Узбекистон республикаси мелиорация ва сув хужалиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#122784
1   2   3   4   5
L-1 Forsunkalarni sinas(2)

1-havo magistrali; 2-havo o‘tkazish jo‘mragi; 3-havo turbinkasi;
4-ventilyator; 5-tekshirilayotgan forsunka; 6-Yuqori bosimli Yonilg‘i o‘tkazgich; 7-
gidroakkumulyator; 8-manometr; 9-manometrni ishga tushiruvchi jo‘mrak; 10-
forsunkaga o‘tayotgan Yonilg‘i mikdorini o‘zgartiruvchi jo‘mrak; 11-plunjerli nasos; 12-
dastak; 13-Yonilg‘i filtri; 14-Yonilg‘i baki.

1. Forsunkaning germetikligini (zichligini) tekshirishda Yonilg„i bosimini 
ma‟lum bir qiymatdan boshqa bir qiymatgacha kamayish vaqti o„lchanadi (1-jadvalga 
qarang). Germetiklik purkagichning berkiluvchi qismini zich berkilishiga, ignaning 
yo„naltiruvchi silindrsimon qismi atrofidagi zazorga va purkagich korpusining Yuqori 
yuzasi bilan forsunka korpusining pastki yuzasi qanchalik zich tutashganiga bog„liq. 
Forsunkani qurilmaga o„rnatilgandan keyin manometrga yonilg„ini o„tkazadigan 
ventil-jo„mrak ochiladi va forsunkadagi rostlash vintining kontragaykasi bo„shatiladi. 
Qurilmadagi nasos yordamida va forsunka rostlash vintini burab kerakli purkash 
bosimini (1-jadvalga qarang) hosil qilamiz. M: 6T2-20S1-2D forsunkasi uchun 26 
MPa da Yonilg„i purkalishi boshlanadigan qilib qo„yamiz. Keyin sekundomer 
yordamida bosimni kamayish vaqtini o„lchaymiz (6T2-20S1-2D forsunkasi uchun 
bosimni 23 MPa dan 21 MPa gacha kamayish vaqti 7...20 s oralig„ida bo„lishi kerak). 
Agar Yonilg„i bosimini kamayishi juda sekin bo„lsa va ko„rsatilgan vaqtdan ko„p 
bo„lsa, bu purkagichning korpusi bilan ignaning yo„naltiruvchi (silindrsimon) qismi 



orasidagi zazor juda kichik ekan-ligini ko„rsatadi. Bunaqa forsunkalar dizelda 
ishlatiladigan bo„lsa, purkagich ignasi osilib qoladi va forsunka ishga yaroqsiz holga 
keladi. 
Forsunkaning germetikligi (zichligi) yaxshi bo„lmasligini yana bir sababi, 
purkagich va forsunka korpuslarining yaxshi tutashmaganligidir. Bu holda purkagich 
korpusining tashqi yuzasidan uzluksiz Yonilg„i oqib turishi kuzatiladi. 
Purkagichning berkiluvchi konussimon qismi zich berkilmasligi oqibatida ham 
(eyilish natijasida) germetiklik yomonlashadi, purkagich teshikchalari namlanib qoladi 
yoki Yonilg„i tomchilari hosil bo„ladi. Nihoyat, purkagich ignasining yo„naltiruvchi 
qismi bilan korpusi orasidagi zazorni kattalashib ketishi forsunkadan Yonilg„i bakiga 
qaytib ketayotgan Yonilg„i miqdorini ko„payib ketishiga olib keladi. 
2. Purkagich germetikligini (zichligini) berkitish konusi bo„yicha tekshirgan 
paytda, forsunka uchun texnik talablarda ko„rsatilgan yonilg„ini purkash bosimidan 
1,0...1,5 MPa kam bosim hosil qilinadi. SHunda berkituvchi konus orqali Yonilg„i 
o„tmasligi kerak, bu 15 s mobaynida ko„z orqali qarab aniqlanadi. Purkagich 
korpusining uchki qismi namlanib qolishi ruxsat etiladi. 
3. Yonilg‘ini purkay boshlash bosimini rostlash uchun rostlash vinti yordamida 
prujinaning qattiqligi o„zgartiriladi. Rostlashdan oldin qurilmadagi plunjerli nasosni 
ishlatib, manometr yordamida qancha bosimda Yonilg„i purkalayotganligi kuzatiladi. 
Agar purkashni boshlash bosimi texnik talablardagidan kam bo„lsa rostlash vinti 
ichkari (o„ng) tomonga buralib, prujina qattiqligi oshiriladi, agar purkash bosimi katta 
bo„lsa vint tashqari (chap) tomonga buraladi. FSH yoki FD tipidagi forsunkalarda 
rostlash vintini bir marta to„liq buraganimizda purkash bosimi 6,5...8,0 MPa ga 
o„zgaradi. Kerakli bosimga rostlangandan keyin vint kontragayka yordamida 
qotiriladi. Faqatgina KamAZ va Kamminz 4VT-3,9 dvigatellarining forsunkasida 
purkash bosimi boshqacha rostlanadi. Buning uchun asos shaybasi va forsunka korpusi 
orasida joylashgan rostlash shaybalarining umumiy qalinligi o„zgartiriladi. SHaybalar 
sonini ko„paytirish yoki kamaytirish uchun purkagich gaykasi, purkagich va boshqa 
detallar echib qo„yiladi. Rostlash shaybalarining umumiy qalinligini 0,05 mm ga 
o„zgartirish, purkash bosimini 0,30...0,35 MPa ga o„zgartiradi. 
4. Yonilg‘ini purkash sifati ko„z orqali qarab baholanadi. Rostlan-gan forsunka 
yaxshi ishlayotgan bo„lsa Yonilg„i zarrachalar shaklida tumanga o„xshab purkaladi. 
Purkalayotgan paytda yonilg„ini purkagichdan tizillab otilishi yoki tomchi shaklida 
purkalishi purkash sifati qoniqarsiz, yomon ekanligini ko„rsatadi. Purkalgan yonilg„i, 
purkash oqimining ko„ndalang kesimi bo„yicha bir xilda tarqalishi shart. Purkashni 
boshlanishi va oxiri aniq ravshan ajralib, purkalish paytida qattiq tiniq tovush eshitilib 
turishi, bundan tashqari purkalish boshida yoki oxirida purkagich uchida Yonilg„i 
tomchilari hosil bo„lmasligi kerak. 
5. Purkash konusining burchagini aniqlash uchun oq qog„oz varag„ida yoki 
mayda teshikli temir setkada (setkaga oldindan motor moyi surilgan bo„lishi kerak) 
purkalishdan keyin qolgan izdan foydalaniladi. Purkagichi shtiftli bo„lgan 
forsunkalarni sinashda qog„ozni (setkani) purkagich uchidan 210 mm masofaga 
joylashtiriladi. SHtift konusi 20...25
0
bo„lganda, purkashdan keyin hosil bo„lgan 
Yonilg„i izining diametri 52...76 mm orasida bo„lishi shart. Purkalayotgan Yonilg„i 



oqimining o„qi purkagich o„qi bilan ustma-ust tushishi kerak, lekin Yonilg„i oqimi 
o„qining bir tomonga 3...5
0
og„ishi ruxsat etiladi. 
6. Forsunkaning o‘tkazish qobiliyati SDTA-1, SDTA-2 stendlarida kontrol 
Yonilg„i nasosi yordamida aniqlanadi. Buning uchun Yonilg„i nasosi valining 
aylanishlar soni bir xilda (nominal qiymatda) ushlab turi-ladi, nasos reykasi (nominal 
holatda) qotirib qo„yiladi va forsunka orqali 1 minutda o„tayotgan Yonilg„i miqdori 
o„lchab olinadi. Bir dvigatelga qo„yiladigan forsunkalar o„tkazish qobiliyatidagi farq 
5% dan oshmasligi kerak. Forsunkaning o„tkazish qobiliyatini baholash uchun alohida 
seksiyaning siklda uzatilgan Yonilg„i qiymati aniqlanadi (mm
3
/s): 
q
s
=Q

10
3
/n
s
, mm
3
/s (1)
bu erda:
Q-menzurkaga yig„ilgan Yonilg„i hajmi, sm
3
; n
s
-sikllar soni. 
Agar birorta forsunkaning o„tkazuvchanligi boshqalardan keskin farq qilsa, shu 
forsunkaning purkagichi almashtirilib qaytadan tekshiriladi. Tekshirish va sinash 
natijalari quyidagi 2-jadvalga yozib qo„yiladi. 
2- jadval 
№ 
Ko„rsatkichlar 
Forsunka markasi 
t.r. 
1. Forsunka germetikligi, s 
2. Purkagich germetikligi 
3. Yonilg„ini purkay boshlash bosimi, MPa 
4. Purkash sifati 
5. Purkash konusining burchagi 
6. O„tkazish qobiliyati, mm
3
/s 
Tekshirish natijalari asosida har bir forsunkaning ishga yaroqli yoki yaroqsiz 
ekanligi aniqlanadi. Agar forsunka ishga yaroqsiz deb topilsa, uning sabablari va 
kamchiliklarni tuzatish yo„llari ko„rsatilgan xulosa laboratoriya ishi hisobotida 
keltirilishi kerak. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin