Foydalanilayotgan adabiyotlar
1. Starodubtseva A.I.,Sergunov V.S. Praktikum po xraneniyu zerna,
M.,Agropromizdat,1987 g.(102-143 betlar).
2. Trisvyatskiy L.A. Xranenie zerna, M., Agropromizdat, 1986 g. (281-319 betlar).
3. Xaitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., SHukurov Z.Z. Don va don
mahsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish,T. Universitet, 2000 y.
11.1. Don jamoa va davlat xo`jaliklaridan qabul qilish.
YAngi hosil qabul qilishdan oldin donni qabul qilish, ishlov berish va
saqlashning texnologik sxemasi aniklanadi.
Bosh muxandis va don saqlash xo`jaligining mudiri bilan birgalikda ICHTL
boshligi qabul kompaniyasi davrida donni qabul qilish, ishlov berish va joylashtirish
rejasini tuzishadi. Don partiyalari ekin turi va tiplari bo`yicha tuziladi; bir ekinga
tegishli donlar esa kichik tip va sinflarga bulinadi.
Bugdoy don partiyalari tuzilganda esa kuchli va kimmatli navlar aloxida
ajratiladi. Barcha ekin don partiyalari namlik va ifloslik holati bo`yicha shakllanadi.
Bunda kuruk (W<14), O`RTA kuruk (W= 14,5-15%) aloxida bir partiya qilib
tuziladi. SHuningdek, nam don (W= 15,5-17 %) aloxida, xul don (W= 17-22 %) alo-
xida partiya qilib, uta xul don (W>22 %) aloxida ajratib olinadi. SHu bilan birga don
partiyalari ifloslanganlik bo`yicha har ajratiladi. Bunda toza don-ifloslantiruvchi
aralashmalar miqdori 1 % gacha , O`RTA toza don- ifloslantiruvchi aralashmalar
miqdori 1-3 %, iflos don-ifloslantiruvchi aralashmalar miqdori 3 % dan yuqori
bo`lgan holatlar uchun kayd qilinishi kerak. Kuruk, O`RTA kuruk, toza va O`RTA
toza don partiyalari ishlov berilmasdan saqlashga yuboriladi. Kolgan don partiyalari
esa tozalanib, kuritilib, sung saqlashga yuboriladi.
Don partiyalarini to`g`ri shakllantirish va yuqori texnologik xususiyatlarga ega
bo`lgan donlarni ajratib olish maqsadida hosil daladalik vaktida oldindan tekshirib
utkaziladi. Bunda komissiya tuzilib, komissiya tarkibiga laboratoriya vakili har
kiritiladi. Kattik va kuchli bugdoy donidan 1 kg miqdorda O`RTA namuna olinib
laboratoriyaga tekshirish uchun yuboriladi.
|