Узбекистон Республикаси


Professional imkoniyat va ko’nikmalar o’zlashtirishi uchun model sifatida sport tayyorgarligi



Yüklə 78,68 Kb.
səhifə17/47
tarix01.01.2022
ölçüsü78,68 Kb.
#50557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47

Professional imkoniyat va ko’nikmalar o’zlashtirishi uchun model sifatida sport tayyorgarligi

Sport tayyorgarligi asosi pedagogik jarayon bo’lib, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha murabbiy professional ko’nikma va imkoniyatlar shakillanishi uchun qulay maydondir. Sportda, sportchilar tayyorlanishida harakat aktivligi va sport harakatlari, jismoniy kondisiyalarni oshirish maqsadida insonga jismoniy mashq, harakat aktivligi yo’naltirilgan ta’siri effiktiv vosita va imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mashq -musobaqaviy faoliyatda tajriba tizimlashtirilishi va umumlashtirilishi asosida, sportda sport mashqlari bo’yicha jismoniy tarbiya oliygohlari uchun qo’llanmalar va o’quv dasturlari ishlab chiqarilgan [34, 39, 43].

Mazkur dastur mohiyatini ikki komponent tashkil etadi: birinchisi – texnologik (professional bilimlar, imkoniyatlar, ko’nikmalar), ikkinchisi -harakat (amaliy sport tayyorgarlik darajasi). L.P. Matveev [25]

Sport nazariyasiga katta e’tibor qaratib “….u tanlangan tor yo’nalish doirasidan tashqariga amaldagi va kelajak mutaxassislarini ajratadi, sport sohasidagi faoliyat umumiy mohiyatini belgilaydi, turli vazifalar echimi yo’lida imkoniyat yaratadi” deya ta’kidlangan.

“Sportchilar tayyorgarligi” tushunchasi yuqori natijalar sportiga xosdir. U musobaqalarga yuqori tayyorgarlik va sport kurashi davomida sportchi imkoniyatlarini maksimal darajada amalga oshirishni ta’minlovchi tadbirlar kompleksidir. “Sportdagi hayotga”(10-20 yil muddat davomida) musobaqalarda qatnasish va ularga tayyorgarlikning o’zaro o’rin almashinuvi xos.

Sport tayyorgarligi sport bilan maxsus shug’illanishdan oliy natijalar sportiga o’tish davrini qamrab oladi ( turli sport yo’nalishlarida 5 yildan 10 yilgacha). Yuqori natijalar sportida sport turidan kelib chiqgan holda sportchi 4 yildan 10 yilgacha faoliyat yuritadi. Ko’p yillik jarayonida sportchilar tayyorlanishi yo’nalishi sport turi no’ziga xosligi va sport muvoffaqiyatlar hududlari bilan belgilanadi: birinchi yillik muvoffaqiyatlar bilan ( yosh sportchilar xalqaro musobaqalarida): optimal imkoniyatlar zonasi bilan (yirik xalqaro musobaqalar); yuqori sport natijalarini qo’llash zonasi bilan. Masalan yuqori sport natjalari zonasi yosh chegaralari erkaklar 15-17 yosh suzishda, 21-24 yosh uzoq masofaga yugurishda deb belgilangan. Ayyollarda bu chegaralar muvofiq ravishda 12-15 yoshni gimnastikada va 18-22 yoshni nayza irg’itishda deb belgilangan [30].

Sport tayyorgarligi ko’p yillik davri bir tomondan shug’ullanuvchilar yoshi, boshqa tomondan sport turi o’ziga xosligi bilan belgilanadi. To’rt bosqich ajratiladi: 1boshlang’ich tayyorgarlik; 2-boshlang’ch sport ixtisosligi; 3

–tanlangan sport turida chuqur tayyorgarlik; 4 –sport etukligi. Shu bilan uchta bosqich ham ajratiladi: bazaviy tayyorgarlik; maksimal realizatsion va tugatuvchan; har bir bosqichda yana ikki kichik bosqich mavjud. Sport uyinlarida oltita bosqich ajratilib, ular o’ziga xos vazifa va moxiyatga ega.



    1. Yüklə 78,68 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin