61
ma’lum bir potensial unumdorlikka ega bo‘lish evaziga erishiladi. Natijada
tuproqning iqtisodiy unumdorligi vujudga keladi.
Iqtisodiy unumdorlik tuproq unumdorligining haqiqiy ifodasi sifatida
gavdalanadi. Hamda u dehqonchilik madaniyatining unumdorlik darajasi sifatida
tavsiflanadi. Tuproqning iqtisodiy unumdorligi sarflangan kapital mablag‘lar
miqdoriga, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining
rivojlanish darajasiga, mahsulotlarni qayta ishlash, sotish va boshqa omillarga
bog‘liqdir. Iqtisodiy unumdorlik odatda absolyut va nisbiy unumdorliklarga
bo‘linadi. Absolyut unumdorlik - bu ma’lum bir sharoitda yetishtirilgan
mahsulotlar miqdori bilan ifodalanadi va ma’lum birlikdagi yer maydonining
hosildorlik ko‘rsatkichi yordamida tavsiflanadi. Nisbiy unumdorlik esa turlicha
yer maydonlarining qayd qilingan unumdorligi bilan ifodalanadi hamda ma’lum
miqdorda sarflangan xarajatlar evaziga olinadigan mahsulot miqdori bilan
tavsiflanadi. Ushbu, yuqorida keltirilgan unumdorliklar darajalarini belgilash,
yerlarning qiymatini aniqlash maqsadida tuproq bonitirovkasi hamda yerlarni
iqtisodiy jihatdan baholash kabi maxsus yer baholash ishlarini o‘tkazish zarurati
tug‘iladi.
E’tirof etish joizki, iqtisodiyoy muammolar ichida O‘zbekiston Respublikasi
uchun mavjud foydalanilayotgan yerlar samaradorligini oshirish, yerlarni
muhofaza qilish, tuproqlar unumdorliklarini tiklash va oshirib borish kabilar
muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ushbu masalalarni har tomonlama to‘g‘ri hal
qilish iqtisodiyot tarmoqlarida yerdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan qator
muammolarni oqilona yechishda yer baholash ma’lumotlaridan foydalanish
so‘zsiz ijobiy samara beradi. Jumladan, yer baholash materiallari quyidagi qator
masalalarni ijobiy hal qilishda foydalaniladi: qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri
joylashtirish; qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorliklarini rejalashtirish; qishloq
xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatlarini tahlil qilish asosida yerdan va
boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalarini aniqlash; yer solig‘i
stavkalarini belgilash; ijara haqi miqdorlarini aniqlash; qishloq xo‘jalik yerlarini
noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishda qishloq xo‘jaligi ko‘radigan
zararni o‘rnini qoplash miqdorlarini hisoblash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
sotish baholarini belgilash; xo‘jaliklararo va xo‘jalikda yer tuzish loyihalarini
asoslash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: