2.2. Don massasi komponentlari.
Don massasiga asosiy tur don bilan birgalikda har doim boshqa aralashmalar:
boshqa tur o`simlik urug`lari va ifloslantiruvchi o`simlik urug`lari,organik va mineral
chang va xokazolar har tushib koladi.Bu aralashmalarning miqdori va sifat tarkibi
agrotexnika tarzi,hosil yigim-terimining tashkil qilinishi va usulidan boglik.
Asosiy tur don va barcha aralashma guruhlari talaygina miqdordagi
mikroorganizmlarni uzida saqlaydi. 1 gr don massasida un yoki yuz minglab, ba`zan
esa million ekzemplyar mikroorganizmlar topish mumkin. SHunday qilib,
mikroorganizmlar-don massasining mukarrar yuldoshi, uning tarkibiy qismi, ma`lum
sharoitda ular donning xoati va sifatiga muntazam ta`sir ko`rsatadi.
Don va aralashmalarning shakl va ulchami bo`yicha bir xil emasligi don
massasidagi kattik jismlar orasidagi oralik-don oraligi fazosi, bushlik paydo bulishiga
olib keladi.
Don oraligi fazosini tuldiruvchi xavo muntazam ravishda don massasining
harma komponentlariga ta`sir qilib, uzining tarkibi,harorati va xatto bosimi bilan
atmosfera xavosidan fark qilishi mumkin. SHunday ekan don oraligidagi xavoni har
don massasining tarkibiy qismi deb aytish mumkin.
SHunday qilib, don massasi tarkibiga kuyidagi tashkiliy qismlar kiradi:
- Bir-biridan yirikligi, to`liqligi va holati bilan fark qiladigan asosiy tur doni
(urug`i), ba`zan esa boshqa o`simlik turi doni (urug`i), kaysiki kullanilishi, harakteri
va baxolanishi bilan asosiy tur donga uxshaydi;
-mikroorganizmlar;
-don oraligi fazosidagi xavo;
Bu doimiy komponentlardan tashqari, ayrim don partiyalarida zararkunanda va
kanalar har uchrab turadi. Ularning don massasida uchrashi maqsadga nomuvfik holat
bo`lib, buni ta`kib qilish kerak. Don massasida uzining tabiati bo`yicha turli
xossalarga ega bo`lgan yuqorida ko`rsatib utilgan komponentlarning bulishi saqlash
paytida albatta hisobga olinishi shart.
Dostları ilə paylaş: |