Tovar - ehiyojni qondirish vositasidir
9.1.1. Tovar haqida tushuncha
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir.
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi:
-rangi, upakovkasi (o’rash, bog’lash), tashqi ko’rinishining fasohati (dizayni), ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar).
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi.
Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha alohida guruhlarga bo’linadi:
maqsadli ko’rsatkich bo’yicha
bozor turiga ko’ra
foydalanishga tayyorligiga ko’ra
iste’molchilar soniga qarab bo’linadi.
Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |