Bolalar va o’smirlar sporti. Bolalar va o’smirlar sportida muhim omil sport rezervlari va o’sib kelayotgan avlod jismoniy barkamolligi tizimlarining effektivligini belgilash vositasidir. Etakchi funksiyalari –musobaqaviy, tarbiyaviy, yuqori jismoniy aktivlik, sog’lomlashtirish va reaksion -madaniy. Bolalar va o’smirlar sporti yuqori muvaffaqiyatlar sporti bilan bog’liq bo’lib, uning sport zaxiralari tomonidan ta’minlanadi shu bilan birga u ommaviy sport bilan ham bog’liq bo’lib, uning asosiy vazifalari sirasiga ta’lim, tarbiya va sog’lomlashtirish kiradi.
Oliy malakali sportchilar zaxirasini tayyorlashdan maqsad shundaki, yosh sportchilar, yuqori natijalar sportiga o’tar ekanlar, oliy toifali sportchi bo’lishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega bo’lsinlar. Ish mohiyati uchta quyidagi omilga asoslanadi: malakali sportchilar model talablari, sport turi o’ziga –xosligi, sportchilarning yoshiga nisbatan imkoniyatlari. “Kelajaksiz” sportchilarni cheklash, natijaga qarata harakat etish, yulduzlik kasallik kabi salbiy hodisalar oldini olish bo’yicha tarbiyaviy ish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar –o’smirlar sport samarasining asosiy omili –ommaboblikdir (butun sinf ishtirokidagi, ota –onalar, o’qituvchilar ishtirokida musobaqalar). Mazkur soha bolalarda kuzatiladigan salbiy harakatlar profilaktikasida alohida ahamiyat kasb etadi.
Sport turi. Musobaqa harakatlari va buning sharoitlari kompleksi uchun xos bo’lgan sport turlaridan tashkil topadi. Sport turlari musobaqa faoliyati predmetning asosi belgisi bo’yicha farqlanadi. Sportning har bir turi, faqat o’zigagina xos bo’lgan musobaqa kurashini yuritish usullariga ega bo’ladi. Sport turining barcha funksiyalari alalxusus muayyan turlari orqali amalga oshiriladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida, ko’plab sport turlari shakillanib, ularning 60 tadan ortiq turi xalqaro darajada tan olingan. Har –bir mamlakatda milliy sport turlari rivojlantiriladi, masalan bizning mamlakatimizda ularning soni 100 taga yetgan. Sport turlari har –xil belgilarga ko’ra guruhlanadi. Amaliy ehtiyoj maqsadida, sport turlari beshta guruhga birlashtirilgan. Birinchi, katta guruh tarkibiga sportchining harakatchanligiga bog’liq sport turlari kirgan (engil atletika, gimnastika, sport o’yinlari, boks va boshqalar). Ikkinchi guruhga –maxsus texnik xarakat vositalarini boshqarish bilan bog’liq sport turlari kirgan (motasekl, samaliyot, yaxta va boshqalar). Uchunchi guruhga –mo’ljalni sport qurolli vositasida urush bilan bog’liq sport turlari kirgan (miltiq, kamon). To’rtinchi guruhni sportchilarning model –konstruktorlik faoliyati natijalari taqqoslanadigan turlar kiritilgan (aviamodellashtirish va boshqalar). Beshinchi guruhni raqibni abstrakt –mantiqiy yengish bilan bog’liq sport turlari kiritilgan ( shaxmat, shashka) [19, 28, 29].
Dostları ilə paylaş: |