Gavdaning old tomonidagi mushaklar ko’krak va qorin mushaklariga bo’linadi. Ko’krak
mushaklari joylashishiga qarab yuza va chuqur joylashgan mushaklar guruxiga bo’linadi.
Yuza mushaklari: (ko’krakning katta va kichik o’mrov osti, ko’krakning
oldingi tishli
mushaklari) ko’krak qafasidan boshlanib, qo’l suyagiga birikadi.
Chuqur (xususiy) mushaklarni qovurg’alararo
ichki va tashqi
(m. Intercstalis interna et externa) mushaklar guruxi tashkil etadi.
1.Ko’krakning katta mushagi
(m. pectoralis major)
to’sh va o’mrov
suyagidan
boshlanib, yelka suyagining katta do’mbog’iga birikadi.
Vazifasi:
qo’lni pastga tushirib tanaga yaqinlashtiradi, qo’ltiq
osti chuqurchasining
oldingi devorini hosil qiladi.
2.Ko’krakning kichik mushagi
(m. pectoralis minor)
ko’rakning
katta mushagi ostida
2-5 qovurg’aning oldingi (to’shga yaqin)qismidan boshlanadi. Mushak tolalari yuqori va yonga
yo’nalib ko’krakning tojsimon o’simtasiga birikadi.
Dostları ilə paylaş: