Bo’g’imdagi harakatlar. 1. Yordamchi elementlar ishtiroqida inqongruent (
nomuvofiq ) bo’g’im yuzalari qongruent
(
muvofiq ) yuzalarga aylanib bir-biriga moslashadi.
2. Bo’g’im yuzalari turli geometrik shakllarni hosil qilib me'yori va uning shakliga
bog’liq bo’ladi. Shu bois bo’g’imlar bir o’qli, ikki o’qli va ko’p o’qli bo’ladi. Bir o’qli
bo’g’imlarda harakat frontal yoqi vertikal o’q atrofida ruy beradi, bunda silindrsimon va
g’altaksimon bo’g’imlar hosil bo’ladi.
G’altaksimon bo’g’imlar (barmoq falangalari) da frontal o’q atrofida bo’qish (
flexio ) va
yozish (
extentio ) harakatlarini bajarish mumqin. Silindrsimon bo’g’imda harakat vertikal o’q
atrofida yuzaga keladi, ichkariga burish (
pronatio ) va tashqariga burish (
suprianatio )
mumqin, bunga tirsak va bilaklar suyaklararo bo’g’imi misol bo’lishi mumqin.
Ikki o’qli bo’g’imlarda ikki o’q atrofida harakat yuzaga keladi. Masalan, egarsimon
bo’g’im birinchi barmoq bilan kaft suyagi
birikishida hosil bo’ladi, ellipsimon bo’g’im kaft usti suyaklari bilan blak suyagi qo’shilishidan
hosil bo’ladi.
Uch o’qli (ko’p o’qli) bo’g’imlarda kosasimon-chanoq -son bo’g’imi va sharsimon -elka
bo’g’imi misol bo’ladi. Bu bo’g’imlarda barcha o’qlar atrofida harakat sodir bo’ladi: bo’kish-
yozish, o’zoqlashtirish- yaqinlashtirish, ichkariga-tashqariga burish va aylanma harakatlar.
Gavda skeleti. Umurtqa pog’onasi (collumn vertebralis ) uzunligi 70-90 sm bo’lib, 33-34 dona
umurtqalardan tashkil topgan va 5 qismdan iborat:
1. Bo’yin umurtqalari(
vertebrae cervicales ) 7 ta
2. Ko’krak umurtqalari (
vertebrae thoracales ) 12 ta
3. Bel umurtqalari (
vertebrae lumbales ) 5 ta
4. Dumg’aza umurtqalari (
vertebrae sacrales ) 5 ta
5.Dum umurtqalari (
vertebrae coccygeae ) 4-5 ta
Dumg’aza - dum umurtqalari 20-25 yoshgacha birlashib dumg’aza va dum suyaklarini
hosil qiladi, shu bois yolgon umurtqa deyiladi.