1.7. Don mahsulotlari sifatini oshirish va miqdoran kam yukotgan holda
saqlash uchun mexnat sarfini kiskartirish - turtinchi vazifa.
Don qabul qilish va uni saqlash korxonalari tajribasi shuni ko`rsatadiki, don
mahsulotlarini saqlashda ketadigan harajatlar mukammallashgan texnika bazasini
yaratib, yangi texnologik amallarni tadbik etib, don massasiga okimiy ishlab berib va
ishchilarning malakasini oshirib kiskartirilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti davrida don mahsulotlarini ma`lum bir tayinli maqsad bilan
ratsional yul bilan tadbik etish yul kuyiladigan nobudgarchiliklar salmogini ancha
pasaytiradi. Donni kuzlangan maqsadda ishlatmaslik natijasida kuzatiladigan
nobudgarchiliklarga ko`pgina misollar keltirish mumkin. Masalan, pivo ishlab
chiqarish uchun muljallangan arpaning mazkur sanoatda ishlatilishi pivo chikimi va
sifatining pasayishiga olib keladi. Qushlarga ozuka sifatida omixta em tarkibida sarik
donli makkajuxori urnida ok donli makkajuxorining ishlatilishi ozukaning vitaminli
kimmatini pasaytiradi.
Don mahsulotlarini saqlash soxasida kuyilgan muammolar shuni ko`rsatadiki,
ularni yaxshi saqlashni tashkil qilish murrakab va ko`p mushakkatlidir. Don
mahsulotlarini yaxshi saqlashni to`g`ri tashkil qilish uchun zarur bo`ladigan
texnologik amallarning tafsiloti kuyidagi reja savollarida ochib berilgan.
Dostları ilə paylaş: |