81
yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.
O‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat hisobini yurituvchi vazirliklar va
idoralar o‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastri bo‘yicha zarur axborotni
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, hajmda va
muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga taqdim etadilar.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi 2001 yildan boshlab har yili o‘simlik
dunyosi ob’ektlarining davlat kadastri bo‘yicha zarur axborotni hisobot yilidan
keyingi yilning 1 aprelgacha Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etadi.
Kadastr ma’lumotlarini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etish shakli.
Davlat
tabiatni
muhofaza
qilish
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi va
"Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi bilan kelishiladi.
O‘simlik dunyosining ishlab chiqiladigan kadastr axboroti ishonchiligi uchun
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining kadastr xizmati, o‘simliklarning davlat
tomonidan hisobga olinishi yurituvchi vazirliklar va idoralarning vakolatli shaxslari
qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Dostları ilə paylaş: