Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Yangi tug’ilgan chaqaloqning 
kalla skleti. 
 
Yangi tug’ulgan bolaning kalla skeleti yuz qismi suyaklari bosh qismiga qaraganda 
kichikroq bo’ladi. Xayot davomida og’iz va burun bo’shlig’ining rivojlanib takomil etishi bu 
farqni o’zgartiradi. 
Yangi tugulgan chakaloq kalla skeletining o’ziga xosligi unda bir qancha liqildoqlar 
mavjudligi bilan bog’liq. Liqildoqlar kalla skeletining suyaksiz pardali qismi bo’lib ular 
quyidagilar
1.Oldingi yoqi rombsimon likildoq, eng katta likildoq bo’lib uning kattaligi 2,5-3,5 sm ga 
teng, u peshona va tepa suyaklarining oralig’ida joylashgan. Odatda bu liqildoq bolaning 1,5 
yoshga borib bitib ketadi. 
2.Orqa yoqi uchburchak shakldagi liqildoq ensa va tepa suyaklari oralig’ida hosil bo’lib 
birmuncha kichik bo’ladi, u bolaning 3 oylik davrida bitadi. 
3.Yon liqildoqlar ikki juft bo’lib birinchisi peshona, tepa, chakka va ponasimon 
suyaklarning katta qanotlari oraliqlarida hosil bo’ladi. Ikkinchisi chakka suyagining 
so’rg’ichsimon o’simtasi bilan ensa va tepa suyaklari birlashmasidan hosil bo’ladi. Bular eng 
kichik liqildoqlar bo’lib chaqaloqning 2-3 oylik davrigacha suyaklanib ketadi. 
Yangi tug’ulgan chaqaloqning kalla suyaklari alohida-alohida tog’ay plastinkalar 
vositasida birlashgan suyaklar yig’indisidan iborat bo’lib, chaynash, nafas olish xususiyatlari 
to’la takomil etmagan va tish alveolalarining kataklari yetilmagan bo’ladi. 
MUShAKLAR (MYOLOGIA). 
Mushaklar haqida umumiy ma'lumot. 
Harakat a'zolari tizimining faol qismi bo’lgan mushaklar tolalarining qisqarishi hisobiga 
tanani harakatga keltiradi. 
Mushak- 
musculus
, lotincha 
mus
-
 
sichqon degan ma'noni anglatadi, asosiy tarkibiy qismi 
bir-biriga parallel yonalgan mushak tolalarining tutamlaridan tuzilgan. Tuzulishi va vazifalariga 
ko’ra barcha mushaklar uch turga bo’linadi: 
1.Odam ixtyoriga buysunib qisqaradigan ko’ndalang - targ’il (skelet) mushaklar 
jumlasiga kirib, qorin, bo’yin, bosh, qo’l va oyoq mushaklari misol bo’la oladi. 
2.Odam ixtiyoriga buysunmay qisqaradigan silliq mushaklarga oshqazon, ichak va qon-
tomirlari devorlaridagi mushaklar misol bo’la oladi. 
3.Yurak mushaklari tuzilishi jixatidan ko’ndalang - targ’il mushak tolalaridan iborat 
bo’lib, vazifasiga ko’ra odam ixtiyoriga bo’ysunmay qisqaruvchi o’ziga xos mushak tolalaridan 
tuzilgan. Mushaklar bir-biriga bo’g’imli, ikki bo’g’imli va ko’p bo’g’imli bo’lishi mumqin. Agar 
mushak bir bo’g’im ustidan o’tsa ikki bo’g’imli deyiladi.
Odam skeletini o’rab turuvchi 600 dan ortiq mushaklar tana og’irligining 2/5 qismini 
egallaydi, aniqrog’i o’rta yashar odamda tana og’irlig’ining 40% ini, qariyalarda 30% ini, yosh 
bolalarda esa 25% ini mushaklar tashkil etadi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin