Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

1.Qorinning tashqi qiyshiq mushagi
(m. Obliquus abdominis externus)
8ta pastki 
qovurg’alardan boshlanib, mushak tolalari yuqoridan pastga va oldinga qarab, yonbosh 
suyagining qanotidagi tashqi qirrasiga birikadi. Mushakning payli qismi esa qov suyagiga 
birikib, chov boylamini hosil qiladi. To’g’ri mushakning laterial chetidagi keng payi qarama-
qarshi tomondagi mushakning payi bilan qo’shilib qorinning oq chizig`ini hosil qiladi. 
2.Qorinning ichki qiyshiq mushagi
(m. Obliquus abdominis internus)
qorinning tashqi 
qiyshiq mushagi ostida joylashgan. Uning tolalari tashqi qiyshiq mushak tolalariga nisbatan 
qarama-qarshi yo`nalgan. U yonbosh suyagining katta qanotidagi oraliq chizig’idan va chov 
boylamidan boshlanadi, pastdan yuqoriga va oldinga yo’nalib qovurg’alarga birikadi. 


Pay qismi (aponevroz) qorinning oq chizig`ini hosil qiladi. 
3.Qorinning ko’ndalang mushagi
(m. transversus abdominis)
qorining ichki qiyshiq 
mushagi ostida joylashgan. Yonbosh suyagi katta qanotlarning ichki qirralaridan, orqa mushaklar 
aponevrozi va pastki 
qovurg’alardan boshlab mushak tolalari orqadan olinga qarab yo’naladi. Uning aponevrozi oq 
chiziq yuzasini hosil qilishda ishtiroq etadi. 
4.Qorinning to’g’ri mushaklari 
(m. rectus abdominis)
qorinning o’rta chizigi (linea 
alba) ning yonboshida joylashgan. U to’sh suyagining xanjarsimon o’simtasi hamda 7-8 
qovurg’alarning tog’ay qismidan 
boshlanib, tolalari pastga qarab yo’naladi va qov birlashmasi (simfiz)ikki yoniga , aniqrog’i qov 
suyagining yuqori butog’ini taroqsimon chizig’iga birikadi. 
5.Belning kvadratsimon mushagi
(m. Quadratus lumborum)
qorin bo’shlig’ining orqa 
qismida joylashgan , uning tolalari yetim qovurg’alardan boshlanib pastga qarab yo’naladi va 
yonbosh suyagi 
hamda umurtqa suyaklariga birikib, buyrak ko’rpachasini hosil qiladi. 
Vazifasi:
Qorin mushaklarining qisqarishida, uning nafas olishida, tug`ruq vaqtida 
tulg`oqda, siydik va najas chiqarishdagi fiziologik jarayonlarda qatnashishini ta'minlaydi. 
Qorinning oldingi va yon gurux mushaklari qisqarishi umurtqa pog’onasini egadi va ko’krak 
qafasini chanoqqa yaqinlashtiradi. Yon gurux mushaklarining qisqarishi gavdaning chap yoqi 
ung tomonga burishiga yordam beradi.
Qorin fassiyasi. Qorinning tashqi qiyshiq mushagi yupqa fassiya bilan o’ralgan. Qorin 
devoridagi mushaklarning ichki satxi ko’ndalang fassiya bilan qoplangan. 
Chov kanali:
(canalis inguinalis).
Qorin devorining chov sohasida hosil bo’lgan nay 
bo’lib, uzunligi 5-6 sm, diametri 0,3-0,8 sm ga teng. Erkaklarda kanal ichida urug tizimchasi, 
ayollarda esa bachadon ushlab turuvchi yumaloq boylam joylashadi.
Uning 4ta devorini bilish tibbiyotda muhim ahamiyatga ega, bular quyidagilar: 
1.Oldingi devori qorining tashqi qiyshiq mushagining payidan hosil bo’lgan. 
2.Orqa devori qorinning ko’ndalang mushagi fassiyasidan hosil bo’lgan. 
3.Pastki devori qorinning tashqi qiyshiq mushagining pastki sathidan yuzaga kelgan chov 
boylamining tarnovidan hosil bo’lgan. 
4.Yuqori devorini qorinning ichki qiyshiq mushagi hosil qiladi. 
Chov kanali ichkaridan tashqariga va yuqoridan pastga yo’nalib joylashgan. Uning ichki 
teshigini qorinning ichki (ko’ndalang) fassiyasi hosil qiladi, tashqi teshigi chov boylamining 
ikkiga ayrilib qov suyagiga birikishidan hosil bo’ladi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin