Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Ko’z yosh suyagi
(os lacrimale).
Ko’z yoshi suyagi kalla skeletidagi kichik yupqa va 
nozik suyagidir. U ko’z kosasining medial tomonida joylashgan bo’lib, ko’z yoshi kanal yuzasini 
hosil qilishda qatnashadi. 
Dimog’ suyagi
(vomer
). Dimog’ suyagi yakka plastinka shaklidagi suyak bo’lib, burun 
bo’shlig’i to’sig’i yuzasini hosil qilishda ishtirok etadi. Suyakning orqa qirg’og’i-halqumga, 
yuqori qirg’og’i ponasimon suyakka, pastki qirg’og’i - tanglay suyagiga, oldingi qirg’og’i 
burunning tog’ay to’sig’iga qaragan.
Yanoq suyagi
(os zigomaticum
). Yanoq suyagi 4 qirrali yulduz shaklida bo’lib, odam 
yuziga shakl berib turishda muhim ahamyatga ega. Unda 3ta yuza va 2ta o’siq tafovut etiladi.
Yuzalari: yon, chakka va ko’z kosasiga qaragan yuzalar.
O’siqlari: peshona o’sig’i ko’z kosasining yon devorini hosil qiladi, chakka o’sig’i 
chakka osti chuqurchasining yuqori devorini hosil etadi va yanoq yoyi deb yuritiladi. 
Pastki jag’ suyagi
(
mandibula
). Pastki jag’ suyagi kalla skeleti suyaklari ichida eng ko’p 
harakatchan suyak bo’lib, chaynov mushaklari qisqarishi bilan harakatga keladi, uning asosiy 
vazifasi tishlash, chaynash va so’zlarni talaffuz etishdan iboratdir. Shu bilan birga pastki jag’ 
og’iz bo’shlig’ining pastki va yon devorlarini yuzasini hosil qilishda ishtiroq etadi. Pastki jag’ 
suyagining tanasi jag’ning keng qismi bo’lib, unda 16 ta tishlar joylashadigan katakchalar bor.
Tanasining orqa yon tomonida burchak hosil bo’lib, ikkita shoxga bo’linadi, shoxlar 
o’rtasida o’yma bor. Jag’ burchagi ichki va tashqi yuzalari notekis bo’lib, unga chaynov 
mushaklari birikib turadi (bu burchak yoshga qarab o’zgarib turadi). 
Pastki jag’ning orqa shoxlari chakka suyagining bo’g’im chuqurchasiga do’ngli bo’gim 
hosil qilib birlashadi va pastki jag’ bo’g’imi deb ataladi. Oldingi shoxlariga esa chaynov 
mushaklaridan chakka mushagi birikadi. Pastki jag’ suyagining ichki sathi notekis bo’lib, uning 
burchak sohasida bir juft teshik jag’ kanaliga davom etadi va iyakka ochiladi. Kanalning uzunligi 
6-10 sm, undan o’tadigan asab tolalari va qon tomirlari pastki jag’dagi tishlarni asablaydi va qon 
bilan ta'minlaydi. 
Jag’ suyagi tanasining ichki sathida og’iz tubi (diafragma)sini hosil qiladigan mushak 
chizigi bor. Engak ichki yuzasida bo’yinning ikki qorinchali mushagining chuqurchasi, 
tananining ikki yonida esa jag’ 
osti sulak bezi joylashadigan chuqurcha ham bor.
Til osti suyagi
(os hyoideum).
Til osti suyagi bo’yin sohasidagi mushaklar orasida, pastki 
jag’ suyagi bilan hiqildoq oralig’ida "muallaq" joylashgandir. U hech qaysi suyak bilan 
birlashmaydigan taqa shaklidagi suyak bo’lib unda tanasi va ikkita shoxlari tafovut etiladi. Til 


usti va osti suyagining mushaklar guruhi suyakka birikib mushaklar qisqarishi bilan suyak 
harakatga keladi va bunda fiziologik yutish jarayoni sodir bo’ladi.

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin