Узбекистон республикаси олий ва урта


-MAVZU. Saqlashga qabul qilinadigan donning holati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/146
tarix22.02.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#52945
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi

2-MAVZU. Saqlashga qabul qilinadigan donning holati.  

 

Mavzu rejasi: 

2.1.  Don massasi xossalarining umumiy tavsifi. 

2.2.  Don massasi komponentlari. 

2.3.  Saqlashga  qabul  qilinadigan  donning  tarkibi  va  xossalariga  ta`sir 

qiladigan omillar. 

2.4.  Donning naviga nisbatan uziga xosligi. 

2.5.  O`simlikning rivojlanishi va donning shakllanish sharoiti. 

2.6.  Hosilni yigish sharoiti. 

2.7.  Donni yigimdan sunggi dastlabki davrda saqlash sharoiti. 

 

Foydalanilayotgan adabiyotlar 



 

1. Starodubtseva  A.I.,  Sergunov  V.S.    Praktikum  po  xraneniyu  zerna,  M., 

Agropromizdat, 1987 g. 

2. Trisvyatskiy  L.A.  Xranenie  zerna,  M.,Agropromizdat,  1986  g.  (34-42 

betlar). 

 

2.1. Don massasi xossalarining umumiy tavsifi. 

Donni  qabul  qiladigan  korxonalarga  jamoa  va  davlat  xo`jaliklaridan  yuzdan 

ortik  turli  boshoqli,dukakli,  moybop  va  emga  muljallangan  o`simliklarnig  don  va 

urug`lari junatiladi. Bu mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari, texnologik va emboplik 

xossalari  donshunoslik  va  bioximiya  kurslarida  ko`rib  chiqiladi.  Lekin  katta  don 

partiyalarini nobud kilmasdan saqlashni tashkil qilish uchun ularning saqlash ob`ekti 

sifatida harakteristikasini bilish zarur. 

Omborlarga  tushadigan  don  partiyalarining  tashki  kurinishiga  (botanik  oilasi, 

kurinishi, turi va navi, shuninigdek sifat ko`rsatkichlariga) nisbatan har xil ekanligiga 

karamasdan,  ularning  xossalari  saqlash  ob`ekti  sifatida  bir-biriga  yaqindir.  Bu  holat 

saqlashda  turli  don  partiyalari  uchun  deyarli  bir  xil  texnologik  amallar  va  saqlash 

rejimlarini qo`llashga imkon beradi. 

Bu  umumiy  xossalar  bilan  bir  katorda  aloxida  don  partiyalarining  botanik 

belgilari, ustirishning uziga xos xususiyatlari, yigishtirib olish va tashish bilan boglik 

bo`lgan maxsus xossalari har kuzda tutiladi. 

Tashki belgilari va sifat ko`rsatkichlari bo`yicha bir xil bo`lgan don massasiga 

don partiyasi deyiladi. 

Don qabul qilish korxonalariga don partiyalar bilan kelib tushadi. Birok dikkat 

bilan  tekshirganda  biz  shuning  guvoxi  bulamizki,  don  partiyasi  uzida  talaygina 

qismlar majmuasini namoyon qiladi. 

Xatto, don massasining asosiy qismi har doim bir xil bulavermaydi. Don turli  

ulcham, to`liqlik, 1000  ta  don  massasi, zichlik, namlik va boshqalarga ega bo`ladi. 

Bunaka  turli-tumanlik  o`simlik  meva  va  urug`larining  uziga  xos  shakllanishi 

va rivojlanishining oqibati bo`lib hisoblanadi. 

Meva  va  urug`larning  gullashda  paydo  bulishi  turli  vaktga  to`g`ri  keladi. 

Binobarin, bugdoy va javdar boshogining gullashi 



 

12 


uning  O`RTA    qismidan,  tarik    va    sulida  yuqori  qismidan,  nuxat  va  embop 

dukkakli  o`simliklarda  esa  pastda  joylashgan  gullardan  boshlanadi.  Odatda  eng 

tulakon don guldonning erta gullaydigan qismidan olinadi. 

 


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin