Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Peshona suyagi
(
os frontale
). Peshona suyagi palla shaklidagi yassi suyak bo’lib uch 
qismdan iborat: 


1.Ko’z kosasi qismi ko’z kosasining yuqori devorini hosil qiladi va bosh miyani ko’z 
kosasi a'zolaridan to’sib turadi. Unda ko’z yoshi bezining chuqurchasi joylashgan. Ikkala ko’z 
kosasi orasida g’alvirsimon suyak joylashgan. 
2.Burun qismi burun suyagi bilan birlashib, bosh va yuz suyaklarining chegarasi 
hisoblanadi. 
3.Palla qismi keng, ichki yuzasi notekis, unda qon tomirlar va miyaning pushta va 
egatlaridan hosil bo’ladigan "barmoq izlari" bor. 
Uning markazidagi sinus egati ko`r teshik bilan yakunlanadi, bu yerga bosh miya pardasi 
birikadi. Pallaning tashqi yuzasi bo’rtma ko`rinishda, unda qosh ravoqlari va bir juft peshona 
do’ngi bor. Palla 
qismining chetlaridagi choklar bir juft tepa hamda chakka suyagi bilan birikib kalla skletining 
qopqog’ini hosil qiladi.. 
Tepa suyagi
(
os parietale
) Teppa suyagi bir juft to’rt burchakli va to’rt qirrali yassi va 
qabariq suyak bo’lib uning tashqi chiziqlari mushak va paylar birikishi uchun moslashgan. U 
to’rt tomondan to’rtta suyak bilan chok hosil qilib birikadi: yuqoridan - o’zaro, oldindan - 
peshona, orqadan-ensa, pastdan-ponasimon suyaklari bilan birlashadi. Tepa suyagining ichki 
yuzasi notekis, unda tomirlar egati va miya pushtalaridan hosil bo’lgan "barmoq izlari" ko`rinib 
turadi. 
Ponasimon suyagi
(
os sphenoidale)
Ponasimon (asos) suyak murakkab tuzilgan bo’lib, u 
kalla skeletining tubini hosil qiladi va kalla skeletining barcha suyaklari bilan birlashadi. Uning 
tanasi, katta qanoti, kichik qanoti va qanotsimon o’simtalari bor. Bu suyak tanasida bo’shlig’i 
borligi tufayli havo saqlovchi suyak hisoblanadi. Tanani yuqori yuzasi egar shaklidagi 
chuqurcha hosil qiladi, u 
turk egari
deyiladi, unda gipofiz bezi joylashgan. Suyak tanadan 
ajralgan bir juft katta va kichik qanotlar kalla skeletining tubidagi teshik va yoriqlarni hosil qilib 
qon tomir va asab tolalarining miyaga kirib chiqishi uchun moslashgan tirqishlardir. Suyakning 
katta va kichik qanoti qo’shilib ko’zning yuqoridagi yorig`ini hosil qiladi. Tana bilan kichik
qanot o’rtasida esa ko’ruv asabi o’tadigan kanal joylashgan. Ponasimon suyakning bir juft 
qanotsimon o’simtalari pastga qarab tanadan ajralgan joyida burun bo’shlig’ining orqa teshigi 
xoana
(burun xalqumga ochilgan joy) ni hosil qiladi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin