicators


Ochiq bozor operatsiyalari



Yüklə 353,4 Kb.
səhifə21/27
tarix02.01.2022
ölçüsü353,4 Kb.
#39879
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Ochiq bozor operatsiyalari

Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi.

Pul-kredit siyosatining faol bosqichga o‘tish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion ko‘rsatkichlarga mosligini ta’minlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda. Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi:

- operatsion maqsadlarga erishish;

- likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish;

- pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga yaqin darajada shakllanishini ta’minlash;

- instrumentlarning harajat va foydaliligining maqbul nisbatiga erishish;

- bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar.

Bunda, ochiq bozor operatsiyalarida foydalaniladigan instrument turlarini Markaziy bank tomonidan bosqichma-bosqich ko‘paytirilib boriladi.

Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi holatdan kelib chiqib, ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini belgilaydi, ular qatoriga:

- o‘zgarmas va o‘zgaruvchan stavkada cheklangan hajmdagi kimoshdi savdolari;

- garov ta’minoti asosida milliy valyutada kreditlar berish;

- davlat qarz majburiyatlari chiqarilishi bilan ular bo‘yicha RYePO operatsiyalari;

- milliy valyutadagi muddatli depozitlar va boshqalar kiradi.

Ochiq bozor operatsiyalarini o‘tkazishda asosiy e’tibor o‘tkaziladigan operatsiya muddatlarining likvidlik maqsadli darajasi bilan muvofiqlashtirish, bozorni yanada rivojlantirish, operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlarining ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash qabi vazifalarga qaratiladi.

Qayd etish lozimki, respublikamizda 1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilib ular tijorat banklari o‘rtasida joylashtirilgan. 2012 yilga kelib davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarilishi to‘xtatilgan.

Davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan.

Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarining doimiy muomalada bo‘lishi nafaqat davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yo‘li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo‘lib hisoblanadi.

O‘z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yilda davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlari davom ettiriladi.

Ta’sirchan foiz siyosatini amalga oshirishda banklararo pul bozorining samarali ishlashi muhimligini inobatga olib, Markaziy bank ushbu bozorning har tomonlama rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratadi.

Xususan, 2018 yilda qisqa muddatli likvidlik berish jarayonini takomillashtirish maqsadida banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu tadbirning amalga oshirilishi tijorat banklarining bo‘sh pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona platformaga jamlash va bozor ishtirokchilari uchun foiz stavkalari dinamikasini kuzatish imkonini yaratadi hamda foiz stavkalarining bozor mexanizmlari asosida shakllanishiga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor operatsiyalari orqali qisqa muddatli foiz stavkalariga tezkor ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining foiz kanali ta’sirini kuchaytiradi.




Yüklə 353,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin