Узбекистон республикаси мелиорация ва сув хужалиги


 HAYDOVCHI KLAPANLARNI TEKSHIRISH



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#122784
1   2   3   4   5
L-1 Forsunkalarni sinas(2)

3. HAYDOVCHI KLAPANLARNI TEKSHIRISH 
Umumiy ma’lumotlar: Haydovchi klapan dvigatelda toza havo so„rish 
jarayonida Yuqori bosimli Yonilg„i o„tkazgichdagi yonilg„ining plunjer gilzasiga oqib 
o„tmasligini tahminlaydi, bundan tashqari purkash oxirida Yonilg„i o„tkazgichdagi 
bosimni keskin kamaytiradi. Haydovchi klapanlar ishlatilgan paytda asosan 
bo„shatuvchi belbog„chasi va berkituvchi konusi ko„proq eyiladi. Eyilish oqibatida 
Yuqori bosimli Yonilg„i o„tkazgichda bosim purkash oxirida keskin pasaymaydi va 
purkagich teshikchalaridan Yonilg„i tomchilab qoladi. Haydovchi klapanni tekshirish-
da ham gidravlik usul qo„llaniladi. Klapanning gidravlik zichligini aniqlashda KI-1086 
(PNK) qurilmasidan foydalaniladi. 
Haydovchi klapanni zichlik bo‘yicha tekshirish. 
Klapanning ishga yaroqliligini aniqlash uchun bo„shatuvchi belbog„cha bo„yicha 
va umumiy (berkituvchi konus bilan bo„shatuvchi belbog„chaning birgalikdagi) 
gidravlik zichligi aniqlanadi. Tekshirishni boshlashdan oldin qurilma bakiga filtrdan 
o„tkazilib 2 kun tindirib qo„yilgan qovushqoqligi 3,5

0,1sSt ga teng bo„lgan toza 
qishki dizel yonilg„isi quyiladi. 
Bak yonilg„iga to„ldirilgandan keyin qurilmaning germetikligi tekshiriladi. 
Buning uchun qurilmaga klapan o„rniga maxsus tiqin o„rnatiladi va nasos yordamida 
Yonilg„i bosimi 0,92 MPa gacha ko„tariladi, keyin bosim 0,9 MPa ga kelgandan 
boshlab bosimni kamayish vaqti kuzatiladi. 3 minut mobaynida bosim 0,05 MPa dan 
ko„p bo„lmagan qiymatga kamayishi kerak. 
Tekshirilayotgan haydovchi klapanni KI-1086 qurilmasiga o„rnatish uchun 
dastak buraladi va vtulka pastki holatga tushiriladi. SHundan so„ng haydovchi klapan 



prokladka kiygizilgan egar bilan birgalikda podshipnik halqasining ustiga 
joylashtiriladi. Vtulka Yuqori holatga ko„tariladi va dastak o„ng tomonga oxirigacha 
buraladi. Keyin klapanni yaxshiroq o„rnashishi uchun qurilma dastasi aylantirilib 
qotiriladi (qotirish momentining nominal qiymati 20 nm).
Bo„shatuvchi belbog„cha bo„yicha zichlikni aniqlashda klapanni egardan 0,2 
mm Yuqoriga ko„tarib qo„yiladi (3a-rasmga qarang), bu holatda yonilg„i-ni pastga 
o„tkazmaslik uchun belbog„cha to„sqinlik qilib turadi. Klapanni Yuqoriga ko„tarib 
qo„yish uchun esa mikrometrli vintni qotguncha o„ng tomonga buraladi, bunda qurilma 
ichidagi vint haydovchi klapanga borib taqaladi. SHundan so„ng qurilma ichidagi 
mikrometrli vint gaykadagi shkala bo„yicha ikki bo„lakka qo„shimcha buraladi (bir 
bo„lak 0,1 mm ga siljitadi). 
3-rasm. Haydovchi klapanning a) bo„shatuvchi belbog„cha bo„yicha va
b) umumiy zichligini aniqlash paytidagi holatlari. 
Haydovchi klapanni belbog„cha holatiga qo„yilgandan keyin Yonilg„i bosimi 
0,22 MPa ga ko„tariladi va manometr bo„yicha bosimni 0,2 MPa dan 0,1 MPa ga 
kamayish vaqti o„lchab olinadi. Agar bu vaqt 2 s dan kam bo„lsa klapan ishga yaroqsiz 
hisoblanadi. Agar zichlik 2...10 s orasida bo„lsa klapan 1 guruh, 10 s dan ko„p bo„lsa 2 
guruh hisoblanadi. 
Haydovchi klapanning umumiy zichligini aniqlash uchun mikrometrli vint 
teskari tomonga engil aylanguncha buralib klapan egarga o„tqiz-diriladi (3b-rasmga 
qarang), bu holatda yonilg„ining pastga o„tkazmaslik uchun berkituvchi konus 
belbog„cha bilan birgalikda to„sqinlik qilib turadi. Nasos yordamida Yonilg„i bosimi 
0,82 MPa gacha ko„tariladi va manometr bo„yicha bosimni 0,8 MPa dan 0,7 MPa ga 
kamayish vaqti o„lchab olinadi. Bu vaqt 30 s dan kam bo„lmasa klapan ishga yaroqli 
hisoblanadi. 
Laboratoriya ishini o„tkazish mobaynida bir necha haydovchi klapanlar 
tekshirilib, natijalari 5 - jadvalga yozib qo„yiladi. 



5-jadval 
Zichlik vaqti, s 
№ 
Qaysi yonilg„i bo„shatuvchi belbog„cha 
bo„yicha 
umumiysi 
Ishga 
yaroqlilik 
t.r. 
nasosining 
haydovchi 
klapani 
tajriba 
bo„yicha 
texnik 
talablar 
bo„yicha 
tajriba 
bo„yicha 
texnik 
talablar 
bo„yicha 
haqida 
xulosa 








Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin