Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


 Davlat kadastrlarining yagona tizimida yer kadastrining o‘rni



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Kadastrlari-1

2. Davlat kadastrlarining yagona tizimida yer kadastrining o‘rni,  
vazifasi va ahamiyati 
 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1996  yil  17  iyuldagi 
«O‘zbekiston Respublikasi davlat kadastrlari Yagona tizimini tashkil etish hamda uni 
yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 255-sonli qaroriga binoan 
bugungi  kunda  Respublikada  qator  rivojlangan  horijiy  davlatlardagi  singari  davlat 
kadastrining yagona tizimi yaratilmoqda. Davlat kadastrining yagona tizimi (DKYaT) 
–  bu  barcha  turdagi  davlat  va  tarmoq  kadastrlarini  yagona  tamoyil  asosida 
birlashtiruvchi kup qirrali informatsion tizim hisoblanadi. DKYaT yer yuzasining har 
bir  hisob-kadastr  uchastkasi  bo‘yicha  ularning  geografik  holatini,  huquqiy  hamda 
xo‘jalik  statusini  yoritgan  holda  yer,  suv,  o‘rmon,  qazilma  boyliklar,  o‘simliklar  va 
hayvonot  dunyosi,  ko‘chmas  mulk  va  boshqa  tabiiy,  shuningdek  xo‘jalik  resurslari 
to‘g‘risidagi xujjatlashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday takomillashgan 
tizim  asosan  O‘zbekiston  Respublikasining  tabiiy  iqtisodiy  salohiyatini  umumdavlat 
nuqtai  nazaridan  majmuali  tarzda  hisob  kitob  qilish  va  baholashni  ta’minlash 
maqsadida    yaratiladi  hamda  yuritiladi.  Yer  uchastkalari  va  ob’ektlarning  huquqiy 
holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, belgilangan tartibga mos holda aniqlangan tarmoq 
kadastrlarining ma’lumotlari DKYaT ning asosini tashkil etadi. 
 
DKYaT  asosan  davlat  boshqaruv    tizimini,  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslarni 
ularning  faoliyatlari  uchun  zaruriy  ma’lumotlar  hamda  hududlar  va  ko‘chmas  mulk 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bilan  tezkorlikda  ta’minlashga  mo‘ljallangan.  Uning 
ma’lumotlari  davlat  boshqaruvining  barcha  tizimlari,  yuridik  hamda  jismoniy 
shaxslar,  shu  jumladan,  chet  el  fuqarolari  uchun  zaruriy  kuchga  egadir.  Kadastr 
xujjatlari  mulkchilik  hamda  xo‘jalik  yuritishning  barcha  shakllarining  ob’ektlari 
to‘g‘risidagi  birlamchi  huquqiy  iqtisodiy  va  texnik  ma’lumotlar  sifatida  qabul 
qilinishi zarur. 
 
DKYaT ning ob’ektlari quyidagilardir: 
-  tabiiy resurslar (yer, suv, o‘rmon, yer osti qazilma boyliklari va boshq.); 
-  binolar va inshoatlar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari; 
-  geodezik tarmoqlar punktlari; 
-  DKYaT vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ob’ektlar; 
DKYaT  ning  ob’ektlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  respublika  bo‘yicha 
qo‘yidagicha yagona texnologik asosida qaraladi: 
-  davlat  yer  kadastri  bo‘yicha –  joylardagi davlat hokimiyati tizimi,  qishloq  va suv 
xo‘jaligi vazirligi tizimi tomonidan; 
-  davlat suv kadastri bo‘yicha – gidromelioratsiya bo‘yicha Bosh boshqarma (tabiiy 
suv manbaalari), geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi (yer osti suvlari), 


 
26 
qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  (suv  resurslaridan  foydalanish  va  yerlarning 
meliorativ holati); 
-  davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha – qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (o‘rmonchilik 
Bosh boshqarmasi); 
-  davlat  yer  osti  qazilma  boyliklari  kadastri  bo‘yicha  –  geologiya  va  mineral 
resurslar Davlat qo‘mitasi; 
-  alohida muhofaza qilinadigan hududlar bo‘yicha – tabiatni muhofaza qilish Davlat 
qo‘mitasi va Fanlar Akademiyasi; 
-  hayvonot dunyosi, o‘simliklar dunyosi bo‘yicha – Fanlar Akademiyasi; 
-  ko‘chmas  mulk kadastri  bo‘yicha  –  joylardagi davlat  hokimiyati organlari  hamda 
Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi; 
-  davlat  qurilish  kadastri  bo‘yicha  –  joylardagi  davlat  hokimiyati  organlari  hamda 
arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi; 
DKYaT ning ma’lumotlari asosan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: 
-  iqtisodiy islohatlarni, jumladan yer islohatini amalga oshirish; 
-  hududni majmuali tarzda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishga dasturlar  
va bashoratlar tuzish; 
-  tabiiy resurslar va kuchmas mulkni majmuali tarzda hisob qilish, baholash  
hamda davriy monitoringini o‘tkazish; 
-  xo‘jalik yuritish sub’ektlari tomonidan tabiiy ob’ektlar va hududlarga  
yetkazilgan zararni baholash; 
-  hududlar  to‘g‘risida  ma’lumotlar  talab  qilinadigan  boshqa  faoliyatlarni  amalga 
oshirish. 
DKYaT ni vujudga keltirish hamda ushbu tizim faoliyatini takomillashtirib borish 
O‘zbekiston  Respublikasi  Geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  Davlat 
qo‘mitasi  hamda  uning  viloyatlar  va  tumanlar  (shaxar)  hokimiyatlaridagi 
ko‘chmas  mulk kadastri  xizmatlariga  yuklatilgan.  Ular o‘z  faoliyatlarini  Vazirlar 
Mahkamasi,  viloyat  va  tuman  (shaxar)  hokimiyatlari  tomonidan  tasdiqlangan 
qoidalarga muvofiq holda olib boradilar. 
 
DKYaT quyidagi tamoyillarga binoan yuritiladi: 
-  respublikaning barcha hududlarini to‘la qamrab olish; 
-  markazlashgan rahbarlik; 
-  kadastr ma’lumotlarini qayta ishlash va taqdim etishning birligi; 
-  barcha turdagi kadastrlar tizimining yer kadastri asosida shakllanishi; 
-  avtomatlashtirilgan informatsion texnologiyalarni qo‘llash; 
-  ma’lumotlarning ob’ektivligi, to‘laligi, aniqligi hamda haqqoniyligi; 
-  ma’lumotlarni to‘ldirilishi va yangilanishining uzluksizligi; 
-  ma’lum chegaralangan foydalanuvchilardagi mavjud ma’lumotlarning  
maxfiyligi. 
 
Shunday  qilib,  respublikada  shunday  yagona  informatsion  kadastr  tizimi 
vujudga  kelmoqdaki,  u  so‘zsiz  iqtisodiyotimiz  tarmoqlari  uchun  hozirgi  bozor 
munosabatlari sharoitida so‘zsiz muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. 


 
27 
 
Tizim tarkibiga kiruvchi yer kadastri qolgan barcha kadastrlar ob’ektlari aynan 
ushbu  maydonlarning  ustki  yoki  ostki  qismlarida  shakllangan  va  joylashgan.  Ushbu 
ob’ektlar  bo‘yicha  tarmoq  kadastrlarini  yuritishda  birinchi  galda  yer  tug‘risidagi 
ma’lumotlarga  tayaniladi.  Bu  hol  so‘zsiz  albatta  davlat  yer  kadastrini  to‘g‘ri  va  har 
tomonlama asoslangan holda yuritishni taqozo qiladi.  
 
Yer  resurslaridan  to‘g‘ri,  oqilona  hamda  samarali  foydalanish  –  iqtisodiyot 
ahamiyatiga molik bo‘lgan muammodir. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotdagi mavjud 
yerlarni  imkoni  boricha  tarmoqlararo  optimal  tarzda  taqsimlashni,  mumkin  qadar 
kamroq xarajatlar sarflagan holda har gektar yer maydoni hisobiga ko‘proq miqdorda 
qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  yetishtirishni,  tuproq  unumdorligini  saqlash  va 
muntazam ravishda, ilg‘or agrotexnik tadbirlar asosida, oshirib borishni bildiradi. Bu 
muammoni hal qilish yer kadastrini to‘liq hajmlarda o‘tkazish zarurligini tug‘diradi. 
 
Davlat yerning yagona to‘laqonli egasi sifatida yer fondini boshqarishni amalga 
oshiradi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  yer  kadastriga  davlat  ahamiyatini  beradi.  Uning 
ma’lumotlari, birinchi navbatda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxat qilish, 
yer resurslarini davlat tomonidan boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadlarida 
foydalanibgina  qolmasdan,  balki  yerlarga  davlat  egaligi  huquqini  muhofaza  qilish 
maqsadlarida,  shuningdek,  boshqa  mulkdorlar  va  foydalanuvchilar  huquqlarini  ham 
muhofaza qilishda foydalaniladi. Shu nuqtai nazardan xam yer kadastri ma’lumotlari 
faqatgina iqtisodiy ahamiyatga molik bo‘libgina qolmasdan, huquqiy ahamiyatga ham 
egadir. 
Yer  kadastri  ma’lumotlari  davlat  yoki  boshqa  jamoat  maqsadlari  uchun  yer 
ajratishni  asoslashda  ham  katta  ahamiyatga  egadir.  Xalq  xo‘jaligi  manfaatlari  nuqtai 
nazardan yuqorida qayd qilingan maqsadlar uchun birinchi navbatda qishloq xo‘jalik 
ishlab  chiqarishida  yaroqsiz  bo‘lgan  yoki kam  yaroqli  bo‘lgan,  shuningdek, hech bir 
sub’ektga  ajratib  berilmagan  yerlarni  ajratish  maqsadga  muvofiqdir.  Shu  sababli 
bunday  masalalarni  hal  qilishda  yer  fondining  haqiqiy  holati,  taqsimoti  va  amaldagi 
foydalanishi  to‘g‘risida,  shuningdek  qishloq  xo‘jalik  yerlarining  mahsuldorligi 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  zaruriyat  tug‘iladi.  Bu  ma’lumotlar  yer  ajratishning 
maqbul yechimlarini asoslash uchun xam zarurdir. 
Ishlab  chiqarishning  yil  sayin  rivojlana  borishi  bilan  unga  ko‘proq  tabiiy 
resurslar  miqdori  jalb  etib  boriladi.  Bunda  o‘z  navbatida  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
texnologik  va  biologik  jarayonlarning  o‘zaro  bog‘liqligi  kuchayadi.  Shuning  uchun 
ishlab  chiqarishning  maqbul  holda  amalga  oshirilishi  ham  jamiyat  hamda  tabiat 
qonunlari  to‘g‘risida  chuqur  va  har  tomonlama  bilimlarga  asoslandi.  U  faqatgina 
moddiy boyliklar yaratibgina qolmasdan shu bilan bir vaqtda atrof-muhitni muhofaza 
qilish,  tabiatdagi  mavjud  ekologik  barqarorlikni  ushlab  turishi  zarur.  Shu  nuqtai 
nazardan ham tabiiy resuslarni, jumladan yer resurslarini muhofaza qilish iqtisodiyot 
ahamiyatiga  molik  bo‘lgan  muammo  hisoblanadi.  Shuning  uchun  unga  davlat 
tomonidan katta ahamiyat beriladi. O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ham 
atrof-muhitni,  jumladan  yer  resurslarini  muhofaza  qilish,  yerlardan  oqilona 
foydalanish  bo‘yicha  tadbirlarni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  ko‘zda  tutilgan. 


 
28 
Bunday  tadbirlarga  hududni  oqilona  tashkil  etish,  tuproq  unumdorligini  oshirish, 
yerlarni  suv  va  shamol  eroziyasidan,  sellardan,  suv  bosishdan,  zaxlanishdan,  qayta 
sho‘rlanishdan,  qaqrab  qolishdan,  ishlab  chiqarish  chiqindilari,  kimyoviy  va 
radioaktiv  moddalar  bilan  ifloslanishdan  himoya  qilish,  buzilgan  yerlarni  tiklash  va 
ularni qayta ekinzorlarga aylantirish kabilar kiradi. Bunday dolzarb muammolarni hal 
qilish  mamlakat  yer  resurslarining  sifat  holati  to‘g‘risida  to‘liq,  ishonchli  va  sifatli 
ma’lumotlarga asoslanishi zarur. 
Qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishini  yanada  jadallashtirish  va  rivojlantirish 
bo‘yicha xukumatimiz olib borayotgan agrar siyosatni amalga oshirish bo‘yicha ham 
yer  kadastri  bo‘yicha  katta  vazifalar  yuklatilgan.  Jumladan,  "Yer  kodeksi,  Soliq 
kodeksi,  «Shirkat  (kooperativ)  xo‘jaligi  to‘g‘risida",  "Fermer  xo‘jaligi  to‘g‘risida", 
"Dehqon  xo‘jaligi  to‘g‘risida"gi  qonunlarni  amalyotga  tadbiq  qilish,  qishloq 
xo‘jaligida  agrar  islohatlarni  amalga  oshirish  birinchi  galda  yer  kadastri 
ma’lumotlariga asoslanadi. 
Ma’lumki, respublikamiz viloyatlari, tuman (shaxar)lari o‘zlarining joylashuvi 
bo‘yicha turli mintaqalarga, iqlim, relef va tuproq sharoitlariga egadir. Bunday holda 
ushbu  viloyatlar,  tumanlar  bo‘yicha  qishloq  xo‘jaligi  tarmoqlarini  to‘g‘ri,  ilmiy 
asoslangan  holda  belgilash,  asosiy  ekinlar  hosildorliklarini  kelgusiga  to‘g‘ri 
rejalashtirish  hamda  shu  asosda  qishloq  xo‘jaligini  yanada  rivojlantirish  yer  kadastri 
ma’lumotlari asosida olib boriladi. 
Yer kadastri materiallari yerdan foydalanganlik uchun haq undirishda birlamchi 
asos  bo‘lib  xizmat  qilishi  zarur.  Ma’lumki,  O‘zbekiston  Respublikasida  yerdan 
foydalanganlik  uchun  haq  to‘lanadi.  Yer  uchun  haq  har  yil  to‘lanadigan  yer  solig‘i 
shaklida  olinadi,  uning  miqdori  yer  uchastkalarining  sifatiga,  joylashgan  o‘rniga  va 
suv  bilan  ta’mnlanish  darajasiga  qarab  belgilanadi.  Yer  uchastkalari  ijaraga  berilgan 
taqdirda  yer  uchun  to‘lov  ijara  haqi  shaklida  olinadi,  uning  miqdori  tomonlarning 
kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin u yer solig‘i stavkasining bir baravaridan kam 
va  uch  baravaridan  ortiq  bo‘lmasligi  kerak.  Yerdan  qishloq  xo‘jaligi  extiyojlarida 
foydalanilgan  taqdirda  ijara  haqi  yer  solig‘i  stavkasining  bir  baravari  miqdorida 
bo‘ladi. 
Yer  kadastri  ma’lumotlari  yerlar  holatini  va  ulardan  foydalanishni  yaxshilash 
bo‘yicha  tadbirlarni  rejalashtirish  uchun  ham  nihoyatda  zarur.  Davlat  tomonidan 
yerdan  foydalanuvchi,  ijarachi  va  yer  uchastkasi  mulkdorlariga  yerdan  belgilangan 
maqsadga  muvofiq  oqilona  va  samarali  foydalanish,  tuproq  unumdorligini  oshirish, 
ishlab  chiqarishda  tabiatni  muhofaza  qiluvchi  texnologiyalarni  qo‘llash,  o‘zining 
xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘y-
maslik,  tuproqni  suv  va  shamol  eroziyasidan,  qayta  sho‘rlanish,  botqoqlanish  va 
ifloslanishdan  asrash  bo‘yicha  qator  tadbirlar  ishlab  chiqish  kabi  majburiyatlar 
yuklagan.  Bularni  amalga  oshirish  uchun  albatta  yer  maydonlarining  sifat  jihatidan 
olib boriladigan hisob-kitob ma’lumotlari zarur bo‘ladi. 
Ma’lumki,  melioratsiya, jumladan qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiyalash va 
suvdan  foydalanish  tizimiga  asoslangan  sun’iy  sug‘orish  respublikamiz  qishloq 


 
29 
xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etishning birlamchi asosi va yerlardan samarali 
foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir. Qishloq xo‘jaligida foy-
dalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan va sug‘orish manbalari bilan bog‘langan, 
doimiy  yoki  muvaqqat  sug‘orish  tarmog‘iga  ega  bo‘lgan  maydonlar  sug‘oriladigan 
yerlar  jumlasiga  kiradi.  Kadastr  bahosiga  ko‘ra  o‘rtacha  tuman  bonitet  ballidan  20 
foyizdan  ko‘p  bo‘lgan  sug‘oriladigan  qishloq  xo‘jalik  yerlari  alohida  qimmatga  ega 
bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Bunday sug‘oriladigan yerlar 
maxsus  muhofaza  qilinishi  lozim  va  sug‘oriladigan  yerlarni  sug‘orilmaydigan  yerlar 
jumlasiga  o‘tkazilishiga  yo‘l  qo‘yilmasligi  bo‘yicha  tadbirlar  belgilaydi.  Yuqo-
ridagilardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, bunday hollarda xam yer kadastri materiallari, 
jumladan yer hisobi va yerlarni baholash ma’lumotlari katta ahamiyat kasb qiladi. 
Yer  kadastri  ma’lumotlarini  hozirgi  sharoitda  ayniqsa  yer  tuzish  ishlarini, 
jumladan  xo‘jaliklararo  va  ichki  xo‘jalik  yer  tuzish  loyihalarini  iqtisodiy  jihatdan 
asoslashda  o‘ta  zarurdir.  Qayd  qilish  zarurki,  keyingi  yillarda  respublikamizdagi 
yerdan  foydalanuvchilar  va  yer  uchastkalari  mulkdorlarining  turli  shakllari  vujudga 
kelmoqda.  Bu  esa  yuqorida  qayd  qilingan  sub’ektlarga  yer  ajratish  ularning 
maydonlarini tashkil etish, yanga shakldagi almashlab ekishlarni joriy qilishni taqazo 
qiladi. Bu hol esa o‘z navbatida yer kadastri materiallariga asoslanadi. 
Yer  kadastri  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ishlab  chiqarish  faoliyatini,  eng 
avvalo,  yerlardan  foydalanish  samaradorligini  tahlil  qilish  uchun  ham  katta 
ahamiyatga  ega.  Shu  nuqtai  nazardan  qishloq  xo‘jalik  ishlarining  o‘lchamlari  va 
holatini hisob-kitob qilibgina qolmasdan, balki ular mahsuldorligini siyosiy baholash, 
birinchi navbatta, alohida qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish samaradorligi nuqtai 
nazardan baholash zaruriyati tug‘iladi. 
Shunday  qilib,  yer  kadastrining  vazifasi  bugungi  kunda  ko‘p  qirralikdir.  Ular 
xalq xo‘jaligi talablaridan jumladan, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish 
zaruriyatlari  hamda  talablaridan  kelib  chiqqan.  Bularning  barchasi  davlat  yer 
kadastrining xalq xo‘jaligi axamiyatiga molik ekanligi yana bir karra namoyon kiladi. 
Mustaqil o‘rganish uchun savollar. 
1.  Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) nima? 
2.  DKYaT ning ob’ektlariga nimalar kiradi? 
3.  DKYaT ni yuritish qanday tamoyillarga tayanadi? 
3.  DKYaT ni vujudga keltirish va rivojlantirish qaysi tashkilotga yuklatilgan? 
4.  DKYaT da yer kadastrining o‘rni qanday? 
5.  Davlat yer kadastrlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin