Hisobot mazmuni: 1. Forsunkani sinashda ishlatiladigan qurilma-ning gidravlik
sxemasi (1-rasm); sinash va rostlash ketma-ketligi va texnik talablar; sinash natijalari
(2-jadval) va xulosa. 2. Plunjer juftligining tekshirish sxemasi (2-rasm);
qisqacha
umumiy ma‟lumot; texnik talablar va sinash natijalari (3-jadval). 3. Haydovchi klapan-
ning tekshirish paytidagi holatlari (3-rasm); qisqacha umumiy ma‟lumot;
texnik
talablar va sinash natijalari (5-jadval).
Sinov savollari:
1. Forsunka germetikligi qanday baholanadi?
2. Germetiklikning yomonlashish sabablarini ayting.
3. Purkagichi shtiftli va shtiftsiz bo„lgan forsunkalarning
tekshirish va
rostlashdagi farqlar nimalardan iborat?
4. Purkash sifatini qanaqa ko„rsatkichlar belgilaydi?
5. Forsunkalarning tekshirish va rostlash ketma-ketligini aytib bering.
6. Nima maqsadda o„tkazish qobiliyati tekshiriladi?
7. Plunjer juftligining asosiy vazifasi nima?
8. Juftlikning yaxshi ishlamaslik sabablari va oqibatlari?
9. Qanday ko„rsatkich plunjer juftining texnik holatini baholaydi?
10. Yangi va ishlatilgan plunjer juftliklarini tekshirishdagi farq nimadan iborat?
11. Qanaqa juftlik ishga yaroqsiz hisoblanadi?
12. Haydovchi klapanning asosiy vazifasi nimadan iborat?
13. Klapanning yaxshi ishlamaslik sabablari va oqibatlari?
14. Bo„shatuvchi belbog„chaning zichligi qanday aniqlanadi?
15. Umumiy zichlik qanday aniqlanadi?
16. Qaysi holda haydovchi klapan ishga yaroqsiz hisoblanadi?