Respublika yer fondini yer toifalari bo‘yicha taqsimlanishi
(2005 yil 01.01 gacha bo‘lgan holati)
T.r
Yer toifalari
Umumiy maydoni
ming. ga.
%
1
2
3
4
5
6
7
8
Qishloq xo‘jalik yerlari
Aholi yashash yerlarining maydoni
Sanoat transport, aloqa, mudofaa va boshqa
maqsadlar uchun ajratilgan yerlar
O‘rmon fondi yerlari
Suv fondi yerlari
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish,
rekriatsion
Tarixiy–madaniy ahamiyatiga molik yerlar
Davlat zahira yerlari
25789,8
230,6
1934,2
8050,4
810,2
12,6
7582,5
58,1
0,5
4,4
18,1
1,8
-
17,1
Jami yerlar
44410,3
100,0
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, umumiy yer maydonining 58,1 foizini
qishloq xo‘jalik yerlari, ya’ni qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan korxona,
muassasa va tashkilotlar yerlarini tashkil qiladi.
Olib borilayotgan yer hisobi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda 2005 yil 1
yanvarga sug‘oriladigan yer maydoni 4277,6 ming gektar bo‘lib, umumiy
maydonning 9,6 foizini tashkil etadi. Ushbu maydonlardan olinayotgan qishloq
xo‘jalik mahsulotlari umumiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 95,0 foizini tashkil
etadi. Shu sababli ham ishlab chiqarish manba’larini jadal rivojlantirishda
sug‘oriladigan yerlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish katta
37
ahamiyat kasb etadi. Yagona yer fondi nafaqat foydalanish maqsadlari bo‘yicha, balki
har bir yerdan foydalanuvchilar bo‘yicha ham ajratiladi.
Respublikamizda hozirgi kunda asosiy yerdan foydalanuvchilar – jamoa,
kooperativ (shirkat) xo‘jaliklari, fermer va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari, sanoat, transport va boshqa noqishloq xo‘jalik
korxonalari, muassasalari, qo‘shma korxonalar hamda alohida fuqarolar hisoblanadi.
Shunday ekan, yer kadastri yordamida yer fondining yerdan foydalanuvchilarning
guruhlari bo‘yicha ham ularni taqsimlanishi to‘g‘risida ma’lumotlar berishi kerak.
Yerdan foydalanuvchilar guruhlari bo‘yicha tavsiflar olish uchun yer kadastri har bir
yerdan foydalanuvchi uchun alohida yuritilishi lozim. Shu sababli asosiy yer kadastri
birligi – bu yerdan foydalanuvchi sub’ektdir. Yerdan foydalanish – bu yagona davlat
yer fondining tarkibiy qismini tashkil etgan, ma’lum bir yerdan foydalanuvchiga
qat’iy belgilangan maqsadlarda davlat tomonidan berilgan hududdir. Yerdan
foydalanuvchi sub’ekt ma’lum maydonga, joydagi o‘rniga, shakliga va doimiy
chegarasiga ega.
Yerdan foydalanuvchi sub’ektga yer berish yer ajratish asosida amalga
oshiriladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchunajratish yer qonunlari xujjatlarida
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori, viloyat, tuman va shahar
hokimiyatlarining qarorlariga asosan amalga oshiriladi. Yerdan foydalanuvchilar yer
uchastkasidan meyoriy xujjatlarda belgilangan asosiy maqsadlar bo‘yicha
foydalanishlari zarur. Berilish muddatlariga qarab yerdan foydalanish ikki turga
bo‘linadi: doimiy va vaqtinchalik. Oldindan muddati ko‘rsatilmasdan berilgan yerlar
muddatsiz yoki doimiy foydalanishdagi yerlar deb e’tirof etiladi.
Yerdan muddatli foydalanish qisqa muddatli uch yilgacha va uzoq muddatli – uch
yildan o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari talab qilgan hollarda
bu muddatlar tegishlicha qisqa muddatli yoki uzoq muddatli davrga uzaytirilishi
mumkin. Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga
25 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Berilgan sharoitiga qarab yerlar birlamchi va ikkilamchi yerdan foydalanishga
ajratiladi. Birlamchi foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat hokimiyati organlari
tomonidan ajratiladi. Bularga jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar (shirkatlar), boshqa
qishloq xo‘jalik korxonalari, sanoat korxonalari, transport muassasalari, o‘rmon
xo‘jaliklari va boshqalar kiradi.
Birlamchi yerdan foydalanishda qonunda ko‘zda tutilgan tartibda tomorqa
uchastkalariga ikkilamchi tartibda yer berilishi mumkin. Bunda shirkat (jamoa)
xo‘jaligining yerlaridan ikkilamchi foydalanish uchun yer maydonlari, xo‘jalik
a’zolarining umumiy majlis qaroriga asosan, boshqa yerdan foydalanuvchilarga yerlar
– mahalliy hokimiyat qarori bo‘yicha beriladi.
Muddatsiz yerdan foydalanish uchun yerdan foydalanish huquqlarini beruvchi
davlat dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi. Davlat dalolatnomasiga binoan qishloq
xo‘jalik korxonalariga biriktirilgan yerlar jamoa yerlariga va tomorqa yerlariga
38
bo‘linadi. Tomorqa yerlari joylarda jamoa yerlaridan ajratiladi. Qishloq xo‘jalik
korxonalari a’zolari, qishloq joylarida istiqomat qiluvchi ishchilar, xizmatchilar va
boshqa fuqarolar tomorqa yerlari maydoni yer kadastri kitobida hamda qishloq
fuqarolar Kengashining xo‘jalik daftarlarida qayd qilgan holda rasmiylashtiriladi. Yer
maydonlaridan vaqtinchalik foydalanish davlat hokimiyati organlarining qarorlari
bilan rasmiylashtiriladi.
Yerdan foydalanish yer kadastrining asosiy birligi sifatida o‘z mazmuniga
qarab turlicha bo‘lib, foydalanish tavsifi bo‘yicha farqlanuvchi turli tabiiy – tarixiy
xususiyatlarga ega bo‘lgan yer uchastkalarining yig‘indisidan iborat. Bular yer
turlarini tashkil etadi. Yer kadastri yerdan foydalanuvchi chegarasida yerlar turlari
bo‘yicha yuritiladi. Shu sababli yer turi yer kadastrining asosiy elementi xisoblanadi.
Turlicha tabiiy xususiyatlarga ega bo‘lgan, aniq bir ishlab chiqarish maqsadlarida
foydalaniladigan yer uchastkalari yer turlari deb e’tirof etiladi.
Yer turlarini tasniflashda ayniqsa qishloq xo‘jalik yer turlarini ajratish
muhimdir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita foydalaniladigan
yer turlariga qishloq xo‘jalik yer turlari deb e’tirof etiladi. Bularga haydalma yerlar,
ko‘p yillik mevali daraxtzorlar, yaylovlar, pichanzorlar, bo‘z yerlar kiradi.
Qishloq xo‘jaligida bevosita foydalanilmaydigan yer turlari bo‘yicha ham
alohida hisob yuritib boriladi. Bular o‘rmonlar, botqoqliklar, ko‘llar, yo‘l va yo‘laklar,
qurilishlar, hovlilar, ko‘chalar, maydonchalar bilan band yerlar, qumliklar va qishloq
xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardir.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish maqsadida tizimli tarzda muntazam
foydalanadigan yer turi haydalma yerlardir. Bunga ekilgan ko‘p yillik o‘tlar va dam
berish uchun qoldirilgan shudgor yerlar ham kiradi. Pichanzor va yaylovlarni
yaxshilash maqsadida haydalib, chorva uchun ekilgan o‘tlar va daraxtlar orasiga
ekilgan maydonlar ekin yerlariga kirmaydi. Sun’iy ravishda yaratilgan mevali ko‘p
yillik daraxtzorlar, butazorlar yoki o‘tsimon ko‘p yillik o‘simliklar, mahsulot
beradigan dorivor va texnik daraxtzorlar ko‘p yillik daraxtzorlar deb yuritiladi. Ularga
bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va mevali ko‘chatzorlar kiradi. Meva hosilini olish uchun
ekilgan ko‘p yillik daraxtzorlar bog‘larni tashkil etadi. Tokzorlar – uzum olish
maqsadida ekilgan ishkomlardir; tutzorlar – ipak qurtini boqish uchun ekiladigan tut
plantatsiyalari; mevali ko‘chatzorlar – ko‘p yillik madaniy mevali daraxt ko‘chatlarini
yetishtirish uchun foydalaniladigan yerlar tarkibiga kiradi.
Muntazam ekin ekib kelingan, ammo bir yil (kuzdan-kuzgacha) va undan ortiq
davrda haydalmagan va foydalanilmay qolgan yerlar bo‘z yerlardir. Chorva mollari
uchun dag‘al xashak sifatida uzluksiz pichan o‘rib turiladigan qishloq xo‘jalik yerlari
pichanzorlar deb ataladi. Ko‘proq pichan o‘rib olish maqsadida holati yaxshilangan
pichanzorlar ham mavjud. Qishloq xo‘jaligida chorva mollarini uzluksiz boqish uchun
foydalaniladigan yerlar yaylovlardir. Yaylovlar asosan tubdan yaxshilangan, madaniy,
tog‘ chorva mollari o‘tlaydigan, suv bilan ta’minlangan turlariga ajratiladi. Tubdan
yaxshilangan yaylovlar – chorva mollari iste’mol qiladigan tabiiy o‘simliklarni
boyitish maqsadida maxsus o‘t urug‘lari sepilgan hamda saksovul va butazorlar
39
tashkil qilingan yer maydonlari; madaniylashgan yaylovlar – zaruriy tartibda ishlov
berilgan, doimo o‘g‘itlatib, chorva mollari uchun o‘t o‘sishi yaxshilangan vaqti –
vaqti bilan chorva mollari o‘tlatiladigan yaylovlar; tog‘ yaylovlari – tog‘lik yerlarda
joylashgan yaylov yerlar; chorva mollari o‘tlatiladigan yaylovlar – xo‘jalik
markazidan uzoq muddatga (butun mavsum davomida) chorva mollarini o‘tlashi
uchun ajratilgan yaylovlar; suv bilan ta’minlangan yaylovlar - mavjud chorva
mollarini suv iste’moli bilan ta’minlay oladigan, suv manbasiga ega bo‘lgan
yaylovdir.
Daryolar, ko‘llar va kanallar atrofida joylashgan yaylovlar ham suv bilan
ta’minlangan hisoblanadi.
O‘rmon fondi yerlari – o‘rmon daraxtlari bilan qoplangan, shuningdek,
o‘rmonga qo‘shilmagan yakka daraxtlar, jarliklar atrofiga ekilgan daraxtlar, qiyalik,
balandlik, daryo qirg‘oqlariga suv havzalari atroflariga qumliklar yonlarida, o‘rmon –
bog‘ yerlari, o‘rmon ko‘chatzorlari, shuningdek, daraxtlari kesib olingan o‘rmon
yerlari, ochiq qolgan yerlar, siyraklashib qolgan o‘rmonlar, yog‘och kesish uchun
ajratilgan yerlar va yong‘indan nobud bo‘lgan (yong‘inga uchragan) o‘rmon
ko‘chatzorlari yerlaridair. O‘rmonzorlar uchun ko‘chat yetishtirishga ajratilgan yer
maydonlari o‘rmon ko‘chatxonasidir. O‘rmon uchun ko‘chatzorlar: urug‘likdan
olinadigan ko‘chatzor, ko‘chat ekish uchun yer bo‘limlari birlamchi (boshlang‘ich)
ko‘chat ekish yerlari, ko‘kargan qalamchalar va qalamcha qilib ekiladigan ko‘chatzor
bo‘limlariga bo‘linadi.
Ixota daraxtzorlari – almashlab ekish maydonlarini shamoldan to‘sish,
sug‘oriladigan va qurilish inshoatlari ta’sirida tuproq eroziyasidan saqlash,
qurg‘oqchilikdan va boshqa tabiiy noqulayliklardan asrash maqsadida ekiladigan
o‘rmon daraxtzorlaridir. Botqoqlik–yer osti suvlarining ko‘tarilishi hamda
yog‘ingarchilik natijasida tuproqning ustki qatlami sernam bo‘lib ketgan yerlardir.
Jarliklar–yer qatlamining eroziya ta’sirida yomon joylashganligi yoki tuproq quyi
qatlamlarining genetik holati va qiya kesikligi bir metrdan ortiq bo‘lgan yerlardir.
Quyidagi jadvalda respublika viloyatlari bo‘yicha asosiy yer turlari maydonlarining
taqsimlanish ma’lumotlari keltirilgan (2- jadval).
40
2–Jadval
Dostları ilə paylaş: |