Ikki qorinchali mushak ovqat chaynaganda pastki jag’ni harakatga keltiradi.
Bigizsimon til osti mushagi til osti
suyagini yuqoriga ko’taradi.
Engak til osti mushagi til osti suyagini va hiqildoqni ko’taradi.
Til osti suyagi ostidagi mushaklar 4ta: To’sh - til osti mushagi til osti suyagini pastga tortadi.
To’sh qalqonsimon mushak halqumni pastga tortadi
Kalqonsimon til osti mushagi halqumni ko`tarib turadi
Kurak - tilosti mushagi ko’rakni yuqoriga kutarib tilosti suyagi hikildoqni pastga tortadi.
Yuqorida zikr etilgan mushaklar ovkat lo’qmasini chaynash, yutish va nafas olishda
qatnashadi.
2.Bo’yinning chuqur mushaklari. Bu mushaklar lateral va umurtqa oldi mushaklar
guruxiga bo’linadi. Lateral guruxdagi mushaklardan narvonsimon (oldingi, o’rta va orqa )
mushaklar birinchi va ikkinchi qovurg’adan boshlanib bo’yin umurtqalariga birakadi.
Narvonsimon mushaklarning pastki qovurg’a birikkan uchida narvonsimon mushaklar
oralig`idagi bo’shliqlarni hosil qiladi, ulardan hayot uchun muhim bo’lgan yirik qon tomirlar va
asab tolalari qo’ltig’ sohasi orqali qo’lga yo`nalgan.
Vazifasi: bo’yinni chap va o`ngga buradi, qovurg’alarni yuqoriga ko`tarib, nafas olishga
yordam beradi. Umurtqa oldi guruhidagi mushaklar. Bo’yin va boshning uzun mushaklari
bo’yinning oldingi ichki sathida joylashadi.
Bo’yinning uzun mushagi bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib
o’tkir o’simtalariga birikadi. Boshning uzun mushagi ko`ndalang o’simtalaridan boshlanib kalla
suyagining ensa sohasiga birikadi.
Vazifasi: bo’yin mushagi umurtqaning bo’yin qismini bo’kadi boshning uzun mushagi
boshni bo’kadi.
Fassiyalari. Bo’yin sohasida 3 ta fassiya tafovut etiladi.
1.Yuza fassiyasi yupqa bo’lib, teri osti mushagini o’rab turadi.
2.O’rta fassiya to’sh o’mrov so’rg’ichsimon mushagi, til osti suyagi va usti va ostidagi
mushaklarni o’raydi.
3.Chuqur fassiya umurtqaning bo’yin qismidagi chuqur mushaklarni o’raydi.