Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


  Davlat  yer  kadastrlarining  iqtisodiyot  tarmoqlaridagi  ahamiyati  to‘g‘risida  nimalarni bilasiz?



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Kadastrlari-1

6.  Davlat  yer  kadastrlarining  iqtisodiyot  tarmoqlaridagi  ahamiyati  to‘g‘risida 
nimalarni bilasiz? 
  
3. Davlat yer kadastrining turlari, tamoyillari va hujjatlari 
 
O‘tkazilish  mazmuni  va  tartibiga  qarab  davlat  yer  kadastri  asosan  ikki  turga 
bo‘linadi: asosiy  (birlamchi) va joriy (kundalik). 


 
30 
Asosiy  yer  kadastrining  vazifasi  yer  maydonlarining  tabiiy,  xo‘jalik  hamda  huquqiy 
holatlari  to‘g‘risida  ma’lumotlarni  birlamchi  sifatda  olish  va  ularni  yer  kadastri 
xujjatlarida  yoritishdan  iborat.  Asosiy  yer  kadastri  davriy  ravishda  yer  maydon-
larining  qayta  tasvirga  olishdan,  yerlarni  xolatini  kuzatuvdan,  yer  baholash  ishlarini 
bajargandan  so‘ng,  yangi  yerdan  foydalanuvchilar  yoki  yer  mulkdorlari  tashkil 
etilganda,  shuningdek,  qaytadan  tasdiqlangan  yer  kadastri  xujjatlarini  navbatdagi 
tuldirish chog‘ida o‘tkaziladi. 
Asosiy  yer  kadastrida  yerdan  foydalanuvchilarning  umumiy  maydonlari,  yer 
turlarining  tarkibi,  yerlarning  sifat  holati,  tuproqlarning  bonitet  ballari  va  yerlarning 
iqtisodiy  baholari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  o‘zida  materiallar  va  xujjatlar 
to‘planadi,  bir  tizimga  keltiriladi  va  tahlil  qilinadi.  To‘plangan  materiallar  chuqur 
o‘rganiladi,  ularning  to‘liqligi  aniqlanadi  va  ob’ektivligi  tekshiriladi.  Zarur  hollarda 
mavjud  materillar  tahlil  qilinadi  yoki  mavjud  bo‘lmagan  ma’lumotlarni  olish  uchun 
qo‘shimcha ishlar bajariladi. Asosiy yer kadastri yer fondining holati to‘g‘risida aniq 
ma’lumotlar beradi. Yer maydonlari to‘g‘risida bunday aniq ma’lumotlarning mavjud 
bo‘lishi  kelgusida  undan  oqilona  va  samarali  foydalanish  bo‘yicha  tadbirlar  ishlab 
chiqish imkonini beradi. 
E’tirof etish joizki, yer kadastri ma’lumotlari, jumladan yer turlari va ularning 
tarkibi maydonlar bo‘yicha doimo o‘zgarib turadi. Ushbu yer kadastri ma’lumotlarini 
shu  kunning  talab  darajasiga  bo‘linishini  ta’minlash  uchun  ushbu  o‘zgarishlarni  o‘z 
vaqtida aniqlab borish xamda yer kadastr xujjatlarida yoritib borish kerak. Bu esa o‘z 
navbatida joriy yoki kundalik yer kadastrini yuritib borish zaruriyatini tug‘diradi. 
Joriy  yer  kadastrining  vazifasi  asosiy  yer  kadastri  o‘tkazilgandan  so‘ng  yer 
maydonlaridan  foydalanishda  ro‘y  beradigan  o‘zgarishlarni  aniqlash  va  ularni  yer 
kadastri  xujjatlariga  tushirishdan  iborat.  Bundan  tashqari,  boshlang‘ich  yozuvlardagi 
xatolarni  tuzatish  va  zamon  talablariga  mos  qo‘shimcha  ma’lumotlarni  ham  kiritish 
joriy  yer  kadastrining  vazifasiga  kiradi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  joriy  kadastr  yer 
kadastri ma’lumotlarini bugungi kun talab darajasida bo‘lishini ta’minlaydi. 
Asosiy  va  joriy  kadastr  o‘zaro  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan  yer  kadastrining 
bosqichlaridir. Asosiy kadastr joriy kadastrni yuritishga zamin yaratadi. Joriy kadastr, 
asosiy  kadastr  ma’lumotlarini  yangilagangani  va  to‘ldirilgani  holda  yer  maydonlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli tarzda shu kunning talabi darajasida ushlab turadi. 
Shu  sababli  ham  joriy  yer  kadastri  bo‘yicha  ishlar  asosiy  yer  kadastri  ishlari 
tugagandan so‘ng birdaniga tashkil etilishi zarur. 
Yer kadastri ma’lumotlarining aniqligi yer tuzish, o‘rmon tuzish, tasvirga olish 
va  kuzatuv  materiallarining  sifatiga  bog‘liq.  Joriy  yer  kadastri  ishlarida  asosiy  yer 
kadastri matriallaridan foydalaniladi.  
Yer  kadastrini  yuritishda  bir  qator  tamoyillarga  amal  qilish  zarur.  Davlat  yer 
kadastrining  bunday  asosiy  tamoyillariga  quyidagilar  kiradi:  mamlakatning  butun 
hududini  to‘la  qamrab  olish,  fazoviy  kordinatalarning  yagona  tizimini  qo‘llash,  yer 
kadastriga  doir  axborotlar  ishlab  chiqish  uslubiyatining  birligi  yer  kadastriga  doir 


 
31 
axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi, qonuniylik uzluksizlik, ko‘rgazmalilik, markazlashgan 
rahbarlik va boshqalar. 
Ma’lumki  yer  kadastri  ishlari  mamlakatning  barcha  hududlarida  yagona 
uslubiyat asosida bajarilishi zarur. Bir davrda mamlakatning barcha hududlarini to‘la 
qamrab  olgan  holda  o‘tkazilgan  yer  kadastri  ishlarining  natijalari  ham 
respublikamizning yer maydonlari to‘g‘risida aniq fikr-mulohazalar yuritish imkonini 
beradi. 
Yer  kadastri  maqsadlari  uchun  foydalaniladigan  plan-kartografik  materiallarni 
tayyorlashda  bugungi  kunda  fazoviy  koordinatalarning  yagona  tizimini  qo‘llash 
maqsadga muvofiqdir. Negaki bunday plan-kartografik materiallar katta aniqlikka ega 
bo‘ladilar,  ulardan  foydalanish  yer  kadastrini  yuqori  aniqlikda  o‘tkazish  imkonini 
beradi. 
Yer  kadastrini  yuritishda  qonuniylik  tamoyiliga  alohida  e’tibor  beriladi.  Bu 
tamoyilning bajarilishi asosan davlatimizni yer, undan foydalanish, yer kadastri va uni 
yuritish bo‘yicha qabul qilgan qonunlari hamda boshqa qator me’yoriy xujjatlari bilan 
ta’minlanadi.  Huquqiy  demokratik  jamiyatning  asosiy  tashkiliy  tadbirlaridan    biri 
hisoblangan  yer  kadastri  mustahkam  huquqiy  bazaga  ega  bo‘lishi  zarur.  Bularga 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Yer  kodeksi”,  “Davlat  yer  kadastri  to‘g‘risida”  gi 
qonun,  yer  kadastrini  yuritish  to‘g‘risidagi  hukumat  qarorlari,  yo‘riqnomalar, 
yerlardan  foydalanishni  davlat  nazoratini  o‘rnatish,  yer  tuzish  va  yerlarni  muhofaza 
qilish bo‘yicha boshqa me’yoriy xujjatlar kiradi. 
Yer  kadastrini  yuritish  uzluksiz  holda  amalga  oshirilishi  zarur.  Jumladan  yer 
kadastri yerdan foydalanishda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni doimiy ravishda hisobga 
olib yer fondi holatining aniq tavsifini berishi zarur. Bundan ko‘rinadiki, yer kadastri 
ma’lumotlari  yerlarning  tabiiy,  xo‘jalik  va  huquqiy  holatlarida  bo‘ladigan  joriy 
o‘zgarishlarni  tizimli  tarzda  aniqlab  berilishi  kerak.  E’tirof  etish  zarurki,  har  bir 
qishloq  xo‘jalik  korxonasidagi  yer  maydonlarda  har  yili  juda  ko‘p  sonli  o‘zgarishlar 
kuzatiladi.  Ma’muriy  tuman  (shaxar),  viloyat  va  nihoyat  mamlakat  bo‘yicha  esa 
bunday  o‘zgarishlar  juda  katta  miqdorlarni  tashkil  etadi.  Bu  o‘zgarishlarni  doimiy 
ravishda  aniqlab  borish  yagona  yer  fondidan  foydalanishni  maqsadga  muvofiq 
boshqarish  imkonini  beradi.  Shuning  uchun  ham  yer  kadastrini  uzluksiz  ravishda 
o‘tkazish zarur bo‘ladi. 
Yuqoridagilar  bilan  bir  qatorda,  yer  kadastriga  doir  axborotlar  to‘g‘ri  bo‘lishi 
kerak.  Uning  barcha  ko‘rsatkichlari  qat’iy  aniq,  haqiqatga  to‘la  mos  kelishi  zarur. 
Yerdan  foydalanishning  huquqiy,  tabiiy  va  xo‘jalik  holatlariga  mos  bo‘ladigan 
faqatgina  ob’ektiv  ma’lumotlar  mamlakat  yer  fondidan  to‘g‘ri  foydalanish  va 
boshqarish  bo‘yicha  davlat  vazifalarini  bajarish  uchun  muvaffaqiyatli  qo‘llanilishi 
mumkin.  Shuning  uchun  ham  yer  kadastri  xujjatlariga  birlamchi  yoki  joriy 
o‘zgarishlarni kiritish ularni tasdiqlovchi xujjatlarga asoslaniladi. 
Axborotlar to‘g‘ri bo‘lishi nuqtai nazardan yerdan foydalanuvchilarning o‘zlari 
ham yer kadastrini to‘g‘ri yuritishlari katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun har bir 
yerdan  foydalanuvchi  yer  kadastrini  yuritish  bo‘yicha  o‘zidagi  zarur  xujjatlarda  yer 


 
32 
tarkibida  ro‘y  bergan  barcha  o‘zgarishlarni  aniq  hisobga  olgan  holda  tuman 
hokimiyatiga  yerdan  foydalanishning  haqiqiy  holati  to‘g‘risida  hisobot  taqdim  etishi 
zarur. 
Xo‘jaliklar,  ma’muriy  tumanlar  kundalik  ishlab  chiqarish  va  boshqa 
faoliyatlarida yer kadastr ma’lumotlaridan to‘g‘ri hamda keng foydalanish uchun ular 
mumkin  qadar  ko‘rgazmali  bo‘lishi  zarur.  Ya’ni,  yer  kadastri  ma’lumotlari  oddiy, 
tushunarli  hamda  turli  plan-xarita  materiallarida  ham  aks  ettirilishi  maqsadga 
muvofiqdir. 
Yer  kadastrini  mamlakat  hududlarida  to‘g‘ri  yuritish  hamda  ulardan  keng 
miq’yosda  foydalanish  markazlashgan  rahbarlik  tamoyili  asosida  davlat  hokimiyati 
organlari  tomonidan  nazorat  qilish  bilan  ta’minlanadi.  Yer  kadastrining  yaxlitligini 
ta’minlash  bo‘yicha  umumiy  rahbarlik  O‘zbekiston  Respublikasi  Geodeziya, 
kartografiya  va  davlat  kadastri  Davlat  qo‘mitasi  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Viloyatda  yer  kadastri  ishlariga  umumiy  rahbarlik  viloyat  yer  resurslari  Geodeziya, 
kartografiya  va  davlat  kadastri  boshqarmasiga,  tuman  (shaxar)da  esa  tuman  (shaxar) 
yer resurslari Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri xizmatiga yuklatilgan.  
Ma’lumki,  asosiy  va  joriy  yer  kadastri  ularning  mazmuni  va  mohiyatiga  mos 
holda  yer  kadastri  xujjatlarida  yoritiladi.  O‘zlarining  mohiyatiga  qarab  yer  kadastri 
xujjatlari  matn-yozuv  va  grafik-chizma  turlariga  bo‘linadi.  Matn  –  yozuv  xujjatlari 
kitob,  qaydnoma,  tushuntirish  xatlari  ko‘rinishida  ulib,  yer  kadastri  ma’lumotlari 
natural  ko‘rsatkichlarda  yoritiladi.  Grafik-chizma  xujjatlari  –  bu  yer  kadastri  ishlari 
o‘tkazilayotgan  hududni  ma’lum  masshtablarda  qog‘ozda  aks  ettirilishi  asosida 
olinadigan turli plan-xaritalar, chizmalardir. 
Matn  va  grafik  -  chizma  xujjatlar  o‘rtasida  doimiy  ravishda  uzviy  bog‘liqlik 
mavjud. Matn xujjatlar odatda grafik xujjatlardagi ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi va 
aksincha. 
Yer  kadastri  xujjatlari  mazmuni  va  mohiyati  bo‘yicha  asosiy,  yordamchi, 
birlamchi  xujjatlarga  bo‘linadi.  Asosiy  yer  kadastri  xujjatlari  o‘z  navbatida  hisob-
kitob  va  hisobot  turlariga  bo‘linadi.  Ma’muriy  tuman  (shahar)  bo‘yicha  yer 
kadastrining  asosiy  hisob-kitob  xujjati  –  bu  tuman  (shahar)  davlat  yer  kadastri 
kitobidir.  Ushbu  kitobda  odatda  tuman  (shahar)  bo‘yicha  barcha  yerdan 
foydalanuvchilar  yer  mulkdorlarining  ro‘yxati,  yerlarning  miqdor  va  sifat  hisobi, 
tuproq  bonitirovkasi  hamda  yerlarni  iqtisodiy  baholash  ma’lumotlari  qayd  qilinadi. 
O‘z mohiyati bo‘yicha ikkinchi muhim hisob kitob xujjati – bu tumannning navbatchi 
kadastr  xaritasidir.  U  tumanda  mavjud  bo‘lgan  barcha  yerdan  foydalanuvchilar,  yer 
mulkdorlari  va  boshqa  birliklarni  ma’lum  masshtabdagi  xaritada  hududiy  joylashuvi 
bo‘yicha aniq tasavvur beradi. Yer kadastrining asosiy hisobot xujjatlari – bu tuman 
(shaxar), viloyat yer balansi milliy hisobot. 
Yerdan  foydalanuvchilarning  asosiy  kadastr  xujjatlari  –  bu  barcha  yerlardan 
foydalanishni  hisobga  olib  boradigan  hamda  ularda  yuz  beradigan  o‘zgarishlarni 
davriy  ravishda  tizimli  tarzda  yoritadigan  xujjatlardir.  Bunga  asosan  yerlardan 
foydalanish  huquqlarini  beruvchi  davlat  dalolatnomalari,  yerga  mulk  huquqini 


 
33 
tasdiqlovchi guvohnoma, korxona, muassasa va tashkilotlarning yer kadastri kitobi va 
yerdan foydalanuvchilarning turli mazmundagi plan-xaritalari kiradi. 
Yordamchi  yer  kadastri  xujjatlariga  asosan  ishchi  daftarlar,  yer  mulkdorlari, 
yerdan  foydalanuvchilar  ro‘yxati,  hisobotlar  va  ularga  ilovalar,  tushintirish  xatlari, 
ocherklar, kartogrammalar, diogrammalar kiradi. Ular asosiy yer kadastri xujjatlarida 
keltiriladigan ma’lumotlarni to‘ldiradilar. 
Asosiy  yer  kadastri  xujjatlariga  yer  kadastrini  yuritish  uchun  birlamchi  xujjat 
ma’lumotlaridan  foydalaniladi.  Boshlang‘ich  tarzda  yer  kadastrini  yuritish  hamda 
joriy o‘zgarishlarni kiritishda ham birlamchi xujjatlar asos bo‘ladi. Bunday xujjatlarga 
asosan yer tuzish, o‘rmon tuzish, maydonlarni tasvirga olish, yerlarni yo‘qlama qilish, 
yer va ekin turlarini maxsus asboblar yordamida nazoratli o‘lchov, tuproq, agrokimyo, 
geobotanik  va  meliorativ  kuzatuv  materiallari,  yerdan  foydalanishda  ro‘y  bergan 
o‘zgarishlarni o‘lchov natijalari bo‘yicha materiallar, tuproq bonitrovkasi va yerlarni 
iqtisodiy baholash, maydonlar yuzalarini hisoblash qaydnomalari kabilar kiradi. 
Asosiy  yer  kadastri  xujjatlarida  yuqoridagilar  bilan  birgalikda  yer  kadastri 
ma’lumotlarini qonuniy ravishda tasdiqlovchi unga huquqiy asos bo‘ladigan xujjatlar 
ham  zarur.  Bularga  asosan  “Yer  kodeksi”,  “Davlat  yer  kadastri  to‘g‘risida”  gi  va 
“Davlat  kadastrlari  to‘g‘risida”  gi  qonunlar  Vazirlar  Mahkamasining,  viloyat  va 
tuman  hokimyatlarining  yer  munosabatlarini  tartibga  solish  va  yerdan  foydalanish 
sohalaridagi qarorlari kiradi. 
 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin