Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


  Yerlarni iqtisodiy baholash va uni o‘tkazish uslubiyati



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Kadastrlari-1

 
5.  Yerlarni iqtisodiy baholash va uni o‘tkazish uslubiyati 
Yerlarni iqtisodiy baholash - yerning qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish 
vositasi  sifatidagi  solishtirma  qiymatini  aniqlash  demakdir.  Bu  ko‘rsatkichlar  ham 
nisbiy kattalikda, ya’ni ballarda, ham absolyut ko‘rsatkichlarda, ya’ni yerga hisoblab 
chiqilgan shartli narxlarda bo‘lishi kerak. 
Shunga alohida ahamiyat berish zarurki, yerni iqtisodiy baholash va tuproqlarni 
bonitirovka qilish o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va bir-biriga nisbatan keskin farq mavjud. 
Tuproqlarni  bonitirovka  qilishda  ishlab  chiqarish  sharoitlari  emas,  asosan  o‘simlik 
o‘sishi  uchun  zarur  bo‘lgan  tabiiy  xossalari  hisobga  olinib,  guruhlarga  bo‘linadi. 
Iqtisodiy baholashda esa yerning tabiiy sifati va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uning 
tabiiy  -  iqtisodiy  sharoitlariga  mos  ravishda    hisobga  olinadi.  Ularning  o‘zaro 
bog‘liqligi shundan iboratki, tuproqlarni bonitirovka qilish natijalari yerlarni iqtisodiy 
baholashda asos sifatida olinadi. 
Qayd  qilish  zarurki,  respublikamiz  iqtisodiyot  tarmoqlarida,  jumladan  qishloq 
xo‘jaligida bozor munosabatlarini rivojlanib borayotganligi mavjud yer maydonlarini 
iqtisodiy jihatdan me’yoriy baholash zaruriyatini tug‘dirdi. Qishloq xo‘jalik yerlarini 
me’yoriy  baholash  natijalari  asosan  shirkat  xo‘jaliklarini  fermer  xo‘jaliklariga 
aylantirish,  yer  solig‘i  stavkalarini  aniqlash,  belgilangan  me’yorda  ajratilganidan 
tashqari  qishloq  joylarida  uy-joy  qurish  va  dehqon  xujaligiga  yer  berish,  bank 
tomonidan  kredit  berish,  yer  uchastkalarini  kim  oshdi  savdosi  (auksionlar)  orqali 
sotish uchun boshlang‘ich bahosini belgilash hamda qonunda ko‘zda tutilgan boshqa 
hollar uchun qo‘llaniladi. 
Barcha  qishloq  xo‘jalik  yer  maydonlari  yerlarni  iqtisodiy  (me’yoriy)  baholash 
ob’ekti  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bunda  yerlarni  baholash  bo‘yicha  belgilangan  hududiy 
hisob birliklari quyidagilardir: 


 
72 
-ichki  xo‘jalik  miq’yosida:  tuproq  sifati  bo‘yicha  (boniteti)  bir  xil  bo‘lgan 
haydalma  yerlar va boshqa qishloq xo‘jalik yerlarining alohida uchastkalari. Bunday 
holda  yerlarning  bahosi  ichki  xo‘jalik  masalalarini  hal  qilish,  dexkon  va  fermer 
xo‘jaliklarini  tashkil  etish,  qurilishlar,  sug‘oriladigan  yerlarni  tekislash  maqsadlari 
uchun aniqlanadi; 
-umumiy jihatdan (umumiy yer maydoni bo‘yicha) yerlarning bahosi yer uchun 
soliq stavkasi  miqdorlarini  hisoblash,  yer  uchastkalariga bo‘lgan  huquqlarni garovga 
qo‘yib bankdan kredit olish, pay miqdorlarini aniqlash uchun hisoblanadi. 
Qishloq 
xo‘jaligida  ishlab  chiqarish  bilan  shug‘ullanuvchi  yerdan 
foydalanuvchilar yerlarni iqtisodiy baholash sub’ektlari hisoblanadilar. 
Yerlarni iqtisodiy jihatdan baholash jarayonida sug‘oriladigan yerlarni baholash 
muhim  amaliy  ahamiyatga  ega.  Ekinlarni  yetishtirish  uchun  muhim  hisoblangan 
yerning tabiiy xususiyatlari bo‘yicha qiyosiy bahosi (tuproq banitirovkasi) va qiymat 
ko‘rsatkichi  sifatidagi  me’yoriy  sof  daromad  sug‘oriladigan  yerlarning  bahosini 
aniqlash uchun asos qilib olinadi. 
Tuproqning  tabiiy  unumdorligini,  mahsuldorligini  hamda  qishloq  xo‘jaligiga 
yaroqliligini  hisobga  olgan  holda  bonitet  ballari  bo‘yicha  respublikadagi 
sug‘oriladigan  yerlarning  10  ta  sinfi  belgilangan.  Agronomiya  nuqtai  nazaridan 
bonitet  bahosining  ballari  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  kadastr  bo‘yicha  hisoblanagan 
hosildorliklari  orqali  belgilanadi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  100  ballik  baholash 
shkalasidan 1 gektardan olinadigan hosilni sentnerdagi o‘lchami, ya’ni s/ga hisobida 1 
ballga  to‘g‘ri  keladigan  har  bir  asosiy  qishloq  xo‘jalik  ekini  uchun  hisoblanadi. 
Respublika  qishloq  xo‘jaligi  vazirligi  tomonidan  2001  yilda  tasdiqlangan 
"O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan tuproqlarni bonitirovka qilish" uslubiyatiga 
muvofiq qabul qilingan bonitet ballari bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini ka-
dastr hosildorliklari quyidagi jadvalda keltirilgan  
 
 
 
 
11 - jadval 
Bonitet ballari bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi 
(s/ga) 
Bonitet 
bali 
Paxta 
Donli 
ekinlar 
Beda 
Makkajo‘xo-
ri don uchun 
Bir yil-lik 
o‘t 
Hashaki 
lavlagi 
10 
20 
30 
40 
50 
60 
4,0 
8,0 
12,0 
16,0 
20,0 
24,0 
6,0 
12,0 
18,0 
24,0 
30,0 
36,0 
20,0 
40,0 
60,0 
80,0 
100,0 
120,0 
7,5 
15,0 
22,5 
30,0 
37,5 
45,0 
30,0 
60,0 
90,0 
120,0 
150,0 
180,0 
90,0 
180,0 
270,0 
360,0 
450,0 
540,0 


 
73 
70 
80 
90 
100 
28,0 
32,0 
36,0 
40,0 
42,0 
48,0 
54,0 
60,0 
140,0 
160,0 
180,0 
200,0 
52,5 
60,0 
67,5 
75,0 
210,0 
240,0 
270,0 
300,0 
630,0 
720,0 
810,0 
900,0 
Bir 
ballning 
qiymati 
0,4 
0,6 
2,0 
0,75 
3,0 
9,0 
Turli  sifatga  ega  bo‘lgan  sug‘oriladigan  qishloq  xo‘jalik  yerlarining  1  ga  hisobiga 
me’yoriy sof daromadi quyidagi formula yordamidav aniqlanadi: 
    
100
м
м
м
Р
ЯМ
СД



 
Bu yerda: 
м
СД
– 1 ga qishloq xo‘jalik yerlaridan olinadigan me’yoriy sof  
Daromad, so‘m; 
м
ЯМ
– 1 ga qishloq xo‘jalik yerlaridan olinadigan me’yoriy yalpi mahsulot, 
so‘m; 
м
Р –  turlicha  sifatga  ega  bo‘lgan  yerlarda  vujudga  keladigan  qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishining me’yoriy hisoblangan foydasi, %.  
Me’yoriy sof daromad ekin maydonlarining tarkibiga va qishloq xo‘jaligining 
ixtisoslashtirilganligiga  qarab  quyidagi  ikki  yechimdan  bittasi  bo‘yicha  hisoblanishi 
mumkin: 
-asosiy ekin bo‘yicha; 
- yer baholash ob’ektida yetishtiriladigan asosiy ekinlar nisbati bo‘yicha. 
Asosiy  ekin  bo‘yicha  me’yoriy  yalpi  maxsulot  hisobi  ushbu  ekinni 
yetishtirishda yuqori ixtisoslashganlik darajasiga ega bo‘lishi kerak. Ixtisoslashganlik 
darajasi yetakchi ekinlar tovar mahsulotlarining solishtirma salmog‘i 60 foizdan kam 
bo‘lmagan holda aniqlanadi. 
Asosiy  ekin  bo‘yicha  1  ga  yerdan  olinadigan  me’yoriy  yalpi  mahsulot  ushbu 
ekinning  kadastr  hosildorligini  (s/ga)  uni  sotish  bahosi  (sotib  olish,  shartnomaviy, 
bozor) ga ko‘paytmasiga tengdir. 
Asosiy  ekinlar  qo‘shilmasi  bo‘yicha  me’yoriy  yalpi  mahsulotni  aniqlash 
quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 
-yer baholash ob’ekti bo‘yicha ekin maydonlari tarkibining o‘rtacha qiymati va ushbu 
ekinlarni sotish baholari bilan; 
-haydalma  yerning  umumiy  maydonida  har  bir  qishloq  xo‘jalik  ekinining  qiymatini 
hisoblash asosida. 
Hisoblar quyidagi formula yordamida bajariladi: 
    


 
74 


К
З
Х
Р
К
Р
З
Р
Х
ЯМ
м








3
2
1

 
Bu yerda, 
Х -1 ga hisobiga paxta xom-ashyosining qiymati, so‘m; 
              
З
 – 1 ga hisobiga donli ekinlarning qiymati, so‘m; 
              
К – 1 ga yem-xashak ekinlarining qiymati, so‘m;   
              
,
3
,
2
,
1
Р
Р
Р
-ekinlarning foiz hisobidagi solishtirma miqdori,%. 
Paxta-don majmuasida me’yoriy yalpi mahsulot hisobini soddalashtirish uchun 
kadastr  ob’ektidagi  ekinlarning  umumiy  tarkibidagi  nisbatiga  qarab  paxta  bo‘yicha 
yalpi  mahsulot  qiymatining  maxsus  hisoblangan  tuzatma  koeffitsientlaridan 
foydalanish mumkin (12-jadval).                                               
 
 
12 - jadval 
Paxta bo‘yicha yalpi mahsulot qiymatining tuzatma koeffitsientlari 
Paxta ekinini haydalma yerlar umumiy 
maydonidagi nisbati 
Umumiy haydalma yerdan olingan paxta 
xom-ashyosi qiymatidan yalpi mahsulot 
qiymatining tuzatma koeffitsientlari 
K 30 % 
K 40 % 
K 50 % 
K 60 % 
K 70 % 
0,526 
0,594 
0,661 
0,729 
0,797 
Turlicha sifatga ega bo‘lgan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
hisoblangan  foyda  me’yori  asosan  yalpi  mahsulot  qiymatiga  nisbatan  foizlarda 
xisoblash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Uning  qiymatlari  quyidagi  jadvalda  keltirilgan  (13-
jadval). 
 
 
 
 
 
 
 
13 - jadval 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin