Didaktik imkoniyatlar izhor etilayotgan materiallarni etarli darajada tushunarli etib uzatish, yni muvofiq tarzda shogirdlar shaxslariga yo’naltirish, ularning e’tiborini tortish, mashg’ulotlarida apatiyani engish imkoniyatini beruvchi usullar yig’ndisidir. Mazkur imkoniyatlar yosh sportchilarga bilim berish usullarini doimiy ravishda rivojlantirish, mashg’ulotlarini ijodiy o’tkazish imkoniyatini beradi.
Ekspressiv imkoniyatlar nutuq, mimika va pantomime yordamida hissiyotlar, fikrlar, bilimlar izhor etilishida pedagogic nuqtai –nazarda effektiv ravishda nomoyon bo’ladi. Murabbiylar nutqi ichki kuch va ishonch bilan farqlanishi lozim. Katta ahamiyatga nutq madaniyati, yaxshi diksiya, jumlalar emotsional, ammo aniq qurilishi, stilistik va gramatik xatolar mavjud bo’lmasligi, ekspormat gapira olish ega. Mimika va ishoralar nutqni jonlantiradi, uni emotsional jihatdan tularoq qiladi. Murabbiy o’z nutqini yumor, hazillar bilan boyitishi lozim [17, 38].