Zamburug‘ni yuza qismga ekish usuli orqali boverin olish texnologiyasi Boverin olishning yana bir usuli zamburug‘ning sporali qatlamini yuza qismga ekish orqali olinadigan texnologiyaga asoslanadi. Bu bir qadar uzoq vaqt va kо‘p mehnat talab qiladi, shuning uchun undan foydalanish chegaralangandir. Quyida biz bu usulning ishlab chiqarish va kichik ishlab chiqarishdagi ba’zi bir asosiy kо‘rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz.
Zamburug‘ni yuza qismga ekish ham suyuq va yarim suyuq oziqaga ekishdagidek amalga oshiriladi, bu oziqa muhitida zamburug‘ juda yaxshi о‘sish tezligini namoyon etadi. Uni mikrobiologik ishlab chiqarish sporali qatlam olingan bosqichida yakunlanib, keyin ajratiladi, quritiladi, maydalanadi va muvofiq miqdordagi qо‘shimchalar bilan standartlanadi.
Boverinni ishlab chiqarishda yuza qismiga ekish usullari bir-biridan farq qiladi:
Zamburug‘ni sterilizatsiya qilinmagan suyuq oziqa muhitga ekiladi,
Birinchi ikki usul asosida о‘stirilganda zamburug‘ qishloq xо‘jalik qoldiq mahsulotlari turli xil о‘simlik substratlarida juda yaxshi о‘sadi. Zamburug‘ rivojlanishi uchun mо‘tadil harorat 18-280S atrofida bо‘lib, janubiy tumanlarda zamburug‘ni mavsumiy о‘stirishda ob-havo haroratiga mos ravishda amalga oshiriladi.
Zamburug‘ni sterilizatsiya qilinmagan suyuq oziqa muhitida, aralashtirmasdan va majburiy aeratsiya holatda о‘stirishda oziqa muhiti sterilizatsiyalanmasdan, oddiygina qaynash darajasigacha qizdiriladi va yog‘och karkaslarga (idish) quyilib ustiga yupqa polietilen klyonka yopiladi. Oziqa 35-400C gacha sovutiladi va quruq sporalar ekiladi. Karkaslarning usti polietilen klyonka bilan yopiladi va zamburug‘ ekilgan sporali qatlam hosil bо‘lgandan sо‘ng u ajratib olinadi. Oziqa muhiti sifatida barcha qaynatmalardan, masalan qand lavlagi, kartoshka, oshqovoq va g‘alla undan foydalanish mumkin.
Zamburug‘ni sterillangan qattiq va suyuq oziqa muhitida aralashtirmasdan va majburiy aeratsiyada, sterilizatsiyada, oziqa muhiti alohida sterilizatsiya qilinadi, qattiq- suslo - agar, kartoshka, sabzi, makkajо‘xori, tarvuz pо‘stlog‘i, ba’zan bug‘doy doni va makkajо‘xori 40 minut davomida 1120C da, shakar saqlovchi 7 % gacha, qand saqlovchi suyuq suslo 20 minut davomida 1100C da haroratda sterilizatsiya qilinadi. Steril substratga quruq sporalar yoki ularni suspenziyasi ekiladigan material bir xil holatda tarqatiladi va 18-230C haroratda saqlanadi. Qattiq substratda konidiosporalar hosil bо‘lishi 12-15 kun oxirlarida tugallanadi.
Zamburug‘ kulturalari substrat qoldig‘i bilan birga stellajlarda 25-280C haroratda quritiladi. Olingan tayyor preparat kukun holiga kelguncha maydalanadi.
Suyuq substratlarda 7-10 sutkadan keyin spora hosil kо‘zatiladi, 18-25 sutkada esa hosil bо‘lgan sporali yupqa qatlam ajratiladi. Uni shishada quritiladi, ajratiladi, maydalanadi va torf yoki talk bilan aralashtiriladi. Bu har ikkala usulni ham mahalliylashtirish mumkin. Bunday ishlab chiqarish sexlarida 1 oyda 1 grammida 1,5-109 spora bо‘lgan 750-800 kg preparat tayyorlash mumkin.
Ishlab chiqarishga qulay bо‘lgan usul zamburug‘ qatlamini kombinirlangan usulda о‘stirish hisoblanadi. U quyidagilarni о‘ziga birlashtiradi:
g‘allada onalik kulturasini olish;
kolbalarda 12-17 soat davomida suyuq oziqa muhitida inokulyatni о‘stirish;
Fermentyorlarda aralashtirib, majburiy aeratsiyada 22-28 soat davomida о‘stirish va vegetativ kulturalarni tо‘plash;
kyuvetalarga kultural suyuqliklarni qо‘yish va sporali qatlamda hosil qilib о‘stirish;
sporali qatlamni quritish va miqdorlash;
preparatni kaolin bilan standartlash.
Zamburug‘ni о‘stirish uchun tarkibida: (%) melassa-6; makkajо‘xori ekstrakti-1%; MgSO4-0,05%; K3PO4-0,2 saqlovchi oziqa muhitidan foydalaniladi. О‘stirish 24-260C da olib boriladi. Gonidiy titri inokulyat bosqichida 1 ml ekish mterialida 0,5-2 mln.ni tashkil etadi. Inokulyant miqdori fermentyorlarga ekilayotganda oziqa muhiti hajmining 2-4 % ini tashkil etishi zarur. Tayyor kultural suyuqlikning 1 mlda 50-100 ml hujayra titri bо‘ladi. Qatlamda о‘stirish uchun kyuvetalar vertikal kameralardan tashkil topgan bо‘ladi (har biri 35-70 donadan).
Bular 25-260C о‘stiriladi 16-18 soatdan keyin yupqa qavat hosil bо‘lishi kо‘zatiladi, 3-4 sutkadan keyin spora hosil bо‘lishi, 4-5 sutkadan sо‘ng tо‘liq konidiy hosil bо‘lishi boshlanadi. Bu davrda qatlam ajratiladi va quruq kyuvetkaga joylashtirilib, qopqog‘i yopiladi va 2-3 kun miqdorlash uchun qoldiriladi. Shundan keyin ular ajratiladi va 280C haroratda quritiladi. Quritilgan spora qatlami polietilen qopchalarga joylanib, 18-200C haroratda quruq joylarda saqlanadi.
Boverin tayyorlanishidan avval tayyor sporali material sharsimon idishda maydalaniladi va qator elaklardan о‘tkaziladi. Tayyor materialning titri aniqlanadi va 15-20 minut davomida zarur kaolin miqdori bilan aralashtiriladi. Tayyor preparatning 1 grammida 1,5 mlrd.dan kam bо‘lmagan konidiosporalar bо‘ladi.
Barcha amalga oshirilgan bosqichlar 11-12 kunni egallaydi, shundan inokulyat olish uchun-1 kun; fermentyorda о‘stirish -1-1,5; shkaflarda ushlash-5 ; qatlamni dozalash-2; qatlamni quritish 2-3 kunni tashkil etadi.
Boverin qayrag‘och barg kemiruvchi zararkunandalari, shuningdek olma, sharqiy mevaxо‘r va о‘rmon zararkunandalariga qarshi qо‘llaniladi. Boverinni kartoshka о‘simligidagi kolorado qо‘ng‘iziga qarshi qо‘llash samarali foyda beradi. Preparatga kimyoviy insektitsidlar qо‘shib qо‘llash 100% barcha yoshdagi lichinkalarni 100% gacha nobud qiladi. Boverinning sarf meyori 1 gektarga 1-2 kg bо‘ladi. О‘simliklarga preparat purkash orqali sepiladi. Kimyoviy preparatlar bilan aralashtirish, preparatni qо‘llashdan 2 soat oldin amalga oshiriladi.
Virusli entomopatogen preparatlar Hamma entomopatogen preparatlar ichida virusli preparatlar xо‘jayin xasharotga nisbatan о‘zining о‘ta spetsifikligi bilan xarakterlanadi. Ular odatda bir turdagi xasharotlargagina ta’sir kо‘rsatadi. Ularning bu yaqqol tor doiradagi ta’sirining о‘zi bu preparatlarning inson, flora va fauna uchun bezararligini kо‘rsatadi. Viruslar о‘zlarining noqulay tashqi ta’sirlariga (harorat, namlik) о‘ta chidamli bо‘lib, ular xasharotlardan tashqi holatda ham 10-15 yilgacha о‘z ta’sir kuchini yо‘qotmaydi.
Xasharotning viruslar bilan kasallanishi ularning ovqatlanishi orqali yuz beradi. Xasharot ichaklariga tushgan virusli tanacha ishqorli pN da parchalanishni boshlaydi. Erkinlikka chiqqan virionlar ichak devorlari orqali hujayralarga о‘tib, yadrolarda viruslar replikatsiyasi ruy beradi. Bо‘sh viruslar boshqa hujayralarni ham zararlay boshlaydi va oqibatda xasharotlar lichinkalarining nobud bо‘lishiga olib keladi.
Viruslarning farqlanuvchi belgilari shuki, ular faqatgina tirik tо‘qimalardagini kо‘paya oladi. Bu esa о‘z navbatida sanoat miqyosida virusli entomopatogen preparatlarni ishlab chiqarishda bir muncha qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki viruslarni kо‘paytirish texnologiyasi jarayonida faqatgina tirik xо‘jayin-xasharotlardan foydalanishi talab etiladi.
Hozirgi paytda 3 xil virusli entomopatogen preparatlarni ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilgan:
virin-EKS(karam qurtiga qarshi);
ENSH (tok ichak qurti kasaliga qarshi);
ABB (ameraka oq kapalagiga qarshi);
Har qanday virusli preparatni ishlab chiqarish xо‘jayin-xasharotni ularning fiziologik sog‘lomligini ta’minlovchi sun’iy oziqa muhitida о‘stirishdan boshlanadi. Ma’lum bir rivojlanish fazasida (odatda qо‘ng‘iz davrida) xasharotlar ovqatiga virusli suspenziya qо‘shish yо‘li bilan ular zararlantiriladi. Buning uchun inokulyat oldindan bir qancha kasallangan lichinkalardan olib tayyorlanadi. Hashoratlar zararlangandan sо‘ng uning tо‘qimasida maksimal viruslar tо‘planishini ta’minlovchi qat’iy aniq sharoitda saqlanadi. 7-9 kundan keyin nobud bо‘lgan va chalajon lichinkalar yig‘iladi, 33-350C da ular quritiladi, mexanik usulda tо‘qimalar yig‘indisi - tana maydalanadi.
Olingan massaga fiziologik eritma yoki distillangan suv 1 qо‘ng‘izga 1 ml hisobida qо‘yiladi, maydalanib suyultirilgan tо‘qima filtrlanadi. Ishlab chiqarish preparati virin-EKS poliedralari filtratni sentrafigura usulida chо‘ktirib olinadi. CHо‘kma minimal miqdorda distillangan suvda suyultiriladi va 1 ml dan 1 mlrd. gacha poliedrlar titri bо‘lguncha sterillangan glitserin qо‘shiladi.
Tayyor preparat flakonlarga bir yoki bir necha gektarga yetarli miqdordagi meyorda joylanadi. Ushbu texnologiya inokulyat sarfi bilan taqqoslanganda poliedrlar miqdorini 5-10 ming marta oshirish imkoniyatini beradi. Bitta qо‘ng‘izda о‘rtacha 36 mlrd.gacha poliedrlar uning quruqmas og‘irligining 30% ini tashkil etuvchi 36 mlrd.gacha poliedrlar olish imkoniyati mavjud. Ishlab chiqarishda virin-ENSH preparati filtratiga laktoza qо‘shiladi aralashtirilgandan sо‘ng suspenziya hajmining 4:1 nisbatida atseton qо‘shiladi.
Tindirilgandan sо‘ng ustki qism suyuqligi tо‘kiladi chо‘kma esa atseton tо‘liq uchib ketguncha quritiladi. Tayyor preparat formasini tayyorlashda quruq chо‘kma qо‘shimchalar - kaolin yoki bentonitga 1 grammlari 1 mlrd. poliedrlar titrini olishgacha aralashtiriladi.
Preparatning yog‘li formasi chо‘kmani dastlab steril 50% li glitserin eritmasida 1 ml da poliedrlar titri 2 mlrd. - bо‘lguncha despirgirlash yо‘li bilan tayyorlanadi, keyin steril holda solyar moyi hajmi miqdorida qо‘shiladi, aralashtiriladi va flakonlarga qо‘yiladi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda entomopatogen preparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi ham xilma xildir. Ularni ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlari hamda preparat nima maqsadda qo‘llanilishi e’tiborga olinadi. Dunyoda 50 ga yaqin о‘simliklarni zarakunanda xashoratlardan himoya qilish uchun mikrobiologik preparatlar yaratilgan. Shulardan kо‘pchilik preparatlar sporali entomopatogen Bacillus thuringiensis bakteriyasi asosida ishlab chiqariladi. Bakteriyalar - eng katta va keng tarqalgan mikroorganizmlar guruhi hisoblanadi. Bularning ichida Bac.thuringiensis entomopatogen bakteriyasi katta ahamiyatga egadir. Bacillus thuringiensis ning hamma kо‘rsatilgan sifatlari uni о‘simliklarni zararli hashoratlardan saqlash vositasi sifatida birinchi о‘ringa chiqardi. Entomopatogen bakteriyalarda virulentlik va ferment faolligining bog‘liqligi va shtammning yuqori virulentlikka ega bо‘lishida S-fosfalipaza fermenti alohida о‘rin tutishi aniqlangan. Zamburug‘li entomopatogen preparatlar zararli xasharotlarda mikoz kasalligini tug‘dirish orqali ularning nobud bо‘lishiga olib keladi. Viruslar preparatlar noqulay tashqi ta’sirlariga (harorat, namlik) о‘ta chidamli bо‘lib, ular xasharotlardan tashqi holatda ham 10-15 yilgacha о‘z ta’sir kuchini yо‘qotmaydi.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1.Davronov K. Qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi. Toshkent: UZMU, 2009. 2. Babaev A.A. – BiotexnologiY. M., Nauka, 1984. 3. X.M. Kornilov, M.M. Rahimov, D.Y. OdilbekovaBiotexnologiya asoslari Toshkent-2010 yil 4.Ismailova M.G., Sagdullaev B.T., Turaeva D.T., Abzalova N.A. «Biologik faol moddalar texnologiyasi» fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma.(2-qism).Toshkent 2015 y. INTERNET SAYTLARI