Segmentlarga ajratish mezonlari
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, Shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo’lgan masalaga bog’liq.
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo bo’lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni o’rganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy Sharti yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qo’llashdan iborat bo’lib qoldi. Ana Shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilarni o’rganish va navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, Chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashqil to’gan emas.
Dostları ilə paylaş: |