3.1. Donning okuvchanligi.
Don - bu dispers fazani namoyon qiladi. Uning tarkibiga don, xavo va
yuqoridagi ko`rsatib utilgan boshqa komponentlar kiradi.
Elevator, un tortish, yorma va omixta em zavodlarida donning bir mashinadan
ikkinchi mashinaga vertikal usulda uzatilishi uning okuvchanlik xossasiga asoslanadi.
Okuvchanlik xossasi donning shaklidan, namligidan va uning tarkibidagi begona
aralashmalr miqdoridan boglik. Donning shakli kancha yumalok bulsa, okuvchanlik
shuncha katta bo`ladi (tarik, nuxat, lyupin). Namlik kancha katta bulsa, okuvchanlik
kamayadi. Begona aralashmalar miqdorining ko`pligi har okuvchanlikni kamaytiradi.
Odatda don massasining okuvchanligi tashki va ichki ishkalanish
koeffitsientlari bilan baxolanib, ishkalanish va tabiiy kiyalik burchaklarini ulchash
yuli bilan aniklanadi.
Ishkalanish burchagi bu shunday burchakki, bunda don massasi kandaydir
yuza buylab sirpanib tusha boshlaydi.
Tabiiy kiyalik burchagi deb don massasining gorizantal tekislikka tushib hosil
kilgan konusining asos diametri bilan tashkil kiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi.
|