83
hayvonlarining genetik fondi kitobi" hayvonot dunyosining davlat kadastrini tuzish
uchun axborot manbai hisoblanadi.
Hayvonot dunyosining davlat kadastri kadastr axboroti uzluksiz yangilashini
ta’minlovchi asosiy (birlamchi) va joriy turlarni o‘z ichiga oladi. Hayvonot
dunyosining davlat kadastri asosiy (birlamchi) turini yuritishda ob’ektlar birlamchi
ro‘yxatdan o‘tkaziladi (xatlanadi).
Joriy turda asosiy tur o‘tkazilgandan keyin yuz bergan barcha keyingi
o‘zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va baholash axboroti hayvonot dunyosi
to‘g‘risidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot alifbo-raqamli
(matnlar, jadvallar) va chiziqli (xaritalar, sxemalar) shakllarida, an’anaviy va
avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: