Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (junatuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, kanallar, to’g’ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining taxriri) aloqalar majmui; 2) insonlar o’rtasidagi o’zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan firma, tashkilot yoki Shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashqil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g’oyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis konsepsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin.