5. O ’zbekistonning xalqaro valyuta kredit mulosabatlarida rolini oshirish
yo’nalishlari
Ma'lumki, mamlakatimiz iqtisodiyotida tarkibiy o ’zgartirishlarni amalga
oshirish va uning uchun investitsiyalar jalb etish, shu jumladan, xorijiy
19 Moliya vazirligining 2019 yilning III choraklik uchun O ’zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va
dinamikasi sharhi, Toshkent, 2019 yil, 25 bet.
41
investitsiyalarni, ayniqsa, to ’g ’ridan-to’g ’ri investitsiyalarni jalb etishga hamda
valqaro valyuta-kredit munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning
dastlabki bosqichlaridan boshlab katta e'tibor qaratib kelinmoqda va buning uchun
islohotlarning strategik maqsad va vazifalaridan kelib chiqib hamda O ’zbekiston
iqtisodiyotining o ’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yuqorida tavsiflangan davlat
siyosati asoslangan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o ’zgartirishdagi davlat siyosati -
respublikamizning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini ta'minlay oladigan va
xalqimizni farovon yashashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berishga qodir
bo’lgan batamom yangi x o ’jalik majmuasini yaratishga qaratilgan. Ana shu
siyosatni amalga oshirish uchun iqtisodiyotni tarkibiy o ’zgartirishlarning asosiy
yo’nalishlari ishlab chiqilgan20.
O ’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat
mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi
iqtisodiy majmuani boshqarishning o ’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi
aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish,
respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng
huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama
va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o ’rnatish,
xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O ’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo ’jalik aloqalarida
ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli
respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat
bilan diplomatiya munosabatlarini o ’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida
diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar - BMT iqtisodiy
muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya
20 Голышев В.А., Закирова С.А. Национальная экономика Республики Узбекистан в переходный период:
Учебное пособие. - Т.: УМЭД, 2007. - 142 с.
42
korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa
xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a ’zo bo’lib kirdi.
O ’zbekistonning jahon xo ’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o ’ziga
xos xususiyatlari to ’g ’risida to ’xtalib, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday
degan edi: “Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil
mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz.
Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning
boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O ’zbekiston bir vaqtning o ’zida
turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida - integratsiya
jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish
hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Shu sababli O ’zbekistonning
jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”21.
Bugungi kunda O ’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p
darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin:
S global;
S transkontinental;
S mintaqalararo;
S mintaqaviy;
S mahalliy.
O ’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion
vazifasi - bu mamlakatdagi barcha xo ’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro
aloqasini ta ’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-
sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga
bevosita qo’shilishidir. O ’zbekistonning BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta
fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol
ishtiroki uning jahon xo ’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
21 Karimov I.A. O ’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
- T.: O’zbekiston, 1997, 299-bet.
43
O ’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion
vazifasi - bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi
o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil
etilgan bo’lib, o ’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston,
A fg’oniston, O ’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
Ozarbayjon)ni
oladi.
Uning
asosiy
maqsadi
-
xo ’jalikning
transport,
kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo ’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi
resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy
hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
O ’zbekistonning mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar - MDH
mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishadi. O ’zbekiston birinchilar qatorida MDHni
tashkil etish g ’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi,
integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro
iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi
institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O ’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi - bu umumiy tarixga,
yagona madaniy an’analarga, o ’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan
qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o ’rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion
aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy
Osiyo mintaqaviy hamkorligi (SARS) tashkil etildi.
Yana
bir
istiqbolli,
kuchli
salohiyatga
ega
bo’lgan
mintaqaviy
birlashmalardan biri - Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS)dir. Bu tashkilot 2001
yilning 15 iyunida oltita - O ’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston,
Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
O ’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy
integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy
manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O ’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan
ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari - paxta xom ashyosi,
44
mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi
tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir.
O ’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada
amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida
amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi. Yevropa Ittifoqiga a ’zo
bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik, NATOning
«Tinchlik yo’lidagi sheriklik» dasturida mamlakatimiz ishtiroki uning jahon
xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi yo’nalishidir.
O ’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. Bu yo’nalishda
XVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta’minlash, tizimli va
makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari
maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari - Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB),
Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va
Investitsiyalarni
kafolatlash
xalqaro
agentligi
(IKXA)
bilan
hamkorlik
O ’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol
o’ynaydi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O ’zbekistonda bir qator
loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
O ’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) alohida rol o ’ynaydi.
Shunday qilib, O ’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo
mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi
o’ringa ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi
hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari
hisoblanadi.
45
Xulosa
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi
va eng murakkab jarayonlaridan biridir. K o’plab omillar ta ’sirida xalqaro valuta-
kredit munosabatlarimurakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o ’zining o ’ta
beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
Pulning jahon x o ’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va
subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.)
xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit
munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro
to ’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta - bu
mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy
bozor o ’zining milliy valyuta tizimiga ega b o ’ladi.
Xalqaro valuta munosabatlari - valutaning jahon xo ’jaligida amal qilishi
borasida shakllanadigan va milliy x o ’jaliklar faoliyati natijalarining o ’zaro
almashuviga xizmat k o ’rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitaliing xalqaro miqyosida harakati bo’lib, bu
harakat tovar va valyuta ko ’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlik, muddatlilik
va xaq to ’lashlik asosida berish bilan bog’liqdir.
Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajalari,
moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish sifatlari va hajmining o ’sishi, ishlab chiqarish
infratuzilmasining tarakqiyoti ko ’p jihatdan xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga
bog’liq.
Shunigndek, xalqaro valuta-kredit munosabatlari jamiyatda moddiy va
nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga maqsadli va asoslangan investitsiyalar jalb
etishni o ’zida aks ettiradi. U yoki bu davlatning zamonaviy xalqaro valuta-kredit
munosabatlari iqtisodiyotda tarkibiy o ’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq
xo ’jaligini ko’tarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholini ish bilan
ta'minlash, fan va texnikani rivojlantirish va shuningdek, ekologik muammolarni hal
etish bilan ajralib turadi.
46
O ’zbekistonda islohotlarning hozirgi bosqichida Xalqaro valuta-kredit
munosabatlarining bosh maqsadi - iqtisodiyotda tarkibiy o ’zgartirishlarni,
modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun korxonalar
va kompaniyalarning investitsion faolligini yanada kuchaytirish, iqtisodiytoni
raqobatbardoshligini ta’minlash, markazlashmagan investitsiyalarni ko’paytirish,
iqtisodiyotga ko’proq investitsiyalarni jalb qilishdir.
Jahon tajribasi shuni ko ’rsatadiki, xalqaro valuta-kredit munosabatlarida
strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o ’z
ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan
mamlakatlarga yo ’naltiradi.
Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan
mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga m o’ljal qilsa bo ’ladi. Ichki va
xorijiy investorlarni birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas,
balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. Qolaversa, ular eng
avvalo mintaqalarning emas, balki mamlakatning xatarlilik darajasini hisobga oladi.
47
|