Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


-BOB. DAVLAT KADASTRLARINI YuRITIShNING NAZARIY VA



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Kadastrlari-1

1-BOB. DAVLAT KADASTRLARINI YuRITIShNING NAZARIY VA 
HUQUQIY ASOSLARI 
 
1. 
«Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi qonunning mohiyati va mazmuni. 
 
2.  Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi  
 
3.  Davlat kadastrlarining yagona tizimini yuritish tartiblari 
 
 
1  «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi qonunning mohiyati va mazmuni. 
 
 
Ushbu  Konunining  maksadi  davlat  kadastrlarini  yuritish,    kadastrga  doir 
axborotni tuplash va undan  foydalanish  soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iboratdir. 
 
Davlat  kadastrlari  tugrisidagi  konun  xujjatlari  ushbu    konun  va  boshka  konun 
xujjatlaridan iboratdir. 
 
Agar  Uzbekiston  Respublikasining  xalkaro  shartnomasida  Uzbekiston 
Respublikasining davlat kadastrlari tugrisidagi konun xujjatlarida nazarda tutilganidan 
boshkacha koidalar belgilangan bulsa, xalkaro shartnoma koidalari kullaniladi. 
     Davlat  kadastri    Davlat  kadastrlari  yagona  tizimining  tarkibiy  kismi  xisoblanadi 
xamda  u  davlat    kadastri    yuritiladigan  tabiiy,  xujalik  ob’ekti  yoki  boshka  ob’ekt 
muayyan  turining  geografik  joylashuvi,    xukukiy  makomi,    mikdor,  sifat  tavsiflari  va 
baxosi  tugrisidagi    yangilanib    turiladigan  ma’lumotlar  va  xujjatlar  tizimidan  iborat 
buladi. 
Davlat  kadastrlarining  yagona tizimi Uzbekiston Respublikasi va uning ayrim 
xududlari tabiiy-iktisodiy saloxiyatining yagona umumdavlat xisob-kitobi yuritilishini, 
baxolanishini ta’minlashga muljallangan kup maksadli axborot tizimi tarzida yaratiladi. 
 
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi  
Geodeziya, 
kartografiya  va  davlvt  kadastri    bosh    boshkarmasi    davlat  kadastrlarni  yuritish  
soxasidagi maxsus vakolatli organi xisoblanadi. 
 
Uzbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Maxkamasi 
xuzuridagi 
Geodeziya, 
kartografiya va davlat kadastri bosh boshkarmasi: 
 
-vazirliklar,davlat 
kumitalari,idoralar 
va 
maxalliy 
davlat 
xokimiyati 
organlarining davlat kadastrlarini yuritish soxasidagi faoliyatini muvofiklashtiradi; 
 
-Davlvt kadastrlari yagona tizimini yuritadi; 
 
-vazirliklar,davlat  kumitalari    va  idoralarni  tegishli  davlat  kadastrlarini  yuritish 
uchun zarur bulgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi; 
 
-davlat  kadastrlariyuritilishiga  doir    normativ    xujjatlarni  belgilangan  tartibda 
tasdiklaydi; 
 
-mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil kilish. 
 
-konun xujjatlariga muvofik boshka vazifalarni amalga  oshirishi. 


 

 
Maxalliy davlat xokimiyati organlari: 
 
-kadastr  ob’ektlariga  bulgan  xukuklarni  davlat    ruyxatidan  utkazishni  tashkil 
etadilar; 
 
-davlat  yer  kadastrini,binolar  va  inshootlar  davlat    kadastrini  yuritish    ishlarini  
konun xujjatlarida belgilangan tartibda maxalliy budjet xisobidan moliyalashtiradilar; 
 
-tegishli xududlar  davlat  kadastrining yuritilishini tashkil etadilar; 
 
-konun xujjatlariga muvofik boshka vakolatlarga oshiradilar       
Davlat  kadastrlarini  yuritish  Davlat  kadastrlarini  yuritish  tegishli    vazirliklar,  davlat  
kumitalari,  idoralar  va  maxalliy  davlat  xokimiyati  organlari  tomonidan  amalga 
oshiriladi. 
     Davlat kadastrlarini yuritishga kuyidagilar kiradi: 
     kadastr ob’ektlariga bulgan mulk xukuki va  boshka  xukuklarni davlat ruyxatidan 
utkazish; 
     kadastr ob’ektlarining mikdor va sifat tavsifini  xisobga olish; 
     kadastr ob’ektlarini sifat va kiymat jixatidan baxolash; 
     kadastrga doir  axborotni tizimga solish,saklash va yangilab borish; 
     kadastr ob’ektlarining xolati xakida xisobotlar tuzish; 
    davlat kadastrlari yagona tizimiga  kiritish  uchun  tegishli axborot takdim etish; 
     foydalanuvchilarni  konun  xujjatlarida  belgilangan  tartibda  kadastrga  doir  axborot 
bilan ta’minlash. 
     Kadastr  ob’ektlarining  mulkdorlari  xamda  kadastr    ob’ektlariga  doir      boshka  
xukuklarning    egalari    tegishli    vazirliklar,  davlat  kumitalari,idoralar  maxalliy  davlat  
xokimiyati    organlariga  kadastr      ob’ektlarining    geografik    joylashuvi,  xukiy 
mikdor,sifat  tavsiflari  va  baxosi  tugrisida,shuningdek  ularning  xolatidagi  joriy  
uzgarishlar  xakida  axborot  takdim etishlari shart. 
     Davlat  kadastrlarini    yuritish  tartibi  Uzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi 
tomonidan tasdiklanadi. 
     Davlat  kadastrlarini      yuritilishini    moliyalashtirish    davlat  budjeti  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
     Kadastr  ob’ektlariga  bulgan  xukuklarni  davlat    ruyxatidan  utkazish  yuridik    va  
jismoniy  shaxslarning kadastr ob’ektlariga bulgan xukuklari davlat tomonidan e’tirof 
etilishi va tasdiklanishining yuridik xujjati xisoblanadi. 
     Kadastr ob’ektlariga  bulgan xukuklarni  davlat    ruyxatidan  utkazish  xujjatlar    bilan  
tasdiklangan axborotlarni davlat reestrlariga kiritish yuli bilan amalga oshiriladi. 
     Kadastr  ob’ektlariga    bulgan  xukuklarni  davlat  ruyxatidan  utkazish  kadastr 
ob’ektlarining barcha  mulkdorlari  va  kadastr ob’ektlariga doir boshka xukuklarning 
egalari uchun majburiydir. 
 
Kadastr  ob’ektlarini  xisobga  olish  vazirliklar,davlat    kumitalari,  idoralar, 
maxalliy  davlat    xokimiyati  organlarining  tegishli  bulinmalari  tomonidan  kadastr 
ob’ektlarining    chegaralari  doirasida,  shuningdek  axoli  punktlari,  tumanlari, 
mintakalar, tabiiy va iktisodiy tegralar xamda Uzbekiston  Respublikasi  buyicha 
ularning xolati undagi va undan foydalanilishiga kura boriladi. 


 

     Kadastr ob’ektlarini sifat jixatidan  baxolash  tabiiy  va jismoniy tavsiflari asosida 
amalga oshiriladi. 
     Kadastr ob’ektlarini  kiymat  jixatdan  baxolash  ularning uziga xos xususiyatlarini 
xisobga olgan xolda konun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin