Узбекистон республикаси олий ва урта


Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə51/125
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#37553
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
Namangan davlat untversiteti

Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati

Bozor segmentatsiyasi haqida tushuncha

Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish» - bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi: bozor segmentatsiyasi; iste’molchi talabi sabablarini o’rganish; qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondaShuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.

Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, har bir xaridorni o’z didi bor. Xaridorning talabi, hohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentatsiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga talabni qat’iyligini ta’minlaydi.

Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin