Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

 
 
 
Kalla skeleti suyaklarining 
birikishi. 
 
Kalla skeletidagi barcha suyaklar (pastki jag’dan tashqari) bir biri bilan chok hosil qilib birikadi. 
Uch xil choklar tafovut etiladi: 
1.Tishli chok - peshona tepa suyaklarining birikishida hosil bo’ladi. 
2.Tangali chok (baliq tangalari singari) chakka va tepa suyaklarining birikishida hosil 
bo’ladi. 
3.Yassi chok - yanoq va yuqorigi jag’ birikishidagi chok. 
Odamning yoshi ulgaygan sari yuqorida zikr etilgan choklar suyaklanib yaxlit kalla skeletini 
hosil qiladi. 
Pastki jag’ bo’g’imi
(
art. temporo-mandibularis
) pastki jag’ suyagining bir juft do’ngli 
o’sig’i, chakka suyagining bo’g’im chuqurchasidagi tog’ayli likopcha (disk) yordamida 
uyg’unlashgan do’ngli bo’g’imini hosil qiladi. Agarda bir bo’g’im harakati ikkinchi alohida 
bo’g’im harakatiga sabab bo’lsa, bu bo’g’im hamkor bo’g’im deb ataladi. 
Boylamlari:
kalla suyagidagi bo’g’imlar asosan kalla suyagi atrofidagi yonlanma 
boylamlar bilan mustahkamlanadi. 
Pastki jag’ bo’g’imi shakliga ko’ra do’ngli, cheklangan ko’p o’qli bo’g’im hisoblanadi, unda 
pastga-yuqoriga, oldinga-orqaga va ikki yonga harakatlar bajariladi.
Yaxlit kalla skeleti. 
Kalla skleti suyaklari shaklan yassi, aralash va havo saqlovchi suyaklardan tashkil topgan 
bo’lib, uning bosh qismi aksariyat yassi suyaklar qo’shilishidan kalla suyaklar bo’shlig’ini hosil 
qiladi. Unda asab tizimining markaziy a'zosi bosh miya joylashgan, yuz qismi suyaklari esa 
aksariyat havo saqlovchi va mayda shaklsiz suyaklar yig’indisidan tashkil topadi, unda burun 
bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i va ko’z kosasi joylashgan. 
Ko’z kosasi
(orbita)
bir juft to’rtburchak piramida shaklida bo’lib, uning 4ta devori ko’z 
yoshi va g’alvir suyagidan, lateral devori yanoq va ponasimon suyaklardan tashkil topgan. 
Yuqori devorini peshona suyagi
pastki devorini esa yuqori jag’ suyagining ko’zga qaragan yuzasi hosil qiladi. 
Ko’z kosasining tubi ingichkalashib ko’ruv kanali va ko’z kosasining yuqoridagi yorigi 
orqali kalla bo’shlig’iga, ko’z kosasining pastki yorigi qanot tanglay chuqurchasiga ochiladi. 
Ko’z kosasining medial devori orqali ko’z yoshi kanali burun bo’shlig’iga ochiladi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin