7.3. Uz-uzidan kizish holatining turlari.
Uz-uzidan kizish jarayonining uch xil turi mavjud:
1. Don massasining ayrim qismlarida uz-uzidan kizish holati. Bu holatning
sabablari:
a) usha uchastkadagi don massasining namlanishi;
b) bir omborga har xil namlikdagi donlarning yuborilishi;
v) bir omborga turli darajada ifloslangan donlarning yuborilishi.
2. Katlamsimon uz-uzidan kizish holati. Bu holat ombor yoki elevatorning
ma`lum bir qismida katlam hosil qilib yuzaga keladi.
a) Yuqori katlamning uz-uzidan kizishi - bu holat kech kuz yoki erta baxorda
paydo bo`ladi. Ma`lum haroratga ega bo`lgan don massasining yuza qismidagi sovuk
xavo donga ta`sir ko`rsatadi. Bunda don massasidagi suv buglari sovuk xavoda
kondensatlanib namlanadi.
b) Pastki katlamning uz-uzidan kizish holati. Bu holat yozning oxiri yoki erta
kuzda yuzaga keladi. Pastki uz-uzidan kizish katlami silos yoki ombor tubidan 20-50
sm balandlikda paydo bo`ladi.
v) Vertikal katlamdagi uz-uzidan kizish holati. Tuldirilayotgan silosning
devorlari yaqinida yengil qismlar va changning joylashishi va tashki xavo ta`sirida
don massasi fizik xossalarini tez o`zgartirib uz-uzidan kizish holatiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |