Vazifasi: ko’krakni yuqoriga yo’naltirib qovurg’alarga yopishtiradi.
3.O’mrov osti mushagi (m. subclavius) o’mrov suyagi bilan birinchi qovurg’a oralig’ini
to’ldirib turuvchi kalta mushakdir.
4.Ko’krakning oldingi tishli mushagi (m. serratus anterior) ko’krak qafasining ikki
yonboshidagi keng mushak bo’lib, yuqoridagi 8ta qovurg’alardan tishlar hosil qilib boshlanadi,
mushak tolalari oldindan orqaga yo’nalib, ko’krakning medial chetiga yopishadi. Qo’ltiq osti
chuqurchasini yuzasini hosil qilishda ishtiroq etadi.
Vazifasi: ko’krakni pastga tortadi, qo’lni yuqoriga ko’taradi.
5.Ichki va tashqi qovurg’alararo mushaklar (m. Itercostales interna et externa) barcha
qovurg’alar oralig’ini to’ldirib turadi.
Vazifasi: mushak tolalarining qisqarishi ko’krak qafasining kengayib torayishiga yordam
beradi, ya'ni nafas olishda qatnashadi.
6.Ko’krak qorin (Diaphagma) to’sig’i gumbaz shaklida bo’lib, ko’krak va qorin
bo’shlig’ini bir-biridan ajratib turganligi bois ko’krak qorin to’sig’i deb izohlanadi. Diafragma
oldindan to’sh suyagi, yon tomondan qovurg’alardan va orqa tomondan bel umurtqalaridan
boshlanadi. Uning markaziy qismidagi uchta teshik va tirqishlar orqali aorta, qizilo’ngach va
pastki g’ovak vena o’tadi.
Fassiyalari: ko’krak sohasida yuza, chuqur va ko’krak ichi fassiyalari mavjud. Yuza
fassiya - ko’krakni va tishli mushaklarni o’raydi. Chuqur fassiya -ko’krak qafasining kichik va
qovurg’alararo mushaklarini o’raydi. Ichki fassiya - ko’krak qafasining ichki satxini qoplaydi.
Qorin mushaklari. Qorin mushaklari tashqi, ichki qiyshiq va ko’ndalang mushaklar qorinning yon devorini
hosil qiladi. Qorinning to’g’ri mushagi qorin bo’shlig’ining oldingi tomonidan, kvadratsimon
mushagi esa orqa
tomondan qoplab turadi.