Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Rombsimon mushak
(
m. rhomboideus
) trapesiyasimon mushakning ostida joylashgan 
bo’lib, bo’yin va ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanadi. Bu mushak tolalari 
yuqoridan pastga va yonga qarab yo’nalib, kurak suyagining medial chetiga birikadi. 
Vazifasi:
kurakni umurtqaga yaqinlashtiradi va yuqoriga ko’tarib turadi. 
4.
Kurakni ko’taruvchi mushak
(m. levator scapulae)
trapesiyasimon mushakning 
ostida bo’lib, bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtasidan boshlanadi, mushak tolalari 
yuqoridan pastga yo’nalib kurakni yuqorigi burchagiga birikadi. 
Vazifasi:
kurakni ko’taradi.
Organning chuqur mushaklari. 
Organning chuqur xususiy mushaklari qatoriga yuqori va umurtqa pog’onasini rostlovchi 
va umurtqa pog’onasiga taaluqli kalta mushaklar kiradi. Bu mushaklar gavdadan boshlanib 
suyakka birikadi, shuning uchun bu gurux mushaklari xususiy mushaklar deyiladi. 
5.
Organning yuqori tishli mushagi
(
m. serratus posterior superior
) ikkita bo’yin va 
ikkita ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, mushak tolalari yuqoridan pastga 
va yonga yo’nalib, 2-5 qovurg’alarning orqa yuzasiga birikadi.
Vazifasi:
qovurg’ani ko’tarib nafas olishda ishtiroq etadi. 
6.
Organning pastki tishli mushagi
(
m.serratus posterior inferior)
ikkita bel va ikkita 
ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, mushak tolalari pastdan yuqoriga va 
yonga yo’nalib, 9,10, 11 12- qovurg’alarning orqa yuzasiga birikadi. 
Vasifasi:
qovurg’alarni pastga tortadi va nafas olishda ishtrok etadi. 
7.
Tasmasimon mushak
(
m. splenius
) bo’yin va bosh qismidagi mushaklarga bo’linadi. 
Ko’krak va bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib, ensa chizig’i va 
so’rg’ichsimon o’simtaga birikadi.
Vazifasi:
mushakning ikki tomonlama qisqarishi boshni orqaga yozadi, bir tomonlama 
qisqarishi boshni chap yoki o’ng tomonga buradi. 
8.

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin