Taqrizchilar: Ten S.A.
SamDTI Odam anotomiyasi
Odam anatomiyasi kafedrasi
professori,tibbiyot fanlari doktori
Shodiev E.T
. SamDTI Odam anatomiyasi
kafedrasi dosenti tibbiyot
fanlari doqtori
Baxramov A.M
.Navoiy davlat pedagogika
instituti Tabiatshnoslik fakul’teti dotsenti
biologiya fanlari nomzodi
Kirish
"Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi" hamda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining
ta'lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islox qilish, barkamol avlodni voyaga
yetkazish to’g’risidagi farmonlari ushbu sohadagi isloxotlar uchun asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Tibbiyot sohasidagi farmonlarda ham kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilgan. Ana
shu isloxatlar mafkuraviy sarqitlardan xoli bo’lgan o’quv qo’llanmalariga extiyojning oshishiga
olib keldi.
Ushbu mavzular to’plamini o’zlashtirgan o’quvchi anatomiya fanining tayanch a'zolari
tizimi sohasida etarlicha asos bilimlarga ega bo’ladi deb umid qilamiz. "Harakat
va tayanch
a'zolar tizimi" deb nomlangan ma'ro’za matnlar to’plamida odam organizmidagi suyaklar,
bo’g’imlar, mushaklar haqida to’liq ma'lumot berilgan. Ularning tuzilishi,joylashishi va
topografik anatomiyasi keng yoritilgan va tibbiyotdagi ahamiyati ham izoxlab o’tilgan.
Ushbu ma'ruzalar to’plamini boshqa adabiyotlardan farqli o’laroq
sodda tilda yozishga
harakat kildik va u izoxli rasmlar va lotincha, o’zbekcha tibbiy atamalar bilan tuldirildi.
Qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi tomonidan 2004 yil 2
fevralda tasdiqlangan "Odam va xayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi" fani dasturi asosida
tayyorlandi.
Uslubiy qo’llanma pedagogika oliygoxlarining
biologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy
madaniyat fakultetlari hamda tibbiyot kolleji talabalari va o’qituvchilari uchun muljallanagan.