Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning o ’tgan yilning mos
15 O ’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 5 bet
Qayta ishlash sanoati bo’yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 33,3
% yoki 28854,4 mlrd. so’m xorijiy investitsiya va kreditlar o ’zlashtirilgan bo’lib,
uning tarkibida yuqori ko ’rsatkichlarni to ’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish
- 9,0 % yoki 7796,3 mlrd. so’m, boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab
chiqarish - 7,6 % yoki 6617,6 mlrd. so’m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish - 5,3
% yoki 4591,7 mlrd. so’m o ’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil
qildi.
Elektr, gaz bilan ta’minlash faoliyat turida ham katta hajmda xorijiy
investitsiya va kreditlar o ’zlashtirilib, jam i 16734,1 mlrd. so’m yoki jami xorijiy
investitsiya va kreditlarning 19,3 %i o ’zlashtirildi.
Tog’-kon sanoatida esa 15124,8 mlrd. so’mni yoki jam i xorijiy investitsiya va
kreditlar hajmida 17,5 % ni tashkil etdi.
Amalga oshirilgan ishlar asosida o ’tkazilayotgan islohotlar o’z natijasini
bermoqda. Xususan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab
chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo
aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo ’jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (4-jadval).
Umumiy tashqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va
foizlarni to ’lash talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy tashqi qarz
davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat. Umumiy tashqi qarzdagi o ’zgarishlar
tahlili shuni ko’rsatdiki, 2013-2017 yillar davomida har ikkala sektorda ham
qarzdorlikning o ’sishi kuzatilgan.
Biroq, 2018 yilda xususiy sektor tashqi qarzi kamayishi kuzatildi, bu esa o ’z
navbatida neft-gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan jalb qilingan
qarzdorlik muddatining tugashi bilan izohlanadi. 2019 yilning yanvar-sentyabr
oylarida xususiy sektor tashqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olishning
ko’payishi hisobiga yana o ’sishni boshladi.
2019 yilning 9 oyi davomida davlat tashqi qarzi sezilarli darajada oshdi va
o’sish tendensiyasi 2019 yil oxirigacha saqlanib qolishi kutilyapti. Ushbu jarayon
hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlarini
37
moliyalashtirish uchun yangi qarzdorliklami jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin
(6-rasm).
Dostları ilə paylaş: