Bu uchburchaklar sohasi orqali tananing bosh va ko’krak a'zolariga asab tolalari, qon –
tomirlar o’tganligini bilish jarroxlik amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bosh mushaklari.
Bosh mushaklari mimik va chaynov mushaklaridan tuzilgan bo’lib, boshning yuz va kalla
qismidagi mushaklarga bo’linadi:
Kalla qismdagi mushaklar 2 guruxga bo’linadi:
1.Kalla qapqog`ini o’rab turuvchi mushaklar.
2.Boshning yuz qismidagi mushaklar
Birinchi guruxdagi mushaklar jumlasiga:
Peshona-ensa mushagi
(m. occipito frontalis)
va quloqning tashqi teshigi atrofida
joylashgan quloq suprasining oldingi, orqa va yuqori mushaklari kiradi. Oxirgi sanab o’tilgan
mushaklar odamlarda
rudement mushaklar hisoblanib, ular hayvonlarda yaxshi rivojlangan.
Vazifasi:
quloq suprasini harakatga keltiradi.
Yuz qismning mushaklari mimik mushaklardan tuzilgan bo’lib, ularning boshqa
mushaklardan farqi shundaki, ular suyaklardan boshlanib yuz terisiga yopishadi, binobarin yuz
qiyofasi mushak
qisqarishi bilan o’zgarib turadi. Bundan tashqari yuz qismida joylashgan chaynov mushaklari
yordamida pastki jag’ suyagini harakatga keltirib, chaynash, tishlash, gapirish, nafas olish kabi
fiziologik jarayonlarda qatnashadi.
Yuzning aksariyat mushaklari kalla skeletining tabiy hosilalari (ko’z, quloq, og’iz, burun)
atrofida joylashib toraytiruvchi (sifinkter) lar, kengaytiruvchi (dilatator) lar, ko`taruvchi
(levator)lar va tushuruvchi (depressor) mushaklardan tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: