2. O‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastrining mazmuni.
O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrida
quyidagi guruhlarga birlashtirilgan yovvoyi o‘simliklarning har bir turi bo‘yicha
ma’lumotlar mavjud bo‘ladi:
yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida
foydalaniladigan o‘simliklar;
texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar;
tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar;
yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari.
Kadastr ob’ektlarining har bir guruhida quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi:
ob’ektlar guruhlarining maqomi;
o‘simliklar dunyosi (yaylovlarning turlari);
keng tarqalishi (hududiy taqsimlanishi);
mahsuldorligi;
iqtisodiy baholanishi;
foydalanilishi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan
"O‘zbekiston oliy o‘simliklarining ta’rifnomasi", shuningdek dalani tekshirish
ma’lumotlari o‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini tuzish uchun axborot
manbai hisoblanadi.
O‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastri kadastri axboroti uzluksiz
yangilashini ta’minlovchi axborotning asosiy va joriy turlarni o‘z ichiga oladi.
O‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastrining asosiy (birlamchi) turini
yuritishda ob’ektlar birlamchi ro‘yxatdan o‘tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur
o‘tkazilgandan keyin yuz bergan barcha keyingi o‘zgartirishlar qayd etiladi va
kadastrga kiritiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va baholash axboroti o‘simliklar dunyosi
to‘g‘risidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot alifbo-raqamli
(matnlar, jadvallar) va chiziqli (xaritalar, sxemalar) shakllarida, an’anaviy va
avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.