Узбекистон республикаси олий ва урта


 Don massasining  uz-uzidan  saralanishi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/146
tarix22.02.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#52945
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146
don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi

3.2. Don massasining  uz-uzidan  saralanishi. 

Don  massasini  bir  joydan  ikkinchi  joyga  kuchirishda  uning  uz-uzidan 

saralanish  holati,  ya`ni  hosil  bo`ladigan  uyumning  aloxida  uchastkalari  buylab  don 

massasi  komponentlarning  notekis  tarkalish  holati  kuzatiladi.  Bu  don  massasida 

kungilsiz  xodisalar  (uz-uzidan  kizish,  jipslashish  va  boshqalar)ning  paydo  bulishiga 

olib keladi. 

Uz-uzidan saralanish holati don massasiga kiruvchi kattik qismlarning zichligi 

bo`yicha  har  turli  ekanligining  oqibatidir.  Don  massasi  bilan  saqlagichni  tuldirishda 

yoki  donni  uzi  okizar  kuvur  orkali  undan  chiqarishda,  konveyer  bilan  kuchirishda, 

vagon  va  avtomobillarga ortishda,  albatta  uz-uzidan  saralanish  holati  yuzaga  keladi. 

Don  massasi  konveyer  lentasida  silkitilganda,  avtomobil  yoki  vagonlarga  ortish 

paytida  turkilar  natijasida  har  kichik  zichlikka  ega  bo`lgan  qismlar  (yengil 

aralashmalar, gul kobigidagi urug`lar, puchak donlar va boshqalar) uyumning yuqori 

katlami va yuzasiga chikib kolishadi. 

Don  massasi  kattik  qismlarining  erkin  tushishida,  masalan  siloslarni 

tuldirishda,  har  kaysi  zarraning  harakatlanib  uz-uzidan  saralanishiga  xavoning 

qarshiligi  imkon  beradi.  Bu  qarshilik  har  kaysi  donning  shakli,  ulchami,  zichligi  va 

massasidan va harakatlanish tezligidan, shuningdek barcha don massasi qismlarining 

xavo fazosidagi joylashuvidan boglik bo`ladi. 

Ko`prok  don  massasining  uz-uzidan  saralanish  holati  uni  elevator  siloslariga 

solishda va undan chiqarish paytida kuzatiladi. 

Yirik to`liq ogir don va aralashmalar katta zichlik va massaga ega bo`lganligi 

uchun  silosning  tubiga  tez  tushib  uyumni  tashkil  kila  boshlaydi.  Katta  bulmagan 

massa va zichlikka ega bo`lgan puchak, mayda don va aralashmalar esa ancha sekin 

tushadi;  ular  xavoning  kuyunsimon  harakati  tufayli  silos  devorlari  tomon  uchirib 

tashlanadi. 

Elevator  silosidan  chikayotgan  don  massasining  uz-uzidan  saralanish  tabiati 

silos  shakli,  uning  balandligining  kundalang  kesimiga  bo`lgan  nisbati  va  chiqarish 

teshigining joylashishidan boglik bo`ladi. elevatorning turli siloslariga joylashtirilgan 

kuruk  bugdoy  doni  bilan  utkazilgan  tajribalarga  asosan  S.  G.  Gerasimov  uziga  xos 

uch  xil  okib  tushish  holatini  urnatdi.  Bular  normal,  asimmetrik  va  simmetrik  okib 

tushish holatlaridir. 

Normal okib tushish jarayoni yuklash va chiqarish teshiklari devorga nisbatan 

simmetrik  ravishda  joylashgan  siloslarda  yuzaga  keladi.  Teshik  diametrlari  silos 

balandligiga  nisbatan  olganda  kattarok.  Normal  okib  tushish  jarayonida  birinchi 

navbatda  chiqarish  teshigining  ustida  joylashgan  donning  markaziy  vertikal  katlami 

harakatlanadi.  Sungra  asta-sekin  bu  katlamga  yuqori  yon  tomonda  joylashgan 

katlamlar tortila boshlaydilar. 

Asimmetrik  okib  tushish  jarayoni  yuklash  va  chiqarish  teshiklar  nosimmetrik 

joylashgan katta diametrli siloslarda  yuzaga  keladi.  Bu  holda  don  massasi  markaziy 

ustun buylab okib chikadi, shu bilan birga unga yon kavatda joylashgan don massasi 

har qushilib tusha boshlaydi. 

Simmetrik  okib  tushish  jarayoni  kichik  diametrli  siloslarda  yuzaga  keladi. 

Bunda  O`RTA  ustunning  tez  harakatlanishi  va  bir  vaktning  uzida  butun  don 

massasining  kavatma-kavat  harakatlanishi  kuzatiladi.  Silosda  taxminan  don 



 

17 


massasining  yarmi  kolganda,  okib  tushish  asta-sekin  normal  tabiatni  namoyon  kila 

boshlaydi. 




Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin