Takrorlash uchun savollar
1. Dunyoda, mamlakat ichida don va uni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab
chiqarish, donni saqlash soxasida kanday vazifalar mavjud?
2. Saqlashda donda uchraydigan nobudgarchiliklarning sabablarini ayting.
3. Kanday nobudgarchilik turlarini bilasiz?
Tayanch iboralar.
Don - donli ekinlar mevasi va urug`i bo`lib, fanda saqlash va qayta ishlash
ob`ekti sifatida urganiladi. Sanoatda qayta ishlab dondan un, yorma, non, makaron,
kandolat, spirt va omixta em mahsulotlari olinadi.
Boshoqli donlar - bugdoy, arpa, suli, makkajuxori, javdar, sholi, ok juxori,
tritikale va tarik donlari.
Dukkakli ekin donlari - loviya, nuxat, mosh, kuybosi nuxat va yasmik donlari.
Moyli ekin donlari - paxta urug`i, kunjut, kungabokar, koriandr, kanop, zigir,
soya va kleshivina donlari.
FAO - oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha butunolam tashkilot.
Donsaqlagichlar - donga dastlabki ishlov berish va uni saqlashga muljallangan
to`liq yoki to`liqsiz mexanizatsiyalashtirilgan ombor va elevator xo`jaliklari.
Don nobudgarchiligi - saqlashda donning massasidan yukolishiga va sifatining
yomonlashuviga olib keladigan biologik va mexanik sabablar majmuasi.
|