Узбекистон республикаси олий ва урта


-Mavzu: MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, FUNKTSIYaLARI VA TURLARI



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə15/125
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#37553
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
Namangan davlat untversiteti

3-Mavzu: MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, FUNKTSIYaLARI VA TURLARI

1.Marketingning asosiy tamoyillari.

2.Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni.

3.Marketingning vazifalari.

4.Talabning holati va uning rivojlanishiga ko’ra marketing turlari.
1. Marketingning asosiy tamoyillari
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:


  • iste’molchilarga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish kerak;

  • bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarning muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;

  • tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashqil etish kerak;

  • firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;

  • marketing konsepsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;

  • tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;

  • korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulk-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish;

  • tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;

  • tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;

  • talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish;

  • tovar bozori yoki firma imidji (obruyi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin