Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Umurtqa suyagi
(
vertebra
). Umurtqa tanasi va undan ajralgan yoylari birlashib umurtqa 
teshigini hosil qiladi. Umurtqalarning bir-biri bilan birlashuvidan esa umo’rta kanali hosil 
bo’ladi. Aynan shu kanalda xayot uchun muhim a'zo: orqa miya xoylashgan. 
Umo’rta kanali yuqorida kalla skeletining katta teshigi orqali bosh miya bilan bevoita 
aloqa qiladi, pastda esa dumg’aza kanaligacha davom etadi. Xar bir umurtqa yoylarining orqa 
tomonidan bir qancha o’simtalar chiqadi: 2 ta ko’ndalang o’simta, 1 ta o’tkir o’simta va 2 tadan 
yuqori va pastki bo’g’im o’simtalari, jami o’simtalar soni 7 ta.
Tanadan ajralayotgan yoyning oyoqchalari (ikki tomoni) dan ustki va ostki tomonda 
suyak uyimlari bo’lib, uyimlar qo’shilishidan umurtqalararo teshik hosil bo’ladi. Yuqori va 
pastki bo’g’im o’simtalari bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib birikadi. Ko’ndalang va o’tkir 
o’simtalari esa mushak va bog’lamlar birikadigan hosila hisoblanib, umurtqa pog’onasidagi 


barcha harakatlarni yuzaga keltiradi Umurtqa tanalari bir-biri bilan 1,0-1,5 sm qalinlikdagi 
elastik tog’ay disklar yordamida birikadi. 
Umurtqa pog’onasi yuqorida ta'kidlangan xar bir qism o’ziga xos morfofunksional 
xususiyatga ega. Masalan, bo’yin umurtqalari boshqa umurtqalardan tanasining kichikligi hamda 
ko’ndalang o’simtalarda teshik borligi bilan farq qiladi. Bu teshiklarning muhimligi shundaki 
unda joylashgan shu nomli arteriya kalla skeletining katta teshigi orqali kirib bosh miyani qon 
bilan ta'minlaydi. 
1-umurtqa 
(atlas)
ning o’ziga xosligi uning tanasining yo’qligidir. 
2-umurtqa
(aksis) 
esa tishining borligi uchun o’qli umurtqadeb nomlangan. Ko’krak 
umurtqalari 12 juft qovurg’alar birikadigan bo’g’im yuzlari borligi bilan farq qiladi. 
Bel umurtqalarning o’ziga xosligi shundaki gavda og’irligining asosiy qismi bel 
umurtqalariga qo’shib turishi tufayli ularningtanalari kattalashgan. Shu bilan birga ularda ikki 
juft so’rg’ichsimon va qo’shimcha o’simtalari bor. 
Dumg’aza umurtqalari 5 dona bo’lib, ularning o’zaro qo’shilishidan dumg’aza suyagi 
hosil bo’ladi.Dumg’azaning ichki yuzasi chanoq a'zolariga qaragan va sillik kurinishda bo’lib 
unda 4 juft umurtqalararo ichki teshiklar bor. Bu teshiklarda orqa miya asab tolalari chiqadi va 
chanoq a'zolarini ta'minlaydi. Tashqi yuzasi esa notekis bo’lib, umurtqa o’simtalari birikishidan 
uch qator qirralar hosil bo’ladi. Undagi teshiklardan 4 juft tashqi umurtqalararo asab tolalari 
chikib dumba sohalaridagi mushaklarni asab bilan ta'minlaydi. 
Dumg’azaning 1-umurtqasi dumg’aza suyagining asosiga to’g’ri keladi va unga ikki yon 
tomoni qanotsimon shaklda bo’lib, quloqsimon yuzalari kamharakat yassi bo’g’im hosil qilib 
birikadi. Dumg’azaning pastki qismi uning uchi hisoblanib ingichkalashgan va bevosita dum 
umurtqasi bilan birikib ketadi.
Dumg’aza umurtqalari birikishi natijasida dumg’aza kanali hosil bo’ladi va bu kanalda 
orqa miya asab tolalri joylashgan. 
Dum umurtqalari 4-5 dona yetilmgan rudument shakldagi yemirilib borayotgan 
umurtqalardan iborat, u ba'zi xayvonlar (maymun)da yaxshi rivojlangan. Dumg’aza va dum 
umurtqalari xayot davomida qo’shilib yaxlit suyakka aylanadi va chanoq suyaklari ishtiroqida 
yaxlit chanoqni hosil qiladi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin