Узбекистон республикаси олий ва урта


 Qabul qilingan donni saqlash korxonalarida joylashtirish



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/146
tarix22.02.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#52945
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146
don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi

11.3. Qabul qilingan donni saqlash korxonalarida joylashtirish. 

Donni  joylashtirishda  har  bir  don  partiyasining  sifat  ko`rsatkichlari  hisobga 

olinadi va uni kaysi maqsadlarda foydalanilishi, shuningdek har bir don partiyasining 

har xil saqlash sharoitlarida chidamliligi hisobga olinadi. 

Botanik  xususiyatlari.  Donning  unboplik,  non  yopish  va  yorma  olish 

xususiyatlarini belgilovchi tipi, kichik tipi, navi hisobga olinadi. SHuning uchun kelib 

tushgan don partiyalari navi ,  tipi, kichik tipiga karab aloxida-aloxida saqlanadi. 

Don  massasining  namligi.  Namligiga  karab:  kuruk  va  O`RTA  kuruk  don 

massalari  nam  va  namligi  22  %  dan  yuqori  bo`lgan  don  massasi  esa  har  6  %  dan 

keyin  aloxida  partiya  qilib  joylashtiriladi.  SHoli  uchun  esa  bu  oralik  3  %  ni  tashkil 

qiladi.  Kurukligi  bo`yicha  qabul  qilingan  don  tarkibidagi  namligiga  karab 

kuyidagicha farklanadi: 

- kuruk don - namligi  W < 14 %; 

- O`RTA kuruk don - namligi W = 14,0...15,5 %; 

- nam don - namligi W = 15,5...17 %; 

- xul don - namligi W > 17 %. 

Don 

massasidagi 



aralashmalar 

soni 


va 

tarkibi. 

Don 

massasidagi 



aralashmalarning miqdori va tarkibiga karab har don massasi aloxida partiyalar bilan 

joylashtiriladi. Tarkibida ko`p begona aralashmalarni saqlagan don massasi siloslarda 

saqlanilishi kerak. Toza va O`RTA toza donlar bitta partiya qilib joylashtiriladi. 

Ifloslik holati bo`yicha qabul qilingan don kuyidagicha farklanadi: 

- toza don - If < 1 %; 

- O`RTA toza don - If = 1...3 %; 

- iflos don - If > 3 % . 

Don  massasining  xashoratlar  va  kanalar  bilan  zararlanishi.  Zararkunandalar 

bilan  zararlangan  don  kelib  tushgandan    keyin  ularning  tarkalishiga  yul  kuymaslik 

uchun uni boshqa don saqlagichlardan izolyatsiya qilingan don saqlagichlarga aloxida 




 

79 


joylashtiriladi.  Bu  don  saqlagichlar  zararsizlantirish  choralarini  kurish  uchun  kulay 

bulishi kerak. 

Donni  foydalanish  maqsadi.  Bu  har  joylashtirishda  hisobga  olinadi.  Urug`lik 

maqsadidagi donlar ozuka maqsadida qabul qilingan donlardan aloxida saqlanadi. 

Boshqa  belgilariga  karab  joylashtirish.  Don  defektlariga  karab  joylashtirilishi 

mumkin.  Usgan  donlar  aloxida  joylashtiradi.  Toshbakasimon-bit  bilan  zararlangan 

don  partiyasi  har  boshqa  donlardan  aloxida  qilib  jshylashtiriladi.  SHuningdek 

donlarni  don  saqlagichlarga  joylashtirish  balandligi  har  hisobga  olinadi.  Bu  uning 

foydalanish maqsadiga, holatiga, saqlash muddatiga, tipiga va texnologik holatiga, yil 

fasli va korxonaning geografik zonasidan boglik. Ozuka va em uchun foydalanishga 

muljallangan, aralashmalardan tozalangan kuruk don (kritik namlikdan past bo`lgan) 

balandligi  cheklanmasdan  saqlanishi  mumkin.  Namligi  17  %  dan  yuqori  bo`lgan 

donni uning harorati va yil faslidan boglik holda 1,0-2,5 m balandlikda joylashtirish 

mumkin. Sovutilgan va aktiv shamollatish kurilmasi bilan uskunalangan omborlarda 

saqlanayotgan donni yuqori balanlikda joylashtirish mumkin. 

 


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin